11 dekabr, chorshanba

Jamiyat

Andijonda gaz portlashi oqibatida ona va o‘g‘il jarohatlandi 

Andijon viloyatida xonadonda gaz portlashi natijasida ayol va uning 18 yoshli o‘g‘li jarohat oldi. Qo‘lbola isitish pechiga ulangan velosiped rezina kamerasidan gaz sizib chiqishi hodisaga sabab bo‘lgan.

Toshkentdagi bannerda giyohvand moddalar sotiladigan sayt reklama qilingani aniqlandi 

Toshkentda giyohvand moddalar sotiladigan saytga eltadigan QR-kodli reklama banneri aniqlandi. Poytaxt IIBB vaziyat nazoratga olinganini xabar qildi.

Uch darajali pensiya ta’minoti tizimiga o‘tiladi 

Prezident minimal davlat pensiyasi yoki pensiya jamg‘armasiga ajratiladigan to‘planib boradigan pensiyalardan iborat uch darajali pensiya ta’minoti tizimiga o‘tish bo‘yicha topshiriq berdi.

Qibraydagi bolalar bog‘chasida 180 mln so‘mlik oziq-ovqatlar talon-taroj qilingani aniqlandi 

Qibray tumanidagi 25- maktabgacha ta’lim tashkilotining mansabdor shaxslari 180,4 mln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlarini talon-taroj qilgani aniqlandi.

Namanganda ikkita osmono‘par bino qurish rejalashtirilmoqda 

Namanganda Namangan Square «aqlli shahar» qurish rejalashtirilmoqda. Uning hududida Farg‘ona vodiysida ilk osmono‘par binolar quriladi.

Bir kun ichida besh kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi 

O‘zbekistonning uchta viloyatida bir kun ichida besh kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi, bir bola shifoxonaga yotqizildi.

Toshkent viloyatida Turk xoqonligi davri ko‘chmanchilarining qabristoni aniqlandi 

Toshkent viloyatida VI-VII asrlarga oid Turk xoqonligi davri ko‘chmanchilarining qabristoni topildi.

Tibbiyot muassasalarini ta’mirlashga ajratilgan 2,3 mlrd so‘mning talon-taroj qilingani aniqlandi 

«Tibbiyot qurilish» DUK mansabdor shaxslari tibbiyot muassasalarini ta’mirlashga ajratilgan 2,3 mlrd so‘mni qarindoshlariga qarashli korxonalarga o‘tkazib, talon-taroj qilgani aniqlandi.

Qashqadaryoda konservalangan pomidordan zaharlangan oilaning ikki a’zosi vafot etdi 

Qashqadaryo viloyatida qo‘lbola usulda tayyorlangan pomidor konservasidan zaharlangan yetti kishilik oilaning ikki a’zosi — ona va 13 yoshli o‘g‘il vafot etdi.

Bir mahkum boshqa mahkumni qamoqxonadan chiqarib yuboraman deb aldab, 2 ming dollar pulini oldi 

Toshkent viloyatidagi manzil koloniyasida jazo o‘tayotgan mahkum boshqa mahkumni koloniyadan chiqarib yuborish bilan aldab, 2 ming dollar pulini qo‘lga kiritdi.

Aktrisa Gavhar Sharipova haydovchi shilqimlik qilgani uchun o‘zini mashinadan tashlab yuborgan 

Yuk mashinasi haydovchisi aktrisa Gavhar Sharipovaga shilqimlik qilgan. U harakat vaqtida o‘zini mashina salonidan tashlab yuborgan.

Samarqanddagi avtoturargohda yettita mashina yonib ketdi 

Samarqand viloyatidagi avtoturargohda yirik yong‘in sodir bo‘ldi, 5 ta suyultirilgan gaz tashuvchi avtotsisterna, 1 ta ekskavator va 1 ta samosval yuk avtomobili yondi. Bir kishi jarohatlandi.