Jamiyat

27 mart 2022, 13:54

Sirdaryoda DSB boshlig‘i o‘rinbosari tadbirkordan olgan porasini qaytarayotganda ushlandi

Sirdaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari tadbirkordan jarima miqdorini kamaytirib berish uchun 14,5 ming dollar pora olganlikda ayblanib hibsga olindi. Shuningdek, Farg‘ona viloyatidagi tumanlardan birining Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i ham pora olayotganida ushlangan.

26 mart 2022, 16:12

Qimmatbaho metallar mavjud yer uchastkalari auksion orqali sotiladi

Hukumat qaroriga ko‘ra, qimmatbaho metallarni qazib olish uchun ruxsatnomalar Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan faqat O‘zbekiston rezidentlariga 3 yilga beriladi. Bunda 5 gektargacha bo‘lgan yer qa’ri uchastkasi har gektariga boshlang‘ich 9,4 mln so‘m narxida auksionga qo‘yiladi. Ruxsatnoma olganlar ish boshlashdan oldin hokimiyat, Ekologiya, hamda Sanoat xavfsizligi qo‘mitalarini xabardor qilishi lozim.

26 mart 2022, 13:54

Toshkentda kuzatilayotgan shamol tufayli haydovchilardan mashinalarini daraxt tagida qoldirmaslik so‘raldi

IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Toshkentda kuzatilayotgan kuchli shamol sababli haydovchilardan avtomobillarini daraxtlar tagida qoldirmaslikni so‘ramoqda. O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, shamol tezligi 18−23 m/s gacha kuchayishi mumkin.

26 mart 2022, 13:16

Xarid cheki sabab fuqarolarni «samosud» qilgan shaxslarga ma’muriy chora ko‘rildi

Toshkentning ikkita tumanida xarid cheki berilmaganligi uchun do‘konning QR-kodini skaner qilib, «Soliq» mobil ilovasi orqali murojaat yo‘llagan xaridorlar tadbirkorlar tomonidan «samosud» qilindi. Toshkent shahar IIBB huquqbuzarlarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilganini ma’lum qildi.

26 mart 2022, 12:46

Fermerlarga qishloq xo‘jaligi yerlarining har bir gektari uchun 1 mln so‘mdan subsidiya beriladi

Prezident qarori bilan 2022−2023 yillarda sinov tariqasida tuproq unumdorligi va paxta hosildorligini oshirgan, sug‘orishning yangi texnologiyalarini joriy etgan fermer va klasterlarga har bir gektar yer uchun 1 mln so‘mdan subsidiya ajratiladi. Qolaversa, tuproq unumdorligini oshirganlik va eroziyadan muhofaza qilganlik uchun soliq imtiyozlari ham beriladi.

26 mart 2022, 11:49

Farg‘ona viloyatida uchta shahar hududini kengaytirish taklifi bildirildi

Farg‘ona viloyatida tumanlar yerlari hisobidan shaharlar hududini kengaytirishga oid qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Farg‘ona, Qo‘shtepa, Toshloq, Dang‘ara, O‘zbekiston, Uchko‘prik, Farg‘ona tumanlaridan qishloq xo‘jaligi yer maydonlaridan bir qismini Marg‘ilon, Qo‘qon va Farg‘ona shahri tarkibiga o‘tkazish taklif etilmoqda.

26 mart 2022, 11:19

Ohangaronda itlar ommaviy tutilayotgani va o‘ldirilayotgani aytilmoqda

Ohangaronda itlar ommaviy tutilayotgani va o‘ldirilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, bu ayol kishi it tishlashi oqibatida vafot etganidan keyin sodir bo‘lmoqda. «Hayot» boshpanasi itlarni o‘ziga olib ketmoqda. IIV vaziyatni o‘rganayotganini ma’lum qildi.

26 mart 2022, 10:26

Nima tayyorlaymiz: kekslar

Shokoladli keks, keks-chizkeyk, smetanadan tayyorlangan «Zebra» keksi, turshak va apelsinli keks — Zira.uz kekslar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

26 mart 2022, 09:56

Hazorasp tuman hokimi o‘rinbosari $12 ming pora olganlikda gumonlanmoqda

Xorazm viloyati Hazorasp tumani hokimining o‘rinbosari fuqaroga yer ajratib berish hamda noqonuniy qurilgan binoni buzdirmaslik evaziga 12 ming dollar pora olayotganda qo‘lga tushgani aytilmoqda. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

25 mart 2022, 22:00

25 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekistonga ko‘chib o‘tmoqchi bo‘lgan IT-kompaniyalar uchun yaratilgan sharoitlar, sotuvga qo‘yilgan MOBIUZ va Tashkent City, 1 apreldan to‘liq ishga tushadigan Samarqand aeroporti, tugayotgan yomg‘ir mavsumi, Toshkent va Olmaota o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan poyezd qatnovi, 2030 yilgacha vazirlik va idoralar xizmat mashinalarini elektromobilga almashtirish taklifi va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 24 martdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

25 mart 2022, 17:29

Mahallalar va jamoalardagi keksalar faolligi yanada oshiriladi

Prezident qaroriga muvofiq, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi keksalar bilan yanada faol hamkorlik qiladi. Bunda «tarbiyasi og‘ir» yoshlar bilan muloqotda bo‘lganlarga «Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul» tamoyiliga muvofiq moddiy yordam ko‘rsatiladi.

25 mart 2022, 16:21

Energetika vazirligi huzurida «Milliy dispetcherlik markazi» tashkil etiladi

Energetika vazirligi huzurida «Milliy dispetcherlik markazi» davlat unitar korxonasi tashkil etiladi. Markazga yagona elektr energetika tizimini boshqarish, ushbu tizimning qo‘shni davlatlar energetika tizimlari bilan parallel ishlashini ta’minlash, avariya holatlari yuzaga kelishining oldini olish va ularni bartaraf etish kabi vazifalar topshiriladi.

25 mart 2022, 15:33

Toshkent va Olmaota o‘rtasida yo‘lovchi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

2 maydan boshlab Toshkent va Olmaota o‘rtasida yo‘lovchi poyezd harakati yo‘lga qo‘yiladi. Reyslar haftasiga uch martadan amalga oshiriladi.

25 mart 2022, 14:53

Farg‘ona viloyatida atmosferani ifloslantirayotgan 2 ta korxona faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani hududidagi atmosfera havosida ammiak moddasi 4 ta nuqtada — 1,5 dan 23,6 martagacha, vodorod sulfidi moddasi 2 ta nuqtada — 3,2 dan 4,6 martagacha belgilangan me’yorlardan ortiqligi aniqlandi. O‘rganish yakunida sement va gips ishlab chiqaruvchi 2 ta korxona faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

25 mart 2022, 13:19

O‘zbekistonda Skype bo‘yicha cheklovlar olib tashlandi

O‘zbekistonda Skype shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunni buzuvchilar reyestridan chiqarildi. AKT vazirligi ushbu reyestrga kiritilgan boshqa xizmatlarga taqiqni bosqichma-bosqich olib tashlash bo‘yicha ishlar olib borilayotganini qayd etdi.

25 mart 2022, 12:57

2023 yildan yangi qurilgan binolarda elektromobilni quvvatlash moslamalarini o‘rnatish majburiy bo‘lishi mumkin

Prezident qarori loyihasiga ko‘ra, 2023 yildan yangi barpo etiladigan turar va noturar tijorat ko‘chmas mulklarida elektromobil quvvatlash stansiyalarini o‘rnatishni majburiy etib belgilash taklif etilmoqda. Qolaversa, Toshkent shahri va viloyatidagi barcha AGTKSH va AYOQSHlari elektromobilni quvvatlash stansiyalari bilan ta’minlanadi.

25 mart 2022, 12:11

Shanba kuni yana yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, yakshanbada esa yog‘ingarchilik to‘xtaydi

O‘zgidromet shanba kuni O‘zbekistonga yana nam va salqin havoning bir qismi kirib kelishini ma’lum qildi. Shu kuni respublikaning shimolidan boshqa barcha hududlarda yomg‘ir yog‘adi. Yakshanba kuni yomg‘ir to‘xtaydi. Dam olish kunlaridagi harorat +15 darajagacha isishi kutilmoqda.

25 mart 2022, 10:12

Namanganda “Kalashnikov” avtomatini sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Namanganda muqaddam sudlangan shaxs Qirg‘izistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelgan AKS-74 jangovor o‘qotar qurolini sotmoqchi bo‘lganida ushlandi.

25 mart 2022, 10:11

Test: Vokzalga qarab shaharni toping!

Vokzal — sayyohlar shaharga kelishi bilan ko‘radigan va ularda taassurot uyg‘otadigan birinchi bino. 2000-yillar o‘rtasida Toshkent Shimoliy vokzali rekonstruksiya qilindi, natijada vokzal arxitekturasi oq alyukobond va ko‘k oynalar bilan «bezatildi» va bino to‘siqlar bilan o‘rab olindi. Poytaxt vokzalining yangi ko‘rinishi mamlakatdagi boshqa bekatlarga ham o‘rnak bo‘ldi. Bugungi kunda bizning vokzallarimiz bir-biriga juda ham o‘xshash. Siz ularni ajrata olasizmi?

25 mart 2022, 09:48

Qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berishda hokim qarori talab qilinmaydi

Prezident qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berishda hokim qarori talab qilinmasligini ko‘zda tutgan farmonni imzoladi. Shuningdek, 1 martdan keyin xorijdan qaytib kelgan migrantlarga ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berishda alohida ustuvorlik beriladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting