Jamiyat

16 iyun 2021, 15:00

Toshkentdagi Webster universitetida “Taʼlim va innovatsiyalar” sohasida magistraturaga qabul boshlandi

2021 yil avgust oyidan boshlab Toshkentdagi Webster universiteti “Ta'lim va innovatsiyalar” yo’nalishida yangi bir yillik magistratura dasturini (MA EDIN) yo’lga qo’yadi.

16 iyun 2021, 13:43

Jomboydagi maktab sinfxonalarini ta’mirlagan o‘quvchilar ota-onalarining roziligi bilan borganligi aytildi

Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi 28-maktabda o‘qiydigan o‘g‘il bolalar maktabni ta’mirlash ishlariga yordam berish uchun ota-onalarining roziligi bilan kelganligi aytildi. 5 nafar qiz-o‘quvchilar esa yakuniy davlat imtihonlarining baholarini bilish maqsadida maktabga kelganligi aniqlangan. Viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi o‘quvchilar o‘zi va ota-onalarining ixtiyoriga zid ravishda ta’mirlash ishlariga jalb qilinmaganligini ta’kidladi.

16 iyun 2021, 09:45

Jizzaxda Nexia yuk avtomobiliga urildi. Ikki kishi vafot etdi

Jizzax viloyatida Nexia va SHACMAN rusumli yuk avtomobili ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Yengil avtomobil haydovchisi va yo‘lovchisi vafot etdi. Yana ikki yo‘lovchi kasalxonaga yotqizilgan.

15 iyun 2021, 22:07

Yangiqo‘rg‘onda tadbirkorning qo‘ylari tuman hokimligi binosi tomonga haydaldi

Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida mahalliy tadbirkorga tegishli qo‘ylar podasi tuman hokimligi binosi tomonga haydaldi. Tadbirkor tuman ma’muriyatidan talab qilgan yerni ajratmaganidan norozi bo‘lgan. Hokimlik unga ikkita yer maydonini tanlashni taklif qilishganiga aniqlik kiritdi, ammo u taklif qilingan variantlardan bosh tortgan.

15 iyun 2021, 20:30

15 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekiston fuqaroligini olish tartibi soddalashtirilishi haqidagi qonun, yangi tayinlovlar, Al-Xorazmiyning yangi haykali Urganchda o‘rnatilishi, kameraning xotira kartasini «yeb qo‘ygani» aytilayotgan matbuot xizmati xodimi — «Gazeta.uz»ning 15 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.

15 iyun 2021, 17:41

Ishtixon hokimiyati matbuot xizmati xodimi jurnalist kamerasining xotira kartasini «yeb qo‘ygani» aytilmoqda

Ishtixon tumani hokimligi axborot xizmati xodimi dehqon bozoridani yong‘inni yoritishga borgan jurnalistlarning kamerasiga tashlanib, undagi xotira kartasini «yeb qo‘ygani» aytilmoqda. Hokimlik axborot xizmati rahbari tushunmovchilik bo‘lganini qayd etdi. Samarqand viloyati hokimligi holat AOKA vakillari va ikki tomon ishtirokida o‘rganib chiqilishini ma’lum qildi.

15 iyun 2021, 17:20

Toshkent metrosining chalkash ko‘rsatkichlari

2020 yilda Toshkent metropolitenining yer usti Halqa yo‘li va Sergeli yo‘nalishi ishga tushirildi, Yunusobod yo‘nalishiga yana ikkita bekat qo‘shildi. Toshkent metrosining yangi va eski bekatlaridagi yo‘l ko‘rsatkichlaridagi noaniqliklar, u yerdagi tashkilotchilik, bekat va uning tashqarisidagi navigatsiya — Og‘abek Samisov va Yevgeniy Sorochin reportajida.

15 iyun 2021, 16:33

Migrantlar uchun Rossiyada noqonuniy bo‘lib turish muddati 30 sentyabrga qadar uzaytirildi

Chet elliklar uchun Rossiyada noqonuniy bo‘lish muddati 15 iyundan 30 sentyabrga qadar uzaytirildi. Noqonuniy migrantlar 30 sentyabrga qadar deportatsiya qilinmaydi va ularga jarima solinmaydi. Ushbu sanaga qadar ular o‘z maqomlarini qonuniylashtirishlari yoki mamlakatdan erkin chiqib ketishlari mumkin.

15 iyun 2021, 14:30

Jahongir Ortiqxo‘jayev hokimiyat huzurida boshqaruv kompaniyasi tuzishni taklif qildi

Toshkent hokimligi huzurida davlat unitar korxonasi shaklidagi boshqaruv xizmati kompaniyasi paydo bo‘lishi mumkin. Ushbu taklifni prezidentga poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev kiritdi.

15 iyun 2021, 13:53

Oliy sud Bobur ko‘chasidagi 7-uyning himoyachilari foydasiga qaror chiqardi

Toshkentdagi 7-uy ishi bo‘yicha avvalgi instansiyalar sudlarining qaroriga qarshi Universal Packing Master va Jemchug House`larning murojaati qanoatlantirilmadi. Oliy sud shahar aholisi foydasiga qaror chiqardi.

15 iyun 2021, 13:25

Sport — ikkinchi imkoniyat

Shaxnoza Mirzayeva 10 yoshida avtohalokatga uchrab, oyog‘ining bir qismidan ajraldi. Baxtsiz hodisaga qaramasadn, u sportni tanladi va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi.

15 iyun 2021, 13:22

Al-Xorazmiyning yangi haykali Urganchda o‘rnatiladi

Urganch shahrida al-Xorazmiyning yangi haykalini o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Prezident yodgorlikning variantlari va uni o‘rnatish rejalashtirilgan joyga oid taqdimot bilan tanishdi. Ulardan biri Jaloliddin Manguberdi haykali joylashgan hudud hisoblanadi.

15 iyun 2021, 12:25

Chekka hududlardagi ayollarga go‘zallik salonlari konteynerlari yetkazib berildi

Respublika chekka hududlarida istiqomat qiluvchi ayollar uchun go‘zallik salonlari konteynerlari yetkazib berildi. Ma’lumotga ko‘ra, har bir konteynerda 7 nafardan ayol ishlaydi va bu orqali «Ayollar daftari» dagi fuqarolarning 350 nafari ish bilan ta’minlanadi.

15 iyun 2021, 11:33

Qaxramon Olimov A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetiga rahbar bo‘ldi

Maktabgacha ta’lim vazirining sobiq birinchi o‘rinbosari Qaxramon Olimov A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent filiali direktori lavozimiga tayinlandi.

15 iyun 2021, 10:47

Integrallashgan ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish loyihasi yo‘lga qo‘yildi

Hukumat va YUNISEF ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha loyihani yo‘lga qo‘ydi. U tarqoq ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi o‘rniga, fuqarolarning o‘ziga xos ehtiyojlarini hisobga oladigan tizimni yaratishga yordam beradi.

14 iyun 2021, 21:04

Buxoroda 15 yoshli maktab o‘quvchisi suvda cho‘kib ketib, halok bo‘ldi

Olot tumanidagi maktab o‘quvchisi darsdan so‘ng o‘z xonadonidan chiqib, cho‘milishga borgan. U yerda o‘quvchi suvga cho‘kib ketgan. Uning yonida bo‘lgan tengdoshlari o‘quvchini qutqarishga urinishgan. Marhumning jasadi bir kundan keyin topilgan.

14 iyun 2021, 20:31

Urgutdagi gaz quyish shaxobchalarining birida sodir bo‘lgan portlash oqibatida ikki kishi vafot etdi

Urgut tumanida joylashgan suyultirilgan gaz quyish shaxobchasiga gaz tushirayotgan vaqtida portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda haydovchi va gaz shaxobchasining bir nafar ishchisi voqea joyida vafot etgan.

14 iyun 2021, 20:30

14 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Milliy test tizimi atrofidagi mojarolar, Shavkat Mirziyoyevning hafta davomidagi ish grafiki, Sirdaryo hokimligi mas’ullarining raqqosalar bilan video uchun ishdan ketishi, kattaqo‘rg‘onlik soliqchi voqeasi — “Gazeta.uz"ning 14 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.

14 iyun 2021, 17:23

Kattaqo‘rg‘onlik soliqchi voqeasi: marhumning yaqinlari unga kuch ishlatilganligini aytmoqda. Shifokor esa marhumning tanasida jarohat bo‘lmaganligini aytmoqda

Samarqand viloyatida YPX xodimlari tomonidan qo‘lga olinish chog‘ida vafot etgan tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosarining ishi bo‘yicha surishtiruvlar davom etmoqda. Marhumning qarindoshlari uning ikki qo‘lida barmoq izlari, bo‘ynida va yuzida shilingan jarohatlar borligini aytishmoqda. Jasadni tekshirgan shifokor esa uning tanasida jarohatlar ko‘rmaganligini, faqatgina o‘ng ko‘z atrofida kichkina shilingan joyi bo‘lganligini ta’kidladi.

14 iyun 2021, 16:25

Internetda tarqalgan video ortidan Sirdaryo tumani hokimi o‘rinbosari ishdan ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda raqqosalar bilan birga videosi tarqalgan Sirdaryo tumani hokimining o‘rinbosari Nurali Mirzayev va tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Nozim Muratov o‘z arizasiga binoan egallab turgan lavozimidan ozod etildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting