Jamiyat

31 may 2022, 16:30

O‘zgidromet to‘qqizta viloyatda sel kelish xavfini e’lon qildi

2−4 iyun kunlari O‘zbekistonning 9 ta viloyatining tog‘li hududlarida yomg‘ir va do‘l yog‘ishi oqibatida sel-suv toshqinlari yuz berishi xavfi e’lon qilindi. O‘zgidromet fuqarolardan ehtiyot choralarini ko‘rishni so‘ramoqda. Qolaversa, haftaning ikkinchi yarmida ayrim hududlarda shamol tezligi 18−23 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda esa chang to‘zoni kuzatilishi mumkin.

31 may 2022, 15:01

PMTI tadqiqoti: Ta’lim darajasi ish haqiga qanday ta’sir qiladi?

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti ta’lim darajasiga qarab ish haqi o‘sishini baholash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda ish haqidagi ustama fan doktori (DSc) ilmiy unvoni uchun 61% dan, PhD yoki fan nomzodi uchun 41% dan yuqori ekanligi, shu bilan birga bakalavr bosqichining imtiyozli diplomiga ega xodimlar mehnat bozorida oddiy diplom sohiblariga qaraganda 8,5% ko‘proq maosh olishi ma’lum bo‘ldi.

31 may 2022, 12:41

Tadbirkorlik kodeksi loyihasi muhokamaga qo‘yildi

Adliya vazirligi 9 ta amaldagi qonun, 2 ta yangi qonun loyihasi va 10 dan ortiq qonunosti hujjatlarini yaxlitlashtiruvchi Tadbirkorlik kodeksi loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi. Unga ko‘ra, davlat korxonalariga raqobatni cheklovchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri soliq, bojxona va boshqa turdagi imtiyoz va preferensiyalar berish taqiqlanmoqda. Qolaversa, kodeksdan subsidiya berish va moliyaviy sanksiyalar qo‘llash tartiblari, «xo‘jalik shirkati» shaklini bekor qilish ham o‘rin olgan.

31 may 2022, 12:23

Davlat aholidan tasviriy va amaliy san’at asarlarini sotib oladi

O‘zbekistonda 1 iyuldan «Milliy merosga mening hissam!» umumxalq aksiyasi tashkil etiladi. Uning doirasida aholidan mustaqillik yillarida yaratilgan, yuksak badiiy qiymatga ega tasviriy va amaliy san’at asarlari xarid qilinadi. Buning uchun har yili 3,5 mlrd so‘m, talabga ko‘ra undan ham ko‘proq mablag‘ ajratib boriladi. Qolaversa, «Moziyga sayohat» dasturi ham o‘tkaziladi, daftarlarga kiritilgan fuqarolar uchun muzeylarga kirish bepul bo‘ladi.

31 may 2022, 11:35

Davlat muzeylariga tungi vaqtlarda xizmat ko‘rsatishga ruxsat berildi

Prezident qarori bilan 1 iyuldan boshlab davlat muzeylariga har kuni soat 22:00 ga qadar hamda tungi vaqtlarda xizmat ko‘rsatishga ruxsat berildi. Pulli xizmatlar ko‘rsatishda ishtirok etgan muzey xodimlariga qo‘shimcha to‘lovlar to‘lanadi va ular moddiy rag‘batlantiriladi. Qolaversa, turkiyalik mutaxassislar ishtirokida uchta muzey rekonstruksiya qilinadi.

31 may 2022, 11:08

Uchta hududda valyutani noqonuniy sotishga uringan shaxslar ushlandi

Toshkent, Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanganlikda gumonlangan besh nafar shaxs qo‘lga olindi. Ular jami 9100 dollarni 100 mln so‘mga sotishga urinishgani aytilmoqda. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

30 may 2022, 22:00

30 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Lola Murotovaning vafotiga hamdardlik bildirgan prezident, xalqaro musobaqa g‘olibi Nodirbek Abdusattorov, Toshkentda mushukni derazadan uloqtirgan bola, bolalar kuniga 200 ming so‘mdan pul tarqatilayotgani haqida tarqalgan yolg‘on xabarlar, chek bo‘yicha tadbirkorlarni tekshirish qoidalarini yumshatgan Soliq qo‘mitasi va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 30 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.

30 may 2022, 21:55

Seysmik zaif ko‘p qavatli uylar o‘rniga yangilari quriladi

Prezident farmoni bilan 1 oktabrdan respublikadagi ko‘p kvartirali uy-joylar zilzilabardoshlik bo‘yicha xatlovdan o‘tkazilib, ular natijalariga ko‘ra seysmik zaif va avariya alomatlari aniqlangan uylar o‘rniga yangilari quriladi. Shuningdek, 2023 yildan boshlab 9 va undan yuqori qavatli yangi qurilayotgan binolarda vibrodinamik uskuna yoki maxsus asbob-uskunalar yordamida sinov va tekshiruv o‘tkazib boriladi.

30 may 2022, 20:36

Taniqli sport jurnalisti Axbor Imomxo‘jayev 86 yoshda olamdan o‘tdi

Taniqli sport jurnalisti, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi Axbor Imomxo‘jayev 86 yoshda hayotdan ko‘z yumdi.

30 may 2022, 20:22

Prokrastinatsiya nima, nega biz bunga yo‘l qo‘yamiz va uni qanday yengish mumkin?

Hozirgi davrda prokrastinatsiyaga duch kelmagan, bundan aziyat chekmagan insonlar juda kam bo‘lsa kerak. Ammo biz uning sabablarini, aslida qanday oqibatlarga olib kelishini bilamizmi?

30 may 2022, 20:03

Iyun oyida ob-havo qanday bo‘ladi?

O‘zgidromet kelayotgan yoz anomal issiq bo‘lishi haqidagi gap-so‘zlarni rad etdi. Biroq ob-havoning o‘ta issiq bo‘lishi ham istisno qilinmaydi, bu — O‘zbekiston iqlimining o‘ziga xos xususiyatlaridir, deya ta’kidladi sinoptiklar. Iyun oyi bo‘yicha ob-havo prognozi.

30 may 2022, 19:41

Advokat bilan masofadan bitim tuzish va undan onlayn yuridik yordam olish imkoniyati yaratiladi

2023 yil 1 yanvardan advokatlik faoliyati uchun litsenziya berish onlayn tarzda amalga amalga oshiriladi. Shuningdek, advokat bilan masofadan bitim tuzish va undan onlayn yuridik yordam olish imkoniyati yaratiladi. Davlat hisobidan advokatlarni ishga jalb etish elektron tartibda tasodifiy tanlash yo‘li bilan aniqlanadi.

30 may 2022, 19:09

Samarqandda 5 sotix yerni $100 mingga sotishga uringanlikda gumon qilingan shaxs ushlandi

Samarqand tumanida fuqaro boshqa fuqaroga qarashli issiqxona qurish uchun ajratilgan 50 sotix yer maydonining 5 sotixini 100 ming dollarga sotishga uringanlikda ayblanmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘tkazgan tezkor tadbirda u 70 ming dollarni olgan vaqtida qo‘lga olindi.

30 may 2022, 18:59

«Sabablari asosli ochib berilmagan». XDP fraksiyasi YPX xodimlarini suratga olishni taqiqlashga oid qonun loyihasini rad etdi

IIV YPX xodimlarini suratga olib internetda tarqatganlik uchun 15 mln so‘m jarima yoki 15 sutka ma’muriy qamoq bilan jazolashga oid qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritdi. XPD fraksiyasi takliflar bo‘yicha sabablar asosli ochib berilmaganligi uchun mazkur qonunni birinchi o‘qishda ko‘rib chiqishni rad etib, uni kun tartibidan chiqarib tashladi. Bu xodimlarni tasvirga olishni taqiqlashga bo‘lgan navbatdagi urinish, avvalroq vazirlik taklif etgan hukumat qarori loyihasi jamoatchilik e’tirozlariga sabab bo‘lgandi.

30 may 2022, 18:18

Jizzaxda ikki shaxs uchta bo‘ri bolasini sotmoqchi bo‘ldi

Tarmoqlarda Bahmal tumanida ikki nafar shaxs uchta bo‘ri bolasini sotish bo‘yicha e’lon bergani haqida xabarlar tarqaldi. Jizzax Ekologiya boshqarmasi xodimlari bo‘ri bolalarini ularning mashinasidan topdi. Huquqbuzarlar esa jarimaga tortildi. Bo‘ri bolalarini ekologlar parvarishlamoqda, ular yaqin fursatlarda tabiat qo‘yniga qaytariladi.

30 may 2022, 18:05

Soliq qo‘mitasi chek berilmagani uchun tadbirkorlarni tekshirish qoidalarini yumshatdi

1 iyundan boshlab chek bermagan tadbirkorlarni soliq xizmati organlari tomonidan tekshirish qoidalari o‘zgarmoqda. Endi birinchi shikoyatdan so‘ng tadbirkor darhol jazolanmaydi, lekin u bilan profilaktik suhbat o‘tkaziladi. Shuningdek, fuqarolar 24 soat ichida ikkitadan ortiq murojaat yubora olmaydi.

30 may 2022, 17:55

Zaamin Ultra: Yomg‘ir, tuman va tog‘lar bag‘ridagi marafon qanday o‘tdi?

28−29 may kunlari Zomin milliy bog‘ida ikkinchi Zaamin Ultra marafoni — sport, musiqa va san’at festivali bo‘lib o‘tdi. Chodirlarda o‘tgan yomg‘irli tun, oilaviy va jamoaviy yugurganlar, nogironligi bor marafonchilar, sovuq havo va tumanga qaramasdan murakkab masofani bosib o‘tgan yuguruvchilar — Zaamin Ultra «Gazeta.uz» muxbiri fotohikoyasida.

30 may 2022, 17:36

Foto: Toshkentda xizmat itlari ko‘rgazmasi o‘tkazildi

«Xizmat itlari-2022» ko‘rgazmasida xavfsizlik idoralari va vazirliklarining 100 dan ortiq itlari ishtirok etdi. Tadbir kinologik xizmatlar o‘rtasida hamkorlik va tajriba almashishni kuchaytirish maqsadida tashkil etildi. «Gazeta.uz» muxbiri Madina A’zam fotoreportaji.

30 may 2022, 16:44

USAID O‘zbekistonga $1,3 mlnlik uskunalarni topshirdi

AQSh o‘zining Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) orqali O‘zbekistonning milliy immunizatsiya tizimini mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston SSVga sovuq zanjirli uskunalar va kompyuterlarni topshirdi. Uskunalar 671 ta sovutgich, 212 ta muzlatgich va 150 ta kompyuterdan iborat bo‘lib, umumiy qiymati 1,3 mln dollarni tashkil etadi.

30 may 2022, 16:34

Mirobod tumanidagi 6 ta yo‘l kesishmasida harakat qisman cheklanadi

Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi yo‘llarda ketayotgan ta’mirlash ishlari sababli Markaziy temir yo‘l vokzali yaqinidagi 6 ta yo‘l kesishmasida mashinalar harakati qisman cheklanadi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting