Jamiyat

28 yanvar 2022, 19:38

Toshkent hayvonot bog‘ida ayol kishi qiz bolani ayiqlar voleriga tashlab yubordi (yangilandi)

Toshkent hayvonot bog‘ida ayol kishi kichik qizaloqni 5 metr balandlikdan ayiqlar voleriga tashlab yubordi. Bola faqat tushish natijasida jarohat oldi. Ayolning qilmishi sabablari o‘rganilmoqda. Holat yuzasidan qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayol hibsga olingan.

28 yanvar 2022, 18:07

Payshanba kuni vaksina olmagani uchun 202 nafar xodim vaqtincha ishdan chetlatildi

27 yanvar kuni Toshkent shahrida 302 ta tadbirkorlik subyekti va 15 ta budjet tashkilotida xodimlarning emlanganligi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazildi. Natijada 202 nafar hodim emlanmagani uchun vaqtinchalik ishdan chetlatildi, 196 ta tashkilot rahbariga ogohlantirish berildi.

28 yanvar 2022, 17:16

O‘zbekistonda har to‘rtinchi ayol ba’zi hollarda zo‘ravonlikka duch kelgan, 7 foiz ayol uchun esa bu odatiy hol

«Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot instituti 6 ta hududda yashovchi 800 nafar xotin-qiz o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi. Uning natijalariga ko‘ra, ayollarning 60 foizga yaqini turmush hayotida zo‘ravonlikka duch kelmaganini qayd etgan bo‘lsa, qolgan 40 foizi kamsitish va zug‘um o‘tkazilayotganini bayon qilgan. Har to‘rtinchi ayol ba’zi hollarda zo‘ravonlikka duch kelishini, 7 foiz ayol esa bu odatiy hol ekanligini ta’kidlagan.

28 yanvar 2022, 15:06

Namanganda sobiq uchastkavoyga 7 ta modda bo‘yicha ayblov e’lon qilindi

Namanganda sud IIB rahbariyatining noqonuniy xatti-harakatlari haqida ma’lum qilgan sobiq profilaktika inspektori Sardorbek Otaboyevga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqishni boshladi. U Jinoyat kodeksining 7 moddasi, jumladan, firibgarlik, mansab vakolatini suiiste’mol qilish va boshqalar bo‘yicha ayblanmoqda. Sudlanuvchi ayblovlarni rad etmoqda.

28 yanvar 2022, 14:54

O‘zbekiston bo‘ylab svet, gaz va ichimlik suvi to‘liq tiklandi

Energetika vazirligi O‘zbekistonning barcha hududlarida elektr energiyasi ta’minoti to‘liq tiklanganini xabar berdi. «Hududgazta’minot» va «O‘zsuvta’minot» ham tabiiy gaz hamda ichimlik suvi ist’emolchilarga avvalgidek yetkazib berilayotganini ma’lum qildi.

28 yanvar 2022, 12:57

«Sog‘lom turmush tarzi» platformasi uchun budjetdan 100 mlrd so‘m ajratiladi

Prezident qaroriga asosan «Sog‘lom turmush tarzi» platformasidan foydalanuvchilarni rag‘batlantirish maqsadida davlat budjetidan 100 mlrd so‘m ajratiladi. Bundan tashqari, har yili tuman va shaharlardagi namunali mahallalarda zamonaviy fitnes ko‘chalari tashkil etiladi.

28 yanvar 2022, 11:42

Endokrin kasalliklar mavjud oilalarga patronaj hamshirasi biriktiriladi

Prezident qaroriga asosan endokrin kasalliklar mavjud oilalarga maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan patronaj hamshirasi biriktiriladi. Har yili kamida bir marta 40 yoshdan oshgan aholi qandli diabet uchun maqsadli skriningdan o‘tkaziladi. Qolaversa, 25 yoshdan oshgan bemorlarga insulin, metformin va boshqa dori vositalari bilan bepul beriladi.

28 yanvar 2022, 11:39

Beeline mobil abonentlarida vaqtincha internet ishlamay qoldi

Juma kuni Beeline mobil aloqa operatori abonentlarida internet xizmati vaqtincha ishlamay qoldi. «O‘zkomnazorat» bunga dasturiy ta’minotdagi nosozlik sabab bo‘lganini ma’lum qildi.

28 yanvar 2022, 11:12

Endilikda 18 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan aholining salomatlik profili baholanadi

Prezident qaroriga muvofiq, har yili bir marotaba 18 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan aholining ovqatlanishi, tamakiga qaramliligi, tana vazni, arterial bosimi, qondagi qand va xolesterin darajasiga qarab, ularning salomatlik profili baholanadi. 40 yoshdan oshganlar yiliga kamida bir marta skrining tekshiruvlaridan o‘tkaziladi. Yurak-qon tomir kasalliklari bor 200 mingdan ortiq aholiga esa enalapril dori vositasi bepul beriladi.

28 yanvar 2022, 10:20

COVID-19: Qariyb 1200 kishida virus aniqlandi

Payshanba kuni 1186 kishi topshirgan test tahlillarida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. 3 nafar bemor esa kasallik asoratlari oqibatida vafot etdi. Qolaversa, 216 kishida pnevmoniya qayd etildi.

28 yanvar 2022, 10:07 1

O‘zbekistondagi ilk ekoshahar Farg‘onada quriladi

«Yangi O‘zbekiston» massivlari turkumiga kiruvchi ilk ekoshahar Farg‘ona viloyati markazida 300 gektar maydonda bunyod etiladi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov birinchi bosqichda 80 ta ko‘p qavatli uy qurish rejalashtirilgani, ekoshahar ikki yilda foydalanishga topshirilishini ta’kidladi.

27 yanvar 2022, 22:00

27 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Blekaut vaqtida yaroqsiz bo‘lib qolmagan vaksinalar, isitish tizimi ishlamagan kunlar uchun chegirib tashlanadigan to‘lov, Samarqandda 5 yilda loy yo‘l qolmasligini aytgan Erkinjon Turdimov, Xorazmda chiqindixonadan murdasi topilgan chaqaloq, shaharlararo yo‘llarda ishlay boshlagan AGTKSHlar, qonuniylashtirilgan aviaspotting va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 27 yanvardagi eng muhim xabarlari dayjestida.

27 yanvar 2022, 21:21

25 kun ichida O‘zbekistonda 28 kishi is gazidan vafot etdi

2022 yilning ilk 25 kunida O‘zbekistonda is gazi bilan bog‘liq 16 ta holat qayd etilgan, buning oqibatida esa 9 kishi zaharlangan va 28 kishi vafot etgan. Baxtsiz hodisalarga asosan qo‘lbola yasalgan pechlardan foydalanish, dudbo‘ronlarni noto‘g‘ri o‘rnatish, havo almashmaydigan xonalarda ko‘mir va o‘tin yoqish sabab bo‘lgan.

27 yanvar 2022, 19:09

Bloger Fozilxodja Arifxodjayev 7,5 yilga qamaldi

Sud diniy bloger Fozilxodja Arifxodjayevni jamoat xavfsizligi va tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etishda aybli deb topib, uni 7,5 yilga ozodlikdan mahrum etdi. U o‘tgan yili diniy bloger Abror Muxtor Aliy bilan bo‘lgan mojarodan so‘ng hibsga olingandi. Sudlanuvchining advokati ayblovni rad etib, sud jarayoni tafsilotlarini so‘zlab berdi.

27 yanvar 2022, 18:04

Harbiy tavsiyanoma uchun imtihon — foto

25 yanvardan boshlab respublika miqyosida muddatli harbiy xizmatchilar OTMlarga kirishda imtiyoz beradigan tavsiyanomalar uchun test sinovlaridan o‘tmoqda. Toshkent garnizonidagi xarbiy qism va muassalalarda hizmat qilayotgan harbiylarning imtihon jarayoni — “Gazeta.uz” muxbiri Madina A’zam fotoreportajida.

27 yanvar 2022, 17:45

«Elektr energiyasi o‘chgan vaqtda birorta ham vaksina yaroqsiz holga kelmagan» — SES

Sanitariya-epidemiologik xizmati «Gazeta.uz»ga izoh berishicha, 25 yanvar kuni kuzatilgan elektr ta’minotidagi uzilishlar paytida hududlardagi vaksinalarni saqlash omborlari va vaksinalar mavjud poliklinikalar elektr toki bilan uzluksiz ta’minlangan. «Elektr energiyasi o‘chishi natijasida bironta ham vaksina yaroqsiz holga kelmagan», — deydi SES matbuot kotibi Muhammadjon Bozorov.

27 yanvar 2022, 16:19

Isitish tizimi ishlamagan kunlar uchun to‘lov chegirib tashlanadi

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi matbuot xizmati rahbari Jamoliddin Qalandarovning ta’kidlashicha, “blekaut” vaqtida isitish tizimi ishlamagan kunlar uchun to‘lovlar, albatta chegirib tashlanadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Toshkentda isitish tizimi 27-yanvar kuni tungacha avvalgidek ishlay boshlaydi.

27 yanvar 2022, 15:30

5 yilda Samarqandda loy bo‘lgan yo‘l umuman qolmaydi — Erkinjon Turdimov

Samarqand viloyatida kelgusi 5 yilda kamida 8 mlrd AQSh dollarlik 5,5 mingdan ortiq investitsion loyihalar amalga oshirilishi va buning natijasida 250 mingdan oshiq doimiy ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan. Viloyat hokimi 8 ming kmlik yo‘llarga asfalt yotqizilib, viloyatda loy yo‘llar umuman qolmasligini ta’kidladi.

27 yanvar 2022, 15:10

Yaqin ikki kun ichida yomg‘ir va kuchli shamol bo‘lishi kutilmoqda

O‘zgidromet 28−29-yanvar kunlari O‘zbekiston bo‘ylab shamol tezligi 17−22 m/s gacha kuchayishi haqida ogohlantirdi. Bu kunlarda joylarda yomg‘ir yog‘ib, ayrim hududlarda qorga aylanishi mumkin.

27 yanvar 2022, 15:04

O‘zbekistonda soat 16:00 gacha elektr energiya to‘liq tiklanishi kutilmoqda

Energetika vazirligi soat 16:00 da barcha hududlarda elektr energiyasi ta’minoti to‘liq tiklanishi rejalashtirilganini ma’lum qildi. Hozirda Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridan tashqari barcha hudud to‘liq elektr energiya bilan ta’minlangan.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting