Jamiyat

27 noyabr 2020, 12:40

Yadro tadqiqotlari birlashgan institutiga O‘zbekistonning to‘laqonli a’zoligi tiklandi

Yadro tadqiqotlari birlashgan institutiga a’zo davlatlar Muxtor vakillar qo‘mitasi O‘zbekistonning to‘laqonli a’zoligini tikladi. Endilikda O‘zbekiston yadro texnologiyalari, yadroviy tibbiyot, axborot texnologiyalari va materialshunoslik yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlay oladi.

27 noyabr 2020, 12:29

Bo‘stonliq va Zominda yangi dor yo‘llari quriladi

Bo‘stonliq va Zominda quriladigan yangi dor yo‘llari qurilishini Avstriyaning Doppelmayr kompaniyasi amalga oshirishi ma’lum bo‘ldi. Xabar berilishicha, Zominda ikkita gondol-kreslo tipidagi dor yo‘li hamda tog‘-chang‘i trassalariga xizmat ko‘rsatish uchun uchta ko‘taruvchi moslama quriladi.

27 noyabr 2020, 12:00

Qiyinchiliklardan osha NNTlarni ro‘yxatdan o‘tkazish sari

Fuqarolik jamiyati rivojlanishidagi ijobiy o‘zgarishlarga qaramay, jamoat tashkilotlarini ro‘yxatdan o‘tkazish hali ham o‘ta og‘riqli masala bo‘lib qolmoqda. Dilmurod Yusupov shu kungacha 18 marta (!) NNTni ro‘yxatdan o‘tkazishda rad javobini olgan volontyor yoshlarning tashabbuskor guruhi misolida bu masalaga aniqlik kiritishda davom etmoqda.

27 noyabr 2020, 11:50

Bosh prokuratura Trailblazer sotib olinganini rad etdi

Bosh prokuratura UzAuto Motors`dan Lacetti, Equinox va Trailblazer sotib olgani haqidagi xabarlarga izoh berar ekan, Trailblazer sotib olinganini rad etdi. Shuningdek, ushbu avtomobillar qanday maqsadlarda va qaysi manbalar hisobiga olinganini oshkor qildi.

27 noyabr 2020, 11:34

Farg‘ona viloyatidan Rossiyaga pomidor va qalampir olib kirishga taqiqni bekor qilish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda

Farg‘ona viloyatidan Rossiyaga pomidor va qalampir olib kirishga taqiqni bekor qilish choralari ko‘rilayotgani ma’lum qilindi. Qayd etilishicha, ushbu mahsulotlarda aniqlangan ToBRFV o‘simliklar virusining yangi shtammi O‘zbekiston hududida ilgari aniqlanmagan.

26 noyabr 2020, 17:27

Davlat xizmatchilarining huquqiy savodxonligi tekshirilishi mumkin

Hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvardan boshlab davlat xizmatchilari har uch yilda bir martta huquqiy savodxonlik bo‘yicha onlayn test sinovlaridan o‘tishadi. Normativ-huquqiy hujjatlarning minimal bazasini bilish sinovlaridan vazirlar, hokimlar, davlat qo‘mitalari, idoralar va boshqa davlat tuzilmalari rahbarlari o‘tkaziladi.

26 noyabr 2020, 17:02

Davlat tadbiri mehmonlarini ovqatlantirish uchun qariyb 1,5 mlrd so‘m sarflangan

24 yanvar kuni prezidentning parlamentga yo‘llagan murojaatnomasiga bag‘ishlangan tadbirni Xalqaro kongress markazida tashkillashtirish uchun 1,76 mlrd so‘m sarflangan. Xarajatlarning katta qismi — deyarli 1,5 mlrd so‘mi mehmonlarni ovqatlantirishga to‘g‘ri kelmoqda.

26 noyabr 2020, 14:20

Sergeli yer usti metrosida sinov tariqasida poyezd harakati amalga oshirildi

Yangi qurilayotgan Sergeli yer usti metro yo‘nalishida test rejimida poyezd harakati amalga oshirildi. Metroning yil oxirigacha to‘liq foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.

26 noyabr 2020, 13:56

Toshkent viloyatida yoqilg‘i sisternasi yonib ketdi

Chinoz tumanidagi «Paxta Neftbazasi»da 5 ming tonna sig‘imli yoqilg‘i sisternasi yonib ketdi. Yong‘in sodir bo‘lgan joyga Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Jabrlanganlar yo‘q.

26 noyabr 2020, 13:54

Navoiy viloyati prokurori tayinlandi

Baxtiyor Ahmedov Navoiy viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. U bundan avval Sirdaryo viloyati prokurori o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritgan.

26 noyabr 2020, 13:20

Rossiya Farg‘onadan pomidor va qalampir olib kirishga taqiq qo‘ydi

Rossiya Farg‘ona viloyatida yetishtirilgan pomidor va qalampirlarda tobamovirus aniqlangani uchun sabzavotlarni o‘z hududiga kiritilishiga taqiq qo‘ydi. Ushbu virusni yuqtirgan sabzavot boshqa o‘simliklarning nobud bo‘lishiga olib kelishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.

26 noyabr 2020, 11:23

Yaqin kunlarda havo haroratining me’yordan 10−12 daraja past bo‘lishi kutilmoqda

Yaqin kunlarda havo harorati pasayib, yomg‘ir va qor yog‘ishi, tungi sovuqlar va shamol kuchayishi kutilmoqda. Havoning o‘rtacha kunlik harorati me’yordan 10−12 daraja past bo‘ladi.

26 noyabr 2020, 11:20

Yanvar-oktyabr oylarida «chiroyli» avtoraqamlarni sotib olish 2,6 barobar ko‘paygan

2020 yilning 10 oyi davomida avtoraqamlarni sotib olish 2,6 barobarga ko‘paygan bo‘lib, avtoraqam.uzex.uz onlayn-auksioni orqali jami 218,8 mlrd so‘m qiymatda 80,5 mingdan ziyod «chiroyli» raqamlar xarid qilingan.

26 noyabr 2020, 10:32

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbariga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Toshkentning ikkita tumanida hokim o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Xo‘jaakbar Fayzullaxo‘jayev va Azizbek Yunusov Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i o‘rinbosarlari etib tayinlandi.

26 noyabr 2020, 09:37 1

«Hozir hamma iste’foga chiqib ketadigan bo‘lsa, ishni kim qiladi» — energetika vaziri iste’fo haqida

Energetika vaziri Alisher Sultonov gaz va elektr ta’minoti ortidan jamoasi bilan iste’foga chiqish masalasida fikr bildirdi. «To‘g‘ri, kamchiliklar juda ham ko‘p. Lekin hozir hamma iste’foga chiqib ketadigan bo‘lsa, ishni kim qiladi? Mutaxassislar o‘zi qolmayapti. Siz o‘ylamang, hech kim o‘zini joyini ushlab olgani yo‘q, lekin qanday qiyin bo‘lmasin, hamma o‘zini ishini qilishi kerak», — dedi vazir.

26 noyabr 2020, 00:47 1

AOKA COVID statistikasi bo‘yicha yangilik sababli «Gazeta.uz»ni ogohlantirdi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi «Gazeta.uz»ni COVID-kasalxonalari bemorlari statistikasi va SSVning koronavirus bemorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqqoslangan yangilikni e’lon qilgani uchun «jiddiy huquqiy oqibatlar» haqida ogohlantirdi. Biz ogohlantirish xatiga tahririyatni «noqulay» savollar berishdan to‘xtashga majbur qilishga urinishni eslatadigan keskin javob deb qaraymiz.

25 noyabr 2020, 17:15

UzCard’da bosh direktor almashdi

Shu kungacha «Yagona umumrespublika protsessing markazi» MCHJ (UzCard) direktorining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Farrux Ziyayev jamiyat bosh direktori lavozimiga tayinlandi.

25 noyabr 2020, 16:27

Andijonda 3 ta maktabning yer maydonlari tadbirkorlarga berib yuborilgani aniqlandi

Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi maktablarning 73,4 sotix yer maydonlari asossiz ravishda tadbirkorlik sub’ektlariga berib yuborilayotgani aniqlandi. Tuman prokuraturasi tuman hokimining qaroriga protest kiritdi.

25 noyabr 2020, 16:15

Shahrisabz shahri, Sayxunobod va Sirdaryo tumanlariga hokimlar tayinlandi

Sirdaryo tumani hokimi ishdan olinib, o‘rniga Sayxunobod tumani hokimi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan Botirjon Mirzaqulov tayinlandi. Sayxunobodga esa viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lgan Farrux O‘ktamjonov hokim bo‘ldi. Shahrisabz hokimi ham o‘zgardi.

25 noyabr 2020, 13:54

Artel maktabi direktori Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i bo‘ldi

Kozimjon Hasanov Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi boshlig‘i — poytaxt hokimining ta’lim va tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Tayinlovdan avval u Artel Technical School xususiy maktabi direktori sifatida faoliyat yuritgan.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting