10 dekabr, seshanba

Jamiyat

Maktablar yangi standartlar asosida quriladi va ta’mirlanadi 

2020−2022 yillarda umumta’lim maktablarining «Zamonaviy maktab» loyihasi doirasida qurilishi, rekonstruksiya qilinishi, ta’mirlanishi va jihozlanishi uchun 4,05 trln so‘m ajratiladi.

Nukus tumanida odamlar gaz yo‘qligi uchun yo‘lni yopib qo‘ydi 

Nukus tumanidagi Shortanbay ovuli aholisi avtomobil yo‘lini to‘sib, g‘ildiraklarga o‘t qo‘ydi. Bunga gaz yetkazib berilmayotgani sabab bo‘ldi. Hokimiyat ko‘mir va gaz ballonlari yetkazib berdi va gazni ulash imkoniyatlarini o‘rganmoqda.

Prezident suv resurslarini boshqarishni yaxshilash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi 

2020 yildan Majburiy ijro byurosi suv ta’minoti uchun qarzdorlikni undirish bilan shug‘ullanmaydi. Bu ish bilan «O‘zsuvta’minot» kompaniyasi shug‘ullanadi.

Samarqanda bir necha kishi tomonidan kaltaklangan erkak vafot etdi 

Bir guruh kishilar tomonidan kaltaklangan Samarqanddagi 42-maktab o‘qituvchisi vafot etdi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, uch kishi gumondor sifatida jalb qilindi.

Voyaga yetmagan qizlarni mast holda urib ketgan haydovchiga sud hukmi o‘qildi 

Zomin tumanida ikki nafar voyaga yetmagan qizlarni mast holda urib, ularning birini o‘limiga sabab bo‘lgan holda voqea joyida qochib ketgan haydovchi 6 yil 6 oy muddatga qamaldi.

Metroning O‘zbekiston yo‘nalishida elektr yetkazib berishda qisqa muddatli uzilish sodir bo‘ldi 

Metroning O‘zbekiston yo‘nalishiga elektr yetkazib berishda qisqa muddatli uzilish sodir bo‘ldi. Hodisa poyezdlar harakat jadvaliga ta’mir ko‘rsatmadi.

Samarqanddagi YTHda Tojikiston fuqarosi halok bo‘ldi 

Samarqand viloyatidagi avariyada Tojikiston fuqarosi halok bo‘ldi — u rul chambaragida uxlab qolgan va avtomobil beton to‘siq bilan to‘qnashgan.

Buxoroda yuk mashinasi urib yuborgan er-xotin vafot etdi 

Buxoroda er-xotin yuk mashinasi urib yuborishi natijasida vafot etdi. Ular piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan bo‘lgan.

Rossiyaning beshta oliy ta’lim muassasasi abituriyentlarni noqonuniy qabul qildi 

O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tmagan beshta Rossiya oliy ta’lim muassasasi o‘quv yili boshlanganiga uch oy bo‘lganiga qaramasdan, noqonuniy ravishda 2019/2020 o‘quv yili uchun abituriyentlardan hujjatlar qabul qildi.

Moskvada ommaviy janjalda qatnashgan o‘zbekistonliklar qo‘lga olindi 

Moskvada ommaviy mushtlashuv sodir etgani uchun 10 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Nizo havaskor futbol musobaqasida qoidalar buzilgani sababli kelib chiqqan.

Bir qism OTMlar attestatsiyadan o‘tkazildi 

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi 24 ta OTMni attestatsiyadan o‘tkazdi. 47,1 foizi attestatsiyadan o‘tdi, 54,2 foizi — shartli ravishda o‘tgan bo‘lsa, bitta OTM o‘ta olmadi.

2020 yildan yo‘lkira haqini to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etiladi 

2020 yil 1 yanvaridan Toshkentda, 1 avgustdan esa Nukus va viloyatlar markazlarida yo‘lkira haqini to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etiladi.