Jamiyat

26 yanvar 2021, 18:04

Andijondagi prezident maktabi shahar hokimiyati va Andijonnoma tahririyati o‘rnida quriladi

2021-yilda O‘zbekistonning turli hududlarida yana 10 ta prezident maktabi bunyod etiladi. Ma’lum bo‘lishicha, Andijondagi prezident maktabi shahar hokimiyati va Andijonnoma tahririyati o‘rnida qurilishi rejalashtirilgan. Tahririyat xodimlari uchun esa alohida joy hozirlanayotgani aytildi.

26 yanvar 2021, 17:33

2020 yilda O‘zbekistonga qaysi davlatlardan xorijliklar tashrif buyurdi

O‘tgan yili O‘zbekistonga 1,5 million xorijlik tashrif buyurdi, bu 2019 yilga nisbatan 77,7 foizga kam. Ko‘pchilik mamlakatga qarindoshlarini ko‘rish uchun kirgani (87,8%) qayd etilmoqda.

26 yanvar 2021, 16:44

Qirg‘iziston universitetiga o‘qishga kiritishni va’da qilgan samarqandlik talaba qo‘lga tushdi

Samarqandlik talaba fuqaroni Qirg‘izistondagi universitetga kiritib qo‘yish, keyinchalik o‘qishni Samarqandga ko‘chirishni va’da qilib, 5 ming dollarni olgan vaqtida qo‘lga tushdi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Talaba 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

26 yanvar 2021, 16:04

Umumiy ovqatlanish ob’ektlariga 23:00dan keyin ishlashga ruxsat berildi

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan umumiy ovqatlanish va ko‘ngilochar ob’ektlarning 8:00 dan 23:00 gacha faoliyat yuritishi bilan bog‘liq cheklovlar bekor qilindi.

26 yanvar 2021, 15:59

Konsert tadbirlarini o‘tkazishga ruxsat berildi

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 28 yanvardan boshlab konsert tadbirlarini o‘tkazishga ruxsat berildi. Bunda konsert saroylari faqat 50 foizgacha to‘ldirilishi, o‘rindiqlarda oraliq masofa saqlanishi va barcha himoya niqobda bo‘lishi kerak.

26 yanvar 2021, 15:50

30 mlrd so‘m faqat daraxtga emas, balki obodonlashtirishga ham sarflanishi mumkin

Poytaxt hokimi ajratgan 30 mlrd so‘m nafaqat daraxt ekishga balki, obodonlashtirish ishlariga ham sarflanishi mumkin. Shahar Kengashi deputati Vasila Alimova ta’kidlashicha, hozirda qanday daraxtlarni qayerga ekish maqsadga muvofiqligi bo‘yicha mutaxassislar o‘rganishlar olib bormoqda.

26 yanvar 2021, 14:49

Antikorrupsion agentlik Coca-Cola korxonasining xususiylashtirilishi jarayonining davom ettirilishiga e’tirozi yo‘qligini ma’lum qildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Coca-Cola korxonasining xususiylashtirilishi bo‘yicha Davaktiv munosabatiga javob berdi va jarayonning davom ettirilishiga e’tirozi yo‘qligini ma’lum qildi.

26 yanvar 2021, 13:51

Toshkent va Romitan tumanlarida 2,7 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘irlangani aniqlandi

Bosh prokuratura departamenti Toshkent va Romitan tumanlarida tadbirkorlar 2,7 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘irlanganini aniqladi. Ular sarflagan miqdor qish mavsumida 200 tagacha xonadonni uzluksiz gaz bilan ta’minlashga yetishi ma’lum bo‘ldi. Ishbilarmonlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

26 yanvar 2021, 13:30

2020 yilda deyarli 15 ming nafar xotin-qizga himoya orderi berilgan

2020 yilda tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan 14 ming 774 xotin-qizga himoya orderi berilgan. Himoya orderlari ko‘proq Toshkent shahri, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona, Qashqadaryo, Andijon viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hissasiga to‘g‘ri kelgan/

26 yanvar 2021, 13:27

Emomali Rahmon Tojikistonda COVID-19 bemorlari qolmaganligini ma’lum qildi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalingan bemorlarning qolmagani haqida ma’lum qildi. Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan so‘nggi 15 kun ichida infeksiyaning yangi holatlari aniqlanmagani aytilmoqda.

26 yanvar 2021, 11:53

638 mln so‘mni talon-taroj qilgan obodonlashtirish boshqarmasi sobiq rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Angren shahar obodonlashtirish boshqarmasi sobiq rahbari byudjetdan ajratilgan 638,3 mln so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-taroj qilganligi aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

26 yanvar 2021, 11:34

Sergeli metro yo‘nalishi shahar muhitidan uzilgan (foto sharh)

O‘tgan yilning oxirida uzoq kutilgan Sergeli metro yo‘nalishi ishga tushirildi. U tezda yo‘lovchilar bilan to‘ldi — kunning eng tig‘iz soatlarida vagonlar odamlar bilan to‘lib toshadi. Biroq, bu yo‘nalish atrofdagi shahar muhitidan uzilib qolgan (yaqinda ochilgan Qo‘yliq yo‘nalishi kabi).

26 yanvar 2021, 11:23

O‘zbekistonliklarning shaxsiy ma’lumotlarini O‘zbekistonda saqlash majburiy bo‘ladi

O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash jarayonida ularni yig‘ish, tizimlashtirish va saqlash O‘zbekistonda jismonan joylashgan texnik vositalar yordamida amalga oshirilishi kerak. Ushbu o‘zgartirishlar shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunga kiritildi.

26 yanvar 2021, 11:16

Davaktiv agentligi Coca-Cola korxonasi bo‘yicha tenderni to‘xtatish to‘g‘risidagi Antikorrupsion agentlik taqdimnomasiga munosabat bildirdi

Davaktiv Antikorrupsiya agentligining «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd»ni xususiylashtirish bo‘yicha tenderni to‘xtatishni so‘rab kiritgan taqdimnomasiga munosabat bildirdi. Davaktiv Antikorrupsion agentlik va jamoatchilik bilan xususiylashtirishni xalqaro amaliyot qoidalariga muvofiq holda sotish jarayoni yuzasidan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirgan.

26 yanvar 2021, 10:05

Toshkentda 17 yoshli yigit otasini pichoqlab qo‘ydi

Toshkent shahrida 17 yoshli maktab o‘quvchisi oilaviy kelishmovchilik tufayli 48 yoshli otasini pichoqlab qo‘ydi. Tan jarohati oqibatida fuqaro vafot etgan.

26 yanvar 2021, 00:53

Aholi orasida Chegara qo‘shinlariga ko‘maklashuvchi otryadlar tashkil etiladi

Hukumat qarori bilan DXX Chegara qo‘shinlariga ko‘maklashuvchi 10 kishilik otryadlar tashkil etilmoqda. Ularga chegaraga yaqin hududda yashovchi yoki ishlovchi aholi orasidan sog‘lom 18 yoshdan yuqori, 60 yoshdan oshmagan fuqarolar tanlab olinadi. Otryad a’zolariga oylik to‘lovlar ham ajratiladi. Ular zarurat tug‘ilganda belgilangan vazifalarga jalb qilinadi.

25 yanvar 2021, 18:11

1-fevraldan qog‘oz ko‘rinishidagi oylik yo‘l chiptalari sotuvi to‘xtatiladi

1-fevraldan boshlab qog‘oz ko‘rinishidagi oylik yo‘l chiptalari sotuvi to‘xtatiladi. Shu kundan e’tiboran imtiyozli elektron oylik yo‘l chiptalari uchun belgilangan kunlik tariflar faollashtiriladi.

25 yanvar 2021, 17:46

80 mingga yaqin ishsiz fuqaroga nafaqa tayinlanadi

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanovning ta’kidlashicha, endilikda ishsizlik nafaqasi barcha toifadagi ishsizlarga 12 oylik davr ichida 26 kalendar hafta davomida to‘lanishi belgilanmoqda.

25 yanvar 2021, 17:12

Toshkentda deputatlarga ajratiladigan pullar qanday sarflanadi?

Toshkent shahri va tuman deputatlariga ajratiladigan pullar nimaga, qachon va qay tartibda sarflanadi? Uni kim nazorat qiladi? Manfaatlar to‘qnashuvi qanday bartaraf etiladi? Fuqarolar yoki jamoatchilik vakillari kimga taklif bilan murojaat qilishlari lozim? Ushbu savollarga javob berilgan anjumandan “Gazeta.uz” reportaji.

25 yanvar 2021, 16:55

Surxondaryoda Nexia turtib yuborgan velosipedchi og‘ir jarohatdan vafot etdi

Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida 25 yoshli haydovchi Nexia avtomobilida 20 yoshli velosipedchini turtib yubordi. Og‘ir tan jarohati olgan vilosipedchi shifoxonaning jonlantirish bo‘limida hayotdan ko‘z yumdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting