25 may, dushanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Jamiyat

23 noyabr 2019, 17:23

IIV Qorovul qo‘shinlarining sobiq qo‘mondoni qamoqqa olindi

IIV Qorovul qo‘shinlarining sobiq qo‘mondoni, general-mayor Dmitriy Pan qamoqqa olindi.

23 noyabr 2019, 14:55

Toshkent IIBB giyohvand moddalar reklama qilingan banner buyurtmachisini aniqladi

Giyohvand moddalar sotiladigan saytga eltuvchi QR-kodli bannerga samarqandlik shaxs buyurtma bergani aniqlandi. U buyurtmani internet orqali Rossiyadagi blogerdan olgan. Xuddi shunday banner Samarqandga ham o‘rnatilgan.

23 noyabr 2019, 14:18

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Mahmud Sa’diy olamdan o‘tdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, tahrir san’ati ustasi Mahmud Sa’diy olamdan o‘tdi.

22 noyabr 2019, 17:45

«Nihol» mukofoti sovrindorlari hokimliklarga ijodiy maslahatchi etib biriktirildi

«O‘zbekiston xalq artisti», «O‘zbekiston xalq rassomi» unvoniga ega bo‘lgan san’atkorlar, «Nihol» mukofoti sovrindorlari hokimliklarga maslahatchi sifatida jamoatchilik asosida biriktirildi.

22 noyabr 2019, 17:13

Andijonda gaz portlashi oqibatida ona va o‘g‘il jarohatlandi

Andijon viloyatida xonadonda gaz portlashi natijasida ayol va uning 18 yoshli o‘g‘li jarohat oldi. Qo‘lbola isitish pechiga ulangan velosiped rezina kamerasidan gaz sizib chiqishi hodisaga sabab bo‘lgan.

22 noyabr 2019, 10:31

Toshkentdagi bannerda giyohvand moddalar sotiladigan sayt reklama qilingani aniqlandi

Toshkentda giyohvand moddalar sotiladigan saytga eltadigan QR-kodli reklama banneri aniqlandi. Poytaxt IIBB vaziyat nazoratga olinganini xabar qildi.

22 noyabr 2019, 09:46

Uch darajali pensiya ta’minoti tizimiga o‘tiladi

Prezident minimal davlat pensiyasi yoki pensiya jamg‘armasiga ajratiladigan to‘planib boradigan pensiyalardan iborat uch darajali pensiya ta’minoti tizimiga o‘tish bo‘yicha topshiriq berdi.

21 noyabr 2019, 18:59

Qibraydagi bolalar bog‘chasida 180 mln so‘mlik oziq-ovqatlar talon-taroj qilingani aniqlandi

Qibray tumanidagi 25- maktabgacha ta’lim tashkilotining mansabdor shaxslari 180,4 mln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlarini talon-taroj qilgani aniqlandi.

21 noyabr 2019, 17:04

Namanganda ikkita osmono‘par bino qurish rejalashtirilmoqda

Namanganda Namangan Square «aqlli shahar» qurish rejalashtirilmoqda. Uning hududida Farg‘ona vodiysida ilk osmono‘par binolar quriladi.

21 noyabr 2019, 14:18

Bir kun ichida besh kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

O‘zbekistonning uchta viloyatida bir kun ichida besh kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi, bir bola shifoxonaga yotqizildi.

21 noyabr 2019, 10:00

Toshkent viloyatida Turk xoqonligi davri ko‘chmanchilarining qabristoni aniqlandi

Toshkent viloyatida VI-VII asrlarga oid Turk xoqonligi davri ko‘chmanchilarining qabristoni topildi.

21 noyabr 2019, 09:50

Tibbiyot muassasalarini ta’mirlashga ajratilgan 2,3 mlrd so‘mning talon-taroj qilingani aniqlandi

«Tibbiyot qurilish» DUK mansabdor shaxslari tibbiyot muassasalarini ta’mirlashga ajratilgan 2,3 mlrd so‘mni qarindoshlariga qarashli korxonalarga o‘tkazib, talon-taroj qilgani aniqlandi.

21 noyabr 2019, 09:40

Qashqadaryoda konservalangan pomidordan zaharlangan oilaning ikki a’zosi vafot etdi

Qashqadaryo viloyatida qo‘lbola usulda tayyorlangan pomidor konservasidan zaharlangan yetti kishilik oilaning ikki a’zosi — ona va 13 yoshli o‘g‘il vafot etdi.

21 noyabr 2019, 09:29

Bir mahkum boshqa mahkumni qamoqxonadan chiqarib yuboraman deb aldab, 2 ming dollar pulini oldi

Toshkent viloyatidagi manzil koloniyasida jazo o‘tayotgan mahkum boshqa mahkumni koloniyadan chiqarib yuborish bilan aldab, 2 ming dollar pulini qo‘lga kiritdi.

20 noyabr 2019, 18:04

Aktrisa Gavhar Sharipova haydovchi shilqimlik qilgani uchun o‘zini mashinadan tashlab yuborgan

Yuk mashinasi haydovchisi aktrisa Gavhar Sharipovaga shilqimlik qilgan. U harakat vaqtida o‘zini mashina salonidan tashlab yuborgan.

20 noyabr 2019, 15:01

Samarqanddagi avtoturargohda yettita mashina yonib ketdi

Samarqand viloyatidagi avtoturargohda yirik yong‘in sodir bo‘ldi, 5 ta suyultirilgan gaz tashuvchi avtotsisterna, 1 ta ekskavator va 1 ta samosval yuk avtomobili yondi. Bir kishi jarohatlandi.

20 noyabr 2019, 14:45

Prezident IT-parkning yangi bosqichi qurilishiga tamal toshi qo‘ydi

Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Texnologik parkka tashrif buyurib, loyihaning yangi bosqichi qurilishiga tamal toshi qo‘ydi.

20 noyabr 2019, 13:41

G‘alaba bog‘i konsepsiyasi taqdim etildi

Mudofaa vazirligi Toshkentdagi G‘alaba bog‘i konsepsiyasini taqdim etdi. Bog‘ Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 75 yilligi arafasida ochiladi.

20 noyabr 2019, 13:12

Yil boshidan buyon qariyb 5500 kishi fuqarolikka qabul qilindi

Yil boshidan buyon prezident jami 5441 kishini O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risidagi 25 ta farmonni imzoladi.

20 noyabr 2019, 12:35

Jizzaxda yetti kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Jizzax viloyati Zomin tuman IIB binolaridan birida qurilish ishlarini amalga oshirayotgan yetti nafar ishchi is gazidan zaharlanib vafot etdi.