8 avgust, shanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Jamiyat

10 mart 2020, 14:53

Nukusda Nexia traktor omochiga borib urilishi oqibatida ikki kishi vafot etdi

Nukusda Nexia yo‘ldan burilayotgan traktor omochiga borib urildi. Yengil avtomobil haydovchisi va yo‘lovchisi hodisa joyida vafot etdi.

10 mart 2020, 12:07

Tashkent Law Spring yuridik forumi qoldirildi

Aprelda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Tashkent Law Spring ikkinchi yuridik forumi dunyoda koronavirus tarqalayotgani sababli qoldirildi.

9 mart 2020, 18:09

ID-karta berilganligi uchun davlat boji BHMning 89 foizini tashkil etadi

ID-kartalarni rasmiylashtirganlik uchun davlat boji stavkasi bazaviy hisoblash miqdorining 89 foizini (198,5 ming so‘m) tashkil etadi. 2023 yildan 2030 yilgacha pasportlar majburiy tartibda almashtiriladi.

9 mart 2020, 17:21

Jizzax viloyatida yangi tug‘ilgan egizak chaqaloqlar jasadi topildi

Jizzax viloyatidagi fermer xo‘jaligi hududida sumka ichidan yangi tug‘ilgan egizak chaqaloqlar jasadi topib olindi.

9 mart 2020, 15:52

Shartli ozod qilingan shaxslar elektron bilaguzuklar yordamida nazorat qilinadi

2020 yilda probatsiya xizmatlari 3000 ta elektron bilaguzukni tatbiq etadi, 18 ta jazoni ijro etish koloniyalarida 1833 dona videokuzatuv moslamasi va 36 komplekt shaxsiy videoregistratorlar o‘rnatiladi.

9 mart 2020, 13:47

Hafta davomida quruq ob-havo hukmronlik qiladi

Hafta davomida quruq va quyoshli ob-havo hukmronlik qiladi. Kunduzgi harorat +12…+15 darajagacha chiqadi.

9 mart 2020, 13:02

UzAuto Motors bir qator modellar narxlarini oshirdi

UzAuto Motors bir qator modellar narxlarini oshirdi: Spark va Damas — 10−21 foizga, Nexia — 15−19,4 foizga, Cobalt — 10−14,7 foizga, Lacetti — 3 foizga qimmatlashdi.

9 mart 2020, 12:44

Shoir Azim Suyun olamdan o‘tdi

Taniqli shoir Azim Suyun 72 yoshda hayotdan ko‘z yumdi.

9 mart 2020, 12:34

O‘zbekistonlik haydovchilar Eron-Turkmaniston chegarasida qolib ketdi

Eron-Turkmaniston chegarasi yopilgani sababli 11 nafar o‘zbekistonlik haydovchi «Lutfobod» (Eron) chegara postida qolib ketdi. TIV vaziyat nazorat ostida ekanini ma’lum qildi.

8 mart 2020, 10:30

Toshkent viloyatidagi bozorda yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Parkent dehqon bozorida yirik yong‘in kelib chiqdi. Olovni bartaraf etishga 11 ta o‘t o‘chirish mashinasi va 10 dan ortiq yordamchi texnika jalb qilindi.

7 mart 2020, 21:06

2021-yildan boshlab pasport o‘rniga ID-kartalar beriladi

2021-yil 1-yanvardan boshlab barcha yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga, O‘zbekiston fuqarolariga, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga va O‘zbekiston hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolariga biometrik pasport o‘rniga 10 yil muddatga ID-karta beriladi.

7 mart 2020, 13:54

Bosh prokuraturaga daraxtlar kesilishi masalasida hokimlarni nazorat qilish topshirildi

Prezident Bosh prokuraturaga daraxtlar kesilishi masalasida hokimlar faoliyatini qat’iy nazorat qilish va javobgarlik muqarrarligini ta’minlashni topshirdi.

7 mart 2020, 13:39

Toshkentda yana bir elektrobus sinovdan o‘tkazilmoqda

Toshkentdagi 51-avtobus yo‘nalishida Xitoyning Yutong elektrobusini sinovdan o‘tkazish boshlandi. U bir martalik quvvat bilan 300 km dan ziyod masofani bosib o‘ta oladi.

7 mart 2020, 13:18

Koronavirusning O‘zbekiston turizmiga ta’sirlari muhokama qilindi

Vazirlar Mahkamasida koronavirus epidemiyasining O‘zbekiston turizmiga ta’sirlari muhokama qilindi. Sayyohlik operatorlariga soliq ta’tillari berish va ichki yo‘nalishlarda aviaqatnovlar sonini oshirish taklif qilindi.

6 mart 2020, 20:40

Prezident 83 nafar ayollarni afv etdi

Prezident farmoni bilan Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan jazo muddatini o‘tayotgan 83 nafar ayollar afv etildi.

6 mart 2020, 16:29

Dam olish kunlari havo salqin bo‘ladi

Dam olish kunlari havo salqin bo‘lib, kechki harorat −1…−2 darajagacha tushadi. Ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

6 mart 2020, 14:15

«O‘zbekiston pochtasi» koronavirus sababli jo‘natmalarni yetkazib berish kechikayotganini ma’lum qildi

«O‘zbekiston pochtasi» koronavirus tarqalgani sababli Xitoydan pochta jo‘natmalarini yetkazib berish kechikayotganini ma’lum qildi.

6 mart 2020, 13:33

Yosh olimlarning 29 ta g‘oyasi startap-akselerator uchun tanlab olindi

C.A.T. Science Accelerator ilmiy loyihalar startap-akseleratoriga kelib tushgan 253 ta arizadan 29 tasi tanlab olindi. O‘tgan yilgi akseleratorda ishtirok etgan uchta startap loyiha umumiy hisobda 200 ming dollar miqdoridagi investitsiyani qo‘lga kiritgan edi.

6 mart 2020, 11:50

Maktablar koronavirus tufayli yopilishi inkor etildi

XTV ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus tufayli maktab o‘quvchilari 15 martdan ta’tilga chiqarilishi haqidagi xabarlarni rad etdi. O‘quvchilar har doimgidek 21 martdan yetti kunlik ta’tilga chiqariladi.

6 mart 2020, 11:34

Propiskaning kelajagi qanday bo‘ladi?

O‘zbekistonliklar uzoq payt kutgan yangilik yangradi — propiska tizimi bekor qilinadi. Ammo uning o‘rnini nima egallaydi? Yangi tizimning propiskadan farqi bormi?