Jamiyat

30 iyul 2020, 15:32

Pensiya va nafaqalar 10 foizga oshirilishi rejalashtirilmoqda

1 sentyabrdan boshlab pensiyalar va nafaqalar miqdori 10 foizga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalar va 2 yoshgacha bo‘lgan bolaga qarash uchun nafaqa oluvchilar sonini oshirish ko‘zlanmoqda. Bu to‘g‘risidagi farmon yaqin orada imzolanishi rejalashtirilmoqda.

30 iyul 2020, 13:22

Mast haydovchi profilaktika inspektorining o‘limiga sababchi bo‘ldi

29 iyul kuni Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumanida mast holatda avtotransport boshqargan haydovchi profilaktika katta inspektorining o‘limiga sababchi bo‘ldi.

30 iyul 2020, 12:15

Ehtiyojmand oilalarga jami 150 mlrd so‘m moddiy yordam tarqatiladi

«Saxovat va ko‘mak» fondi orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga jami 150 mlrd so‘m miqdorida moddiy yordam tarqatiladi. Hududlardagi sektor rahbarlari 2 kun muddatda ushbu mablag‘larni aholiga tarqatilishini ta’minlaydi.

30 iyul 2020, 11:29

XTV: O‘quv yilini boshlash bo‘yicha uchta ssenariy mavjud

Xalq ta’limi vazirligi epidemiologik vaziyatga qarab yangi o‘quv yilini boshlash bo‘yicha uchta ssenariy ustida ish olib borayotganini ma’lum qildi. Jumladan, maktablar odatiy tartibda o‘z faoliyatini boshlaydi yoki ta’lim onlayn tartibda davom ettiriladi yoki gibrid ssenariy bo‘yicha ta’lim ham onlayn tarzda ham sinf tizimida bo‘ladi.

29 iyul 2020, 20:06

Toshkentning Olmazor tumanida avtobus ag‘darilib ketdi

Toshkentning Olmazor tumanida Isuzu avtobusi omadsiz manyovr va yuk mashinasi bilan to‘qnashuv natijasida ag‘darilib ketdi. Jabrlanganlar yo‘q.

29 iyul 2020, 17:56

SSV: 234 nafar homilador ayolda koronavirus aniqlangan

O‘zbekistonda shu vaqtda qadar 234 nafar homilador ayolda koronavirus aniqlangani, ulardan 120 nafarining sog‘aygani ma’lum qilindi. Hozirda 2,5 mingdan ortiq homilador ayol karantin nazoratiga olingan.

29 iyul 2020, 17:37

DXAning 57 nafar xodimida koronavirus aniqlangan

Davlat xizmatlari agentligining 57 nafar xodimi koronavirus infeksiyasiga chalingani, ulardan birining ushbu virusdan vafot etgani ma’lum qilindi. Agentlik fuqarolarni elektron xizmatlardan foydalanishga chaqirdi.

29 iyul 2020, 16:00

Hayit bayrami uchun nima tayyorlasa bo‘ladi

Hayit bayrami uchun qanday mazali pishiriqlar tayyorlash mumkin? Ko‘katli qarsildoq qatlama, gazda pishirilgan belyashilar, yumshoq shokoladli profitrollar va boshqa pishiriqlar — Zira.uz retseptlarida.

29 iyul 2020, 15:28

Chinozdagi ayanchli YTHda bir kishi hayotdan ko‘z yumdi

Chinoz tumani hududidan o‘tuvchi M-39 yo‘lida Lacetti va Cobalt yengil avtomobillari to‘qnashdi. Natijada bir kishi voqea joyida vafot etdi, bir kishi tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi.

29 iyul 2020, 14:41

Konsert faoliyatini litsenziyalash mumtoz musiqa rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi

Prezident farmoni loyihasiga ko‘ra, konsert faoliyatini litsenziyalash tugatilib, o‘rniga faoliyat haqidagi xabarnoma taqdim etish yo‘lga qo‘yiladi. O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi Husniddin Ato konsert faoliyatini litsenziyalash amaliyoti mumtoz musiqa rivojlanishiga qanday to‘sqinlik qilayotgan hamda nima uchun ushbu sohada konsert dasturlari deyarli tashkil etilmasligi haqidagi fikrlarini «Gazeta.uz» bilan bo‘lishdi.

29 iyul 2020, 13:46

Moliya vaziri o‘rinbosari olamdan o‘tdi

Moliya vaziri o‘rinbosari Yorqin Tursunov olamdan o‘tdi. U 55 yoshda edi.

29 iyul 2020, 12:27

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 2,5 mln so‘mni tashkil etdi

Hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, eng ko‘p oylik ish haqini Navoiy va Toshkent viloyatlari ishchilari olishadi. Eng kam oylik ish haqi sog‘liqni saqlash sohasida bo‘lsa, eng yuqorisi bank va IT sohalarida bo‘ldi.

29 iyul 2020, 01:35

«Solyarka» to‘la sisternada payvandlash ishlari o‘tkazilishi portlashga sabab bo‘ldi

Surxondaryoda «solyarka» to‘la sisternada payvandlash ishlarining olib borilishi portlashga sabab bo‘ldi. Bir kishi vafot etdi, bir kishi jarohatlandi. Alangada yana bir yuk mashinasi yonib ketdi.

28 iyul 2020, 20:37

Bosh prokuror o‘rinbosari Qoraqalpog‘iston prokuroriga jurnalistlar voqeasi yuzasidan tanbeh berdi

Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova Qoraqalpog‘iston prokuroriga tunda prokuraturaga chaqirilgan hamda telefonlari va noutbuklari tortib olingan jurnalistlar bilan bo‘lgan voqea yuzasidan tanbeh berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, prokurorlarning harakatlarini o‘rganish ishlari boshlangan.

28 iyul 2020, 20:02

Xonanda Ruslan Sharipov vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda Ruslan Sharipov 53 yoshda hayotdan ko‘z yumdi.

28 iyul 2020, 19:48

Qoraqalpog‘istonda yana uch nafar blogerning texnikasini olib qo‘yishdi. AOKA vaziyatga izoh berdi

Jo‘qorg‘i Kenges raisining o‘limi haqidagi yolg‘on xabarlarni tarqatish ishi bo‘yicha Nukus IIBga uchta bloger chaqirilib, ularning telefonlari va kompyuterlari tortib olindi. Oldinroq uchta nashrning bosh muharrirlari prokuraturaga chaqirilgan edi. AOKA huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari qonunni buzishganini, ammo jurnalistlar ma’lumotni tekshirishlari kerakligini ta’kidladi.

28 iyul 2020, 16:28

Qo‘ng‘irotdagi YTH oqibatida ikkita yuk avtomashinasi yonib ketdi, bir kishi halok bo‘ldi

Qoraqalpog‘istondagi «Jasliq» posyolkasi hududidan o‘tuvchi A-380 avtomobil yo‘lida DAF va VOLVO rusumli ikkita yuk avtomashinasi ishtirokida YTH sodir etildi. Oqibatda bir kishi vafot etdi va kelib chiqqan yong‘in tufayli har ikkala yuk avtomashinasi butunlay yonib ketdi.

28 iyul 2020, 15:56

Cobalt va tez yordam mashinalari to‘qnashuvi oqibatida bir kishi vafot etdi

Namanganda Cobalt va tez yordam mashinalari to‘qnashuvi natijasida bir nafar fuqaro vafot etdi va yana ikki fuqaro turli darajalardagi tan jarohatlari olishdi.

28 iyul 2020, 13:09

Straus House bo‘yicha sud hukmi e’lon qilindi

O‘zbekiston Oliy sudi Straus House ta’sischisi va rahbariyatini Jinoyat kodeksining bir qator moddalari bilan aybdor deb topib, ularga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi. Jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zararlarni undirish ham belgilandi.

27 iyul 2020, 21:25

Profilaktika inspektorlariga «plan» qo‘ygan IIO xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi belgilandi

Profilaktika inspektorlaridan 5 tadan bayonnoma to‘ldirish «plan"ini topshirishni talab qilgan IIO xodimiga nisbatan «vazifalarni shaxsiy tarkibga noto‘g‘ri yo‘l bilan yetkazganligi uchun» xizmat tekshiruvi belgilandi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting