Jamiyat

8 may 2020, 20:27

Dam olish kunlari yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda

Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Shamol tezligi soniyasiga 28 metrgacha kuchayishi mumkin.

8 may 2020, 17:55

Sardobadagi toshqin deyarli 5000 obektga zarar yetkazgan

Sardoba suv ombori to‘g‘oni buzilishi oqibatida sodir bo‘lgan toshqin suvlari 10 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari (23 ta aholi punktlari) hududlaridagi 4 711ta turar va 277 ta noturar joy ob’ektlariga hamda 30 718 ga ekin maydonlariga zarar yetkazgan. Toshqin oqibatlarini bartaraf etish uchun 2500 dan ortiq texnika jalb etilgan.

8 may 2020, 14:30

O‘zbekistonlik shifokorlar Tojikistonga jo‘nab ketdi

Bir guruh o‘zbekistonlik shifokorlar koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashishga ko‘maklashish maqsadida Tojikistonga jo‘nab ketdi.

8 may 2020, 13:03

Milliy sertifikatga ega abituriyent matematika fani bo‘yicha testdan ozod qilinadi

Prezident qaroriga ko‘ra, Matematika fanini bilish darajasi bo‘yicha imtiyoz beriladigan darajadagi Milliy sertifikatga ega abituriyent davlat OTMga kirishda matematika fani bo‘yicha testdan ozod qilinadi. 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab Ixtisoslashtirilgan maktablarning matematika fani bo‘yicha o‘qituvchilari tegishli darajadagi milliy sertifikatga ega bo‘lishlari majburiy hisoblanadi.

8 may 2020, 12:29

G‘alaba bog‘i ochilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — foto

Toshkent shahrida G‘alaba bog‘ining qurilishi nihoyasiga yetdi. Oldinroq prezident Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan ushbu bog‘ni barpo etish bo‘yicha tashabbus bilan chiqqan edi.

8 may 2020, 11:21

Har bir tumanda matematikaga ixtisolashtirilgan maktablar tashkil etiladi

Prezident qaroriga binoan, O‘zbekistonda matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish maqsadida har bir tumanda matematikaga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etiladi. Matematika fanini bilish darajasini baholash bo‘yicha milliy sertifikatlash tizimi joriy qilinadi. Shuningdek, Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofot ta’sis etilib, uning sovrindorlariga 50 ming dollar beriladi.

8 may 2020, 08:02

“Niqobni yechish taqiqlanadi” — prezident

“Hozircha niqobni yechish mumkin emas. Biz ushbu sharoitlarda ishlash va yashashni o‘rganishimiz kerak”. Prezident Shavkat Mirziyoyev dunyodagi pandemiya rivojini hisobga olgan holda karantin qoidalariga to‘liq rioya etilishi zarurligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, karantin choralari sharoitida yashash va ishlashni o‘rganish zarur.

8 may 2020, 07:22

9-may kuni ommaviy tadbirlar o‘tkazish taqiqlandi

Karantin munosabati bilan O‘zbekistonda Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan ommaviy tadbirlarni o‘tkazish hamda faxriylarni ziyorat qilish taqiqlandi. Bayramni oila davrasida nishonlash tavsiya qilindi.

8 may 2020, 07:11

Alisher Usmonov suv toshqini oqibatlarini bartaraf etishga 10 mln dollar ajratdi

Alisher Usmonov O‘zbekistonga Sirdaryo viloyatidagi suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish va jabrlanganlarga yordam uchun 10 mln dollar taqdim etdi.

7 may 2020, 23:44

O‘zbekiston yana 11 ming fuqaroni qaytarishni rejalashtirmoqda — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Rossiya, Turkiya, BAA va boshqa davlatlarda qiyin vaziyatda qolib ketgan 11 ming fuqaroni qaytarishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

7 may 2020, 20:23

Tuman va shaharlar ham qizil, sariq va yashil hududlarga ajratiladi

Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda respublika komissiyasiga hududlarni toifaga ajratishni tuman va shaharlar darajasida belgilash bo‘yicha topshiriq berildi. “Ertaga „yashil“ viloyatdagi biror bir tumanda kasallik aniqlanadigan bo‘lsa, butun viloyatning toifasini o‘zgartirish shart emas”, — deya ta’kidlagan Shavkat Mirziyoyev.

7 may 2020, 19:33

Pensiya va nafaqa to‘lovlarining kechiktirilganligining sabablari e’lon qilindi

May oyi uchun pensiya va nafaqa to‘lovlari kechikdi. Pensiya jamg‘armasi va Xalq banki bunga elektron axborot tizimida yuqori darajada yuklama paydo bo‘lganligi, hamda may oyining dastlabki kunlari dam olish kunlariga to‘g‘ri kelganligini sabab qilib ko‘rsatishgan.

7 may 2020, 17:27

Suv xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligiga yangi rahbar tayinlandi

Suv xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi direktori tayinlandi. Mazkur agentlik “Suvqurilishinvest” davlat unitar korxonalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi vakolatli davlat organi hisoblanadi.

7 may 2020, 16:32

Matiz kanalga tushib ketdi: uch kishi voqea joyida halok bo‘ldi

Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida Matiz yo‘ldan chiqib ketib, kanalga quladi. Haydovchi va ikki yo‘lovchi halok bo‘ldi.

6 may 2020, 22:51 1

Taksi va sartaroshxonalar faoliyatiga ruxsat berilgan hududlar va ularga talablar

Respublika maxsus komissiyasi taksi, sartaroshxonalar va go‘zallik salonlari faoliyatiga qaysi hududlarda ruxsat berilganligi va ularga talablarni e’lon qildi. Yashil hududlarda avtotransportning stikersiz harakatlanishiga ruxsat beriladi.

6 may 2020, 22:34

Karantin choralari darajasi: qizil, yashil va sariq hududlar

Respublika maxsus komissiyasi karantin choralari darajasi bo‘yicha qaysi hududlar qizil, yashil va sariqqa ajratilganini e’lon qildi. Bundan tashqari ushbu hududlarda qaysi faoliyat turlariga qanday ruxsatlar berilgani haqida ma’lumot berildi.

6 may 2020, 20:55

Moskva viloyatidagi yong‘inda 6 o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Moskva viloyatida shaxsiy turar joyda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 6 nafar O‘zbekiston fuqarosi hayotdan ko‘z yumdi.

6 may 2020, 19:28

Sirdaryoning suv bosgan hududlarida 50 ta ko‘p qavatli uylar quriladi

Sardoba suv ombori to‘g‘oni o‘pirilishi oqibatida suv bosgan Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida 2020−2021 yillar davomida 50 ta ko‘p qavatli uy-joylar quriladi. Suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish uchun Sirdaryo viloyati mahalliy byudjetiga dastlabki 100 milliard so‘m ajratilgan.

6 may 2020, 18:17

Rossiya prezidenti nomidan qoraqalpog‘istonlik urush qatnashchilariga medallar topshiriladi

Ikkinchi jahon urushida erishilgan g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putin nomidan qoraqalpog‘istonlik 596 nafar urush ishtirokchisiga, front ortida mehnat qilgan fuqarolarga esdalik medali topshiriladi.

6 may 2020, 17:59

AQSH O‘zbekistonda COVID-19ga qarshi kurashish uchun 2 mln dollar ajratdi

AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashish uchun 2 mln dollar ajratdi. Mablag‘lar shoshilinch tibbiy operatsiyalar markazini tashkil etish maqsadida tegishli jihoz xarid qilish va trening o‘tkazishga ham sarflanadi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting