Jamiyat

22 may 2018, 23:04

«Moviy gumbazlar» yaqinidagi xiyobon obodonlashtiriladi

Toshkentda «Moviy gumbazlar» restorani joylashgan xiyobon obodonlashtiriladi.

22 may 2018, 21:57

Ikki yil ichida 49 ta kinoteatr quriladi

Kelgusi ikki yilda O‘zbekistonda 49 ta kinoteatr quriladi, ularning 12 tasi yozgi bo‘ladi.

22 may 2018, 18:45

Sud Diana Yenikeyeva ishi bo‘yicha hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi

Sud Samarqand viloyatida o‘qituvchi Diana Yenikeyevani urib yuborgan haydovchiga nisbatan chiqarilgan hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi.

22 may 2018, 18:19

IIVda alohida xotin-qizlar bo‘linmalarini tashkil etish taklif qilindi

Ichki ishlar vazirligida alohida xotin-qizlar bo‘linmalarini tashkil etish hamda ayollar yo‘l-patrul va sayyohlik xizmatlarini yo‘lga qo‘yish taklif qilindi.

21 may 2018, 23:53

Yevgeniy Kolenko Bosh prokuratura Akademiyasi boshlig‘i etib tayinlandi

Bosh prokuratura Akademiyasiga Yevgeniy Kolenko rahbar bo‘ldi. Rustam Gafurov uning o‘rinbosari etib tayinlandi.

21 may 2018, 23:47

Prokuratura tergov qilgan jinoiy ishlar soni chorak qismga qisqardi

Yanvar-aprelda prokuratura organlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan chorak barobar kamroq jinoiy ishlarni tergov qildi. Bosh prokuratura buni jinoyatchilik darajasi pasaygani bilan bog‘lamoqda.

21 may 2018, 23:39

Amnesty delegatsiyasi 2004 yildan buyon O‘zbekistonga ilk bor tashrif buyurmoqda

Amnesty International delegatsiyasi 22−25 may kunlari O‘zbekistonga tashrif buyurib, qator rasmiy shaxslar bilan uchrashadi. Bunday tashrif so‘nggi marta 2004 yilda amalga oshirilgan edi.

21 may 2018, 23:34

Petitsiya: Daraxtlarni himoya qilish tizimini isloh qilish

«Gazeta.uz» o‘quvchilarni daraxtlarni himoya qilish tizimidagi qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritishga qaratilgan petitsiyaga imzo qo‘yishga chaqiradi. Petitsiyaning Oliy Majlisga yetkazilishi uchun 10 ming ovoz zarur.

21 may 2018, 12:32

Toshkentdagi «Jasorat» monumenti rekonstruksiya qilinadi

Toshkentdagi «Jasorat» monumenti atrofidagi hududni rekonstruksiya qilish ishlari boshlandi.

21 may 2018, 11:49

Toshkent markazida ikkita yopiq ko‘chani ochish ishlari boshlab yuborildi

Poytaxtda Matbuotchilar ko‘chasi hamda Amir Temur xiyoboni va Zarafshon ko‘chasi oralig‘i ochiladi.

20 may 2018, 12:46

Mo‘ynoq tumani hokimligi: «Ichimlik suvi ta’minoti yomonlashgani yo‘q»

Mo‘ynoq tumani hokimi Saylaubay Daniyarovga ko‘ra, Mo‘ynoqda ichimlik suvi ta’minoti yomonlashdi, degan xabar asossiz.

20 may 2018, 05:43

Ostonada halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar xotirasiga 52 tup daraxt o‘tqazildi

Ostonada avtobus yong‘inida halok bo‘lgan 52 o‘zbekistonlik xotirasiga 52 tup daraxt ko‘chati o‘tqazildi.

20 may 2018, 05:30

Prokuratura Bekobod maktabidagi hodisa tafsilotlarini ma’lum qildi

Bekoboddagi maktabda bolalar peshonasiga ikki marta «ikki» chizilgan — ikkinchi marta buni hamkasbiga bo‘lgan eski adovat sababli qilgan. Maktabda talon-taroj holatlari ham aniqlangan.

20 may 2018, 04:55

Namangan viloyatida 543 ta hovli suv ostida qoldi

Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida kuchli yog‘ingarchiliklar sababli 543 ta hovli qisman suv ostida qoldi, jabrlanganlar yo‘q.

20 may 2018, 04:49

1 yanvardan plastik xaltalarni bepul tarqatish taqiqlanadi

Prezident 1 yanvardan plastik xaltalarni bepul tarqatishni taqiqlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

19 may 2018, 16:11

Bozorlardagi iste’molga yaroqsiz go‘sht va sut mahsulotlari olib qo‘yildi

Yil boshidan buyon bozorlardagi iste’molga yaroqsiz 17,2 tonna go‘sht va 25,2 tonna sut mahsulotlari olib qo‘yildi.

19 may 2018, 01:23

Qizini sotmoqchi bo‘lgan ayol ota-onalik huquqidan mahrum qilindi

Yetti kunlik qizini 4000 dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol ota-onalik huquqidan mahrum qilindi.

19 may 2018, 00:25

Voyaga yetmaganlar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish kamaydi

Bosh prokuratura voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik darajasi pasayganini ma’lum qildi.

18 may 2018, 23:58

Mehribonlik uyi xodimlari zo‘rlash va o‘g‘irlikda ayblanmoqda

Marg‘ilondagi 1-Mehribonlik uyining sobiq direktori va xodimlari muassasa tarbiyalanuvchilari ustidan jinsiy va jismoniy zo‘ravonlik va pullarni o‘zlashtirishda ayblanmoqda.

18 may 2018, 19:33

Ramazon oyida saharlikka tayyorlasa bo‘ladigan yeguliklar

Zira.uz`dan saharlik uchun tayyorlaniladigan taomlar jamlanmasi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting