Jamiyat

12 noyabr 2021, 15:58 1

Toshkentning uchta tumanida issiqlik va issiq suv uzilib qoldi

Yunusobod tumanidagi 4-Issiqlik markazining elektr energiyasi ta’minotida nosozlik ro‘y bergani sababli Yunusobod, Olmazor va Shaxontohur tumanlarida issiq suv va issiqlik ta’minotida uzilish kuzatilmoqda.

12 noyabr 2021, 12:53

O‘zbekistondagi uy-joy va binolarda energiya tejash bo‘yicha katta muammolar mavjud — ekspertlar

O‘zbekistonda jami elektr energiyasining qariyb 60 foizi jamoat binolari iste’moliga to‘g‘ri kelmoqda. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari Nazirjon Nazirovning fikricha, «uy-joy va binolarni ekspluatatsiya qilishda energiya tejash bo‘yicha katta muammolar mavjud». Jahon bankining O‘zbekistondagi vakili Marko Mantovanelli esa yuqori energiya sarfi gazni atrof muhitga tashlash va iqlim o‘zgarishlariga sabab bo‘lishini ta’kidladi. O‘zbekiston muammoni bartaraf etish uchun Milliy dastur ishlab chiqmoqchi.

12 noyabr 2021, 12:22

USAID O‘zbekistonga COVID-19 bilan kurashish uchun qo‘shimcha 2,5 mln dollar ajratdi

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi O‘zbekistonga qo‘shimcha 2,5 mln dollar ajratdi. Bu mablag‘ dori vositalari sifatini ta’minlash va mamlakatda vaksinaga nisbatan ishonchsizlikni bartaraf etish uchun sarflanadi.

12 noyabr 2021, 11:14

Dam olish kunlari ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Dam olish kunlari mamlakatga biroz nam va salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati kunduz kuni +8…+13 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

12 noyabr 2021, 11:04

Andijon shahar hokimi fuqaroni haqorat qildi

Andijon shahar hokimi Bahromjon Haydarov telefon suhbati davomida fuqaroni haqorat qilganligi ma’lum bo‘ldi. Viloyat hokimligining ta’kidlashicha, fuqaro uyi «snos»ga tushganligi sababli hokimga qurilish firmasidan 400 kv metrli uy-joy va Gentra avtomobilini undirib berishni so‘rab bir necha marotaba murojaat qilgan. Andijon hokimining harakatlariga viloyat hokimligi tomonidan huquqiy baho beriladi.

12 noyabr 2021, 09:40

Bo‘stonliq tumanida 56 tup daraxt kesib tashlandi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida 56 tup daraxt noqonuniy ravishda kesilganligi aniqlandi. Ushbu hatta-harakat natijasida o‘simlik dunyosiga 288 mln 792 ming so‘m miqdorda zarar yetkazilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

12 noyabr 2021, 09:35

2022 yilda 40 ta maktab qurish rejalashtirilgan. Bu juda ham kam

2022 yilda davlat tomonidan 410 mlrd so‘mlik 40 ta maktab qurish rejalashtirilgan. Bu o‘tgan yilgidan deyarli ikki baravar ko‘p, ammo maktablarda joy yetishmasligi muammosini hal qilish uchun hali ham halokatli darajada yetarli emas.

12 noyabr 2021, 08:06

Andijon viloyatida zilzila sodir bo‘ldi

Andijon viloyatining Jalaquduq tumani hududida zilzila sodir bo‘ldi. Epitsentr hududida silkinishlar kuchi 4 ballni tashkil qildi.

11 noyabr 2021, 23:13

2022 yilda elektr energiyasi va tabiiy gaz tarif narxlari oshirilishi kutilmoqda

Hisob palatasi 2022 yilda energiya resurslari, jumladan, elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiq suv va issiqlik energiyasi, sovuq suv va kanalizatsiya tariflari narxlari oshirilishini ma’lum qildi. Shuni hisobga olgan holda, asosiy iste’mol tovarlari va xizmatlar narxlari o‘sish sur’atlarini sezilarli darajada pasaytirish yuzasidan tavsiyalar berilgan.

11 noyabr 2021, 23:04

11 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Behzod Musayev sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga tayinlanishi, 2022 yilda YAIM 5,9 foizga o‘sishi prognoz qilinishi, “Bavariya” klubiga muxlislik qiluvchi O‘zbekiston bosh vaziri — “Gazeta.uz"ning 11 noyabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

11 noyabr 2021, 17:42

DXX Sirdaryoda terrorchi guruhga a’zolikda gumonlangan shaxslarni qo‘lga oldi

DXX tomonidan Sirdaryo viloyatida terrorchi guruh ta’siriga tushib qolganlikda va «jihod»ga chorlovchi materiallarni muntazam ravishda tarqatib kelganlikda gumonlangan shaxslar ushlandi. Guruh yetakchisi Suriyaga borib, terrorchi tashkilotlar tarkibiga qo‘shilishni maqsad qilgani aytilmoqda.

11 noyabr 2021, 16:01

Rossiyada qolib ketgan o‘zbekistonliklar uchun maxsus poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda

«O‘zbekiston temir yo‘llari» pandemiya davrida Rossiyada qolib ketgan O‘zbekiston fuqarolarining mamlakatga kelishi uchun 5 ta maxsus poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yadi. Reyslar 15, 19, 22, 26, 29 noyabr kunlari «Voljskiy-Toshkent» yo‘nalishida amalga oshiriladi.

11 noyabr 2021, 14:21

Qashqadaryoda rasman «o‘lgan» fuqaro notarius va shahar prokurorini obro‘sizlantirishda ayblanmoqda

Qarshi shahrida 23 yil ilgari hujjatlarda «o‘lgan» Anvar Javharov notarius hamda shahar prokurorini obro‘sizlantirish va ularga tuhmat qilishda ayblanib, sud qilinmoqda. Ayblanuvchi «faqat va faqat o‘zining tirikligini isbotlashga» uringani, uning turmush o‘rtog‘i hujjatlarni soxtalashtirib, uyini sotib yuborganini aytmoqda.

11 noyabr 2021, 13:19

Toshkentdagi shifoxona mansabdorlari 586,7 mln so‘m budjet mablag‘ini talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda

Antikorrupsiya agentligi o‘rganishlari natijasida Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining ko‘p tarmoqli klinikasida 9,7 mlrd so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlandi. Shundan 586,7 mln so‘mlik budjet mablag‘lari talon-taroj qilinganligini aytilmoqda. Shifoxonaning mansabdor shaxslariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

11 noyabr 2021, 10:50

Sog‘liqni saqlash vaziri Abduxakim Xadjibayev lavozimidan ozod etildi

Behzod Musayev sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga tayinlandi. Ushbu lavomizda ishlab kelgan Abduxakim Xadjibayev O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasiga o‘tishi kutilmoqda.

11 noyabr 2021, 10:20

Yashil maydonlarni rejalashtirish, hisobga olish va daraxtlarni davolash qanday bo‘lishi kerak — Zinoviy Novitskiy tavsiyalari

Avvaldan ishlab chiqilgan loyihalarsiz daraxt ekish mumkin emas. Kasal daraxtlarni kesish emas, balki davolash kerak. «Yashil Makon» loyihasini amalga oshirishda o‘tmishdagi xatolarni takrorlamaslik uchun nima qilish kerak? Daraxt turlarini to‘g‘ri tanlash, ularni ekish, parvarishlash, hisobga olish va davolashni tashkil etish to‘g‘risida qishloq xo‘jaligi fanlari doktori Zinoviy Novitskiy maqolasida.

11 noyabr 2021, 10:13

Chilonzorda 10 noyabrgacha yopilgan yo‘l yana 5 kundan so‘ng ochiladi

Toshkent shahar hokimligi Chilonzor tumanidagi Mahmudjon G‘afurov ko‘chasida transport vositalarining harakatlanishi 10 noyabrgacha cheklangani haqida xabar bergandi. Hokimlikning ma’lum qilishicha, yo‘lda ta’mirlash ishlari yana 5 kun davom etadi.

10 noyabr 2021, 21:30

10 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

12 ta tuman hokimlari ko‘chat ekishni boshlamagani uchun ogohlantirish olishi, Sobiq profilaktika inspektori Quva tuman IIB rahbariyati ustidan IIVga shikoyat qilishi, viloyatlarda moliya-iqtisodiyot sektori xodimlari majburan mahallada “hokim yordamchisi” lavozimiga o‘tkazilayotgani — “Gazeta.uz"ning 10 noyabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

10 noyabr 2021, 17:30

Foto: Toshkentda kuz

Toshkentda oltin kuz fasli o‘z nihoyasiga yetmoqda. oktabr va noyabr oylarining rang-barang manzaralari — “Gazeta.uz” fotojamlanmasida.

10 noyabr 2021, 16:11

Sabzi narxlari 4−5 barobargacha arzonlashdi — Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Noyabr oyida sabzining narxi 2021 yil iyun oyi bilan taqqoslaganda 4−5 barobargacha arzonlashdi. Qishloq xo‘jaligi vazirligining prognozlariga ko‘ra, narxlar 2022 yil bahori — kutiladigan yangi hosilga qadar shu darajada saqlanib qoladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting