22 noyabr, juma

Jamiyat

YPX inspektorini urmoqchi bo‘lgan fuqaroga 15 kun ma’muriy qamoq jazosi berildi 

Farg‘onada YHXB Yo‘l-patrul xizmati xodimining xizmat faoliyatiga aralashib, qonuniy talablariga bo‘ysunmay, uni urmoqchi bo‘lgan fuqaroga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

IIV markaziy apparatida tayinlovlar amalga oshirildi 

Ichki ishlar vazirining buyrug‘iga asosan polkovnik Baxtiyor Berdialiyev va podpolkovnik Oybek Qulbekov yangi lavozimga tayinlandi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiylari tog‘ tayyorgarligi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazdi 

«Forish» poligonida o‘zbekistonlik va qozog‘istonlik harbiylar tog‘ tayyorgarligi bo‘yicha amaliy va taktik mashg‘ulotlar o‘tkazdi.

Vazirlar Mahkamasi yerni olib qo‘yishning yangi tartiblarini tasdiqladi 

2020 yil yanvardan yer uchastkalarini olib qo‘yishning yangi tartiblari kuchga kiradi. Kelishilgan tovon puli to‘lanmasdan turib ko‘chmas mulkni buzishga ruxsat berilmaydi.

Ta’lim muassasalariga 200 metrgacha masofada alkogol va tamaki sotishga ruxsat berildi 

Ta’lim, sport va diniy muassasalarga 200 metrgacha masofada alkogol va tamaki mahsulotlarni sotishga ruxsat berildi.

Maxsus avtomashinalarga yo‘l bermaganlik uchun jarimalarni oshirish taklif qilinmoqda +1

IIV to‘sqinliksiz harakat qilish huquqiga ega transport vositalarining o‘tib ketishiga xalaqit bergani uchun jarimalar miqdorini ikki barobar oshirishni taklif qilmoqda.

Havo keskin sovib, yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda 

21 noyabrdan O‘zbekiston hududida havoning asta-sekin sovishi kutilmoqda. Mamlakat shimolida kechasi −10…−15, kunduzi −2…−7 darajagacha tushishi mumkin.

Namangan viloyatida uch kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi 

Namangan viloyatining Uychi tumanida bir oila is gazidan zaharlandi. Ona va ikki farzand vafot etdi, ota shifoxonaga yotqizildi.

Qirg‘izistonga meva va sabzavotlarni eksport qilish davom etadi 

«O‘zdavkarantin» inspeksiyasi Qirg‘izistonga meva-sabzavot mahsulotlarini olib kirilishiga taqiq qo‘yilishi haqidagi xabarlarni rad etdi.

Chiroqchida 7 kishilik oila qo‘lbola pomidor konservasidan zaharlandi 

SSV Chiroqchi tumanida 7 kishidan iborat oilaning uy sharoitida tayyorlangan pomidor konservasidan zaharlanganiga izoh berdi.

Jizzax viloyatida sodir bo‘lgan YTHda ikki kishi halok bo‘ldi 

Jizzax viloyatida Cobalt avtomobili va MAN yuk mashinasi to‘qnashuvi natidasida ikki kishi, jumladan uch yoshli bola hayotdan ko‘z yumdi.

Dafn etish uchun nafaqa davlat byudjetidan ajratiladi 

«Dafn etish va dafn ishi to‘g‘risida"gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, vafot etgan shaxsni dafn etish uchun nafaqa endilikda davlat byudjeti hisobidan beriladi.