Jamiyat

16 fevral 2019, 16:03

Samarqandda naqd xorijiy valyutani noqonuniy ayirboshlashga uringan shaxslar qo‘lga olindi

Samarqandda o‘tkazilgan tadbir davomida fuqarolardan biri 30 ming turkman manatini 60 000 000 so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

16 fevral 2019, 13:23

O‘zbekistonda Akfa xususiy universiteti tashkil etiladi

O‘zbekistonda Akfa xususiy universiteti tashkil etilmoqda. OTMda ta’lim ingliz tilida olib boriladi.

16 fevral 2019, 12:46

TDYuUning Ixtisoslashtirilgan filialiga direktor tayinlandi

Hukumat qarori bilan Baxtiyor Abdullayev Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali direktori etib tayinlandi.

16 fevral 2019, 12:19

Pichoq voqeasiga sababchi Milliy gvardiya xodimi xizmatdan chetlashtiriladi, qilmishiga qonuniy baho beriladi

Qo‘qon shahridagi ko‘ngilochar joylardan biridagi karaoke xonasiga kirib, yostiq ostiga pichoq qo‘yib xonadan chiqib ketgan Milliy gvardiya xodimiga chora ko‘riladi.

16 fevral 2019, 12:05

Xodimlari Toshkent propiskasini olishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar soni bittaga oshdi

Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni xodimlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi mumkin.

16 fevral 2019, 11:54

IIV akademiyasi va Hindiston kriminalistika universiteti o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekiston IIV akademiyasi va Gujarat kriminalistika universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

16 fevral 2019, 09:46

«Kaptiva» ichida sharlarning portlashi natijasida uch kishi kuyish jarohatlarini oldi

Toshkentda 6-tug‘ruqxona yaqinida turgan avtomobil ichida gaz to‘ldirilgan sharlarning portlashi natijasida uch kishi kuyish jarohatlarini oldi.

15 fevral 2019, 21:20

Vestminster universiteti xodimi mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi

Toshkentda Bosh prokuratura haydovchisi boshqaruvidagi mashina urib ketgan Xalqaro Vestminster universiteti xodimi hayotdan ko‘z yumdi.

15 fevral 2019, 20:27

Mehnat qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish va g‘ayriqonuniy ravishda ishdan bo‘shatish uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytirish nazarda tutilmoqda.

15 fevral 2019, 20:18

Dizel yoqilg‘isining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Xorijdan O‘zbekistonga noqonuniy ravishda dizel yoqilg‘isini olib kirmoqchi bo‘lgan shaxslar to‘xtatildi.

15 fevral 2019, 20:08

Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimi kompleks rivojlantiriladi

«Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqida"gi prezident qarori qabul qilindi.

15 fevral 2019, 19:08

Toshkentda kampus — harbiy-ilmiy shaharcha barpo etiladi

Toshkentda quriladigan harbiy kampus hududida Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti joylashadi.

15 fevral 2019, 18:51

Qariyb 10 ming dollarni yashirin tarzda olib chiqishning oldi olindi

9 800 AQSH dollari hamda 15 200 qozoq tengesini yashirin tarzda olib chiqmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olindi.

15 fevral 2019, 16:37

Kitob va gazetalarning majburiy bepul nusxalari kamaytiriladi

Bosma mahsulotlar hamda davriy bosma nashrlarning majburiy bepul nusxalarini kamaytirish ko‘rib chiqiladi.

15 fevral 2019, 16:20

Psixotrop dori vositalari joylangan jo‘natmalar to‘xtatib qolindi

«Bosh pochtampt» bojxona posti xodimlari xorijdan yuborilgan pochta jo‘natmalariga joylangan psixotrop moddalarning tarqalishiga yo‘l qo‘yishmadi.

15 fevral 2019, 16:11

Toshkentda 254,3 mln so‘mlik aksiz markasisiz alkogol va tamaki mahsulotlari aniqlandi

Toshkent DSB yanvar oyida 254 mln 300 ming so‘mlik aksiz markasi bo‘lmagan alkogol va tamaki mahsulotlari savdoga qo‘yilganini aniqladi.

15 fevral 2019, 15:58

Qandli diabetga chalingan bemorlarga yordam yaxshilanadi

O‘zbekistonda Aholiga endokrinologik yordam ko‘rsatishni yaxshilash milliy dasturini qabul qilish rejalashtirilmoqda.

15 fevral 2019, 13:53

Samarqandda qurilish bilan bog‘liq jarayonlar oshkora amalga oshiriladi

Samarqandda ob’ektlarning qurilishi, rejalashtirilishida jamoatchilik va aholi fikri hisobga olinadigan bo‘ldi.

15 fevral 2019, 11:33

Sud va tergovdan qochib yurgan 11 nafar shaxs ushlandi

Muqaddam bedarak yo‘qolganlardan 2 nafari topilib, ilgari sodir qilgan jinoyati uchun sud va tergovdan qochib yurgan 11 nafar shaxs ushlandi.

15 fevral 2019, 09:40

Maktab darsliklarini tayyorlash jarayoni qayta ko‘rib chiqiladi

«O‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi ikkita tuzilmaga: bosmoxona va nashriyotga ajratiladi, nashriyot bazasida ilmiy-uslubiy noshirlik markazi tashkil etiladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting