8 aprel, chorshanba

Jamiyat

O‘zbekiston bozorlarida tarqalgan sun’iy tuxumlar bo‘yicha rasmiy ogohlantiruv berildi 

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi mamlakat bozorlarida sotilayotgan sun’iy tuxumlar borasida ogohlantirdi.

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi ikki jamg‘arma to‘g‘risidagi nimzomlar tasdiqlandi 

Xalq ta’limini rivojlantirish jamg‘armasi hamda byudjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi.

Toshkent hokimiyati huzuridagi Jamoatchilik kengashi qayta qurishlar bo‘yicha bayonot berdi 

Toshkent hokimiyati huzuridagi Jamoatchilik kengashi tarixiy yoki arxitekturaviy qiymatga ega bo‘lish ehtimoli bor binolarni buzishga moratoriy joriy etilishini taklif qildi.

OTMlarga hujjat qabul qilish muddatlari uzaytirilishi mumkin 

Davlat test markazi rahbariyati OTMlarga talabalarni qabul qilish jarayonidagi o‘zgarishlar yuzasidan izoh berdi.

«Eri» tomonidan jinsiy qullikka sotib yuborilgan ayol hikoyasi 

«Eri» tomonidan o‘zga mamlakatga jinsiy qullikka sotib yuborilgan ayol hikoyasi. Jamoat tashkilotlari yordami bilan u vatanga qaytarildi.

XTV: Toshkentda maktablarni buzish rejasi yo‘q 

XTV Toshkentda maktablarni buzish rejasi yo‘qligini ma’lum qildi. Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan maktablar ro‘yxati samarali ta’lim muassasalari reytingidan olingan.

Urgutdagi yong‘inda besh kishi halok bo‘ldi 

Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi xususiy uyda sodir bo‘lgan yong‘inda besh kishi vafot etdi, ulardan ikki nafari yosh bolalar.

Toshkentda sher bolalarini 6 ming dollarga pullayotgan shaxslar qo‘lga tushdi 

Shayxontohur tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ikkita sher bolasini sotayotgan fuqarolarning ishi fosh etildi.

O‘zbekiston sotsiologlari assotsiatsiyasi tashkil etiladi 

Sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi.

Armiyaga chaqiruv endi mart-aprelda bo‘lib o‘tadi 

Prezident qarori bilan fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish fevral-martdan mart-aprelga ko‘chirildi.

Toshkent hokimiyati eski Konservatoriya binosining buzilishi to‘g‘risidagi gap-so‘zlarni rad etdi 

Toshkent hokimiyati Mustaqillik ko‘chasidagi Davlat konservatoriyasining eski binosini buzish rejalashtirilmaganini ma’lum qildi.

Toshkentda sovuq suvning uzilishiga Qibraydagi podstansiyada chiqqan yong‘in sabab bo‘ldi 

Juma kuni ertalabdan Toshkentning bir qator tumanlarida suv bosimining pasayishi va uzilishlar Qibray tumanidagi GES podstansiyasida yuzaga kelgan yong‘in bilan bog‘liq. Yong‘inda ikki ishchi jarohatlandi.