3 aprel, juma

Jamiyat

Malayziya universiteti o‘qituvchi va talabalari Toshkent moliya institutida malaka oshirdi 

Malayziya energetika milliy universiteti ning bir guruh talabalari va professor-o‘qituvchilari stajirovka o‘tash uchun Toshkent moliya institutiga keldi.

Qonunbuzarlardan 491,7 million so‘m bojxona to‘lovlari undirildi 

Toshkentda hujjatga boshqa mahsulot ko‘rsatib, amalda boshqa mahsulot olib kelgan MCHJdan zarur to‘lov undirildi.

Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi 

Hukumat qarori bilan Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Sankt-Peterburgga qo‘nish chog‘ida yo‘lakdan chiqib ketgan samolyot texnik soz holda bo‘lgan — MAK 

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Sankt-Peterburgga uchgan samolyotning aeroportga qo‘ngandan so‘ng, old g‘ildiraklari uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketgani yuzasidan bayonot berdi.

«Toshshahartransxizmat» — 51-avtobusda keksa ayol bilan sodir bo‘lgan hodisa haqida 

«Toshshahartransxizmat» raisi 51-avtobusda yo‘l haqini to‘lamagan ayol bilan haydovchi va chiptachi o‘rtasidagi mojaroga izoh berdi.

Toshkent IIBB hayvonlarni urishtirishni taqiqlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqmoqda 

Toshkent IIBB jonivorlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lish va hayvonlarni urishtirish uchun javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha takliflarni tayyorlamoqda.

Uzbekistan Airways samolyoti «Pulkovo» aeroportida uchish yo‘lagidan bir oz chiqib ketdi 

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkent-Sankt-Peterburg reysi samolyoti «Pulkovo» aeroportida uchish yo‘lagidan qisman chiqib ketdi. Bunga noqulay ob-havo sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Ombudsman bir yildirki o‘z binosiga ega bo‘la olgani yo‘q 

Ombudsman kotibiyati joylashgan bino bir yil muqaddam metropolitenga berilgan. Toshkent hokimi nima uchun ombudsman haligacha yangi joyga ko‘cha olmaganiga izoh berdi.

Foto, video: Harbiylarning tog‘ mashg‘uloti 

Harbiy xizmatchilar dengiz sathidan 2500−3000 metr balandlikdagi tog‘ cho‘qqilarida shartli qurollangan jangarilar guruhini yo‘q qilish mavzusida taktik o‘quvlar o‘tkazdi.

2019-yilda 428 ta ilmiy anjuman o‘tkaziladi — Innovatsiya vazirligi 

2019-yilda 137 ta xalqaro va 291 ta respublika miqyosidagi ilmiy anjuman o‘tkaziladi. Ularga, jumladan, xorijda istiqomat qilayotgan vatandosh olimlar jalb etiladi.

Rossiyadan pnevmatik qurol olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatildi 

«Moskva-Toshkent» yo‘lovchi poyezdida fuqaro Yu.S.ning yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, 7 xil turdagi pnevmatik qurollarning 446 dona qismlari borligi aniqlandi.

Pedagoglar ish beruvchining byudjet mablag‘lari hisobidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi 

Yangi qonun loyihasida umumta’lim maktablari va MTMlarning pedagog va boshqa xodimlarini ish beruvchining hisobidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi tartibi nazarda tutilmoqda.