Jamiyat

14 sentabr 2019, 16:29

Prezident Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlarini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi

Shavkat Mirziyoyev Qo‘qon va Marg‘ilonda turar joylar qurilishi bo‘yicha loyihalarni qayta ko‘rib chiqishga topshiriq berdi. «Avvalo, qayerda qiyinchilik borligini o‘rganish, odamlarning fikrini olish kerak», — dedi u.

14 sentabr 2019, 13:48

To‘y-marosimlarni tartibga solish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi

Parlament to‘y-marosimlarni tartibga solish to‘g‘risidagi qarorni ma’qulladi. 1 yanvardan kuchga kiradigan qaror bilan ortiqcha dabdaba va isrofgarchilikni cheklashga qaratilgan.

13 sentabr 2019, 21:48

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligiga direktor tayinlandi

Sarvar Babaxodjayev yangi tashkil etilgan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

13 sentabr 2019, 21:04

Sog‘liqni saqlash vazirligi: haydovchilarning murojaati prokuratura tomonidan o‘rganilmoqda

SSV Qashqadaryoda tibbiy yordam mashinalari yonilg‘isi hamda ehtiyot qismlari haydovchilar zimmasiga yuklanayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

13 sentabr 2019, 17:43

Marg‘ilonda «Makarov» pistoletini sotayotgan fuqaro qo‘lga olindi

Marg‘ilon shahrida o‘tkazgan tezkor tadbir davomida 1954 yilda ishlab chiqarilgan «Makarov» pistoletini o‘qlarsiz sotayotgan shaxs qo‘lga olingan.

13 sentabr 2019, 17:21

Davlat xizmatlarining yagona reyestri yangilandi

Davlat xizmatlarining yagona reyestri Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

13 sentabr 2019, 17:01

Shayx Abdulaziz Mansur Islom sivilizatsiyasi markazi direktorining o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining o‘rinbosari Shayx Abdulaziz Mansur Islom sivilizatsiyasi markazi direktorining o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazildi.

13 sentabr 2019, 16:33

Yoshlar ittifoqi faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan muammolar ko‘rib chiqildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tdi.

13 sentabr 2019, 16:06

«Toshkent-Andijon» poyezdi elektr bo‘lmagani sababli to‘xtab qoldi

«Toshkent-Andijon» poyezdi elektr ta’minoti o‘chirilgani sababli Angren vokzalida 50 daqiqa turib qoldi.

13 sentabr 2019, 15:53

Dam olish kunlari havoning bir oz sovishi kutilmoqda

Dam olish kunlari ob-havoning bir oz sovishi va shamolning kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi ham mumkin.

13 sentabr 2019, 13:28

Toshkent IIBB YPX xodimi ishtirokidagi YTH bo‘yicha izoh berdi

Toshkentda YPX inspektori xizmat avtomobilida o‘tish yo‘lidan 30 metr uzoqlikda yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yubordi. Piyoda tan jarohatlari oldi.

13 sentabr 2019, 12:06

Milliy gvardiya vakolatlari kengaymoqda

Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining huquqbuzarliklar oldini olish yo‘nalishidagi vazifalari, ularning majburiyat va vakolatlari belgilanmoqda.

13 sentabr 2019, 11:48

O‘zbekistonda psixiatriya yordamini ko‘rsatish tizimi takomillashtiriladi

«Psixiatriya yordami ko‘rsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» qonun imzolandi.

12 sentabr 2019, 20:42

O‘zbekistonlik harbiy uchuvchilar amerikalik hamkasblariga master-klass o‘tdi

O‘zbekiston va amerikalik harbiy uchuvchilar Harbiy-havo kuchlariga tegishli harbiy aerodromda hamkorlikdagi treninglar va parvozlarni amalga oshirdi.

12 sentabr 2019, 14:05

Xitoy va Gongkong fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etildi

Xitoy va Gongkong maxsus ma’muriy hududi fuqarolari uchun O‘zbekiston xalqaro aeroportlari orqali 7 kungacha vizasiz rejim joriy etildi.

12 sentabr 2019, 13:32

Stipendiyalar hajmi 400 ming so‘m bo‘ladi, biroq qayta ko‘rib chiqilishi mumkin

Talabalar 400 ming so‘m miqdorida stipendiya oladi. Kelgusida jamoatchilikning fikri hisobga olingan holda uning hajmi o‘zgarishi mumkin.

11 sentabr 2019, 18:12

Samarqandda yuz bergan YTHda «Matiz» old oynasidan chiqib ketgan yo‘lovchi vafot etgan

Samarqandda yuz bergan «Neksiya 3» va «Matiz» o‘rtasidagi YTHda «Matiz»dagi yo‘lovchi ayol old oynadan uchib chiqib ketgan va voqea joyida vafot etgan.

11 sentabr 2019, 17:57

Toshkentda professional MMA jangchisi mushtlashuvda pichoqlab o‘ldirildi

O‘zbekistonlik professional MMA jangchisi Muslimbek Omonov tunda yuz bergan mushtlashuvda pichoqlangani sababli vafot etdi.

11 sentabr 2019, 16:50

«Saodat» seriali xalqaro mukofotga munosib topildi

«O‘zbektelefilm» seriallari Bolgariyada o‘tkazilgan «Slavyan ertagi» Yevroosiyo kinotelefestivalida bir necha mukofotga sazovor bo‘ldi.

11 sentabr 2019, 16:38

Mudofaa vazirligi «Forish» poligonida xalqaro o‘q otish musobaqasiga start berildi

Forish tog‘ dala-o‘quv maydonida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlarning armiyalari o‘rtasida shtatdagi qurollardan otish chempionatiga start berildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting