13 avgust, payshanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Jamiyat

18 dekabr 2018, 18:10

Qoraqalpog‘istonda «Yashil qoplamalar» himoya o‘rmonzorlarini barpo etishga kirishildi

Orol dengizi tubidagi suvi qurigan maydonlarda «Yashil qoplamalar» himoya o‘rmonzorlarini barpo etish ishlariga kirishildi.

18 dekabr 2018, 17:58

ShHT Bitimi ratifikatsiya qilindi

ShHTga a’zo davlatlar tomonidan qo‘shma aksilterror o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi qonun imzolandi.

18 dekabr 2018, 17:53 1

Navoiyda balandligi 62,5 metrli bayroq o‘rnatildi

Navoiydagi Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i hududida ulkan O‘zbekiston davlat bayrog‘i qad rostladi.

18 dekabr 2018, 17:32

O‘zbekiston «mobil qullik"dan voz kechadi

O‘zbekiston «mobil qullik"dan voz kechishni mo‘ljallamoqda — AKT vazirligi mobil aloqa tarmoqlarida abonent raqamini ko‘chirish to‘g‘risidagi nizom loyihasini e’lon qildi.

18 dekabr 2018, 16:32

«Toshkent-Janubiy» vokzalida giyohvandlik vositasini olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Surxondaryo viloyatidan Toshkent shahriga «kirib kelgan fuqaro Sh. Sh.ning yonidan 117.87 gr. «opiy» va 33.81 gr. «gashish» giyohvandlik vositalari topildi.

18 dekabr 2018, 16:11

O‘zbekiston orqali tranzitni amalga oshirish yengillashdi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan O‘zbekiston hududi orqali tranzit o‘tishga doir ayrim qoidalarga tuzatishlar kiritildi.

18 dekabr 2018, 14:47

Tergov yoki sudga kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish bo‘yicha nizom tasdiqlandi

Surishtiruv, dastlabki tergov organlari yoki sudga uzrsiz sabablarga ko‘ra kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish bo‘yicha topshiriqlarni ijro etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

18 dekabr 2018, 12:06

Surxondaryoda davlat xizmatlari sayyor tarzda avtobusda ko‘rsatiladi

Davlat xizmatlari agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasiga kompyuter, printer, skaner va internetga ulanish moslamalariga ega avtobus ajratib berildi.

18 dekabr 2018, 11:28

Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markaziga 45 gektar yer maydoni ajratildi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markaziga 45 gektarga yaqin yer maydoni ajratildi.

18 dekabr 2018, 11:04

Noqonuniy qurol saqlagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘ona tumanida yashovchi R.Ergashevning xonadonida bir dona o‘q otar ov quroli hamda 100 gramm porox borligi aniqlandi va unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

18 dekabr 2018, 10:13

85 ta tumanda tomorqalar uchun sug‘orish quduqlari qazishga imtiyozli kreditlar ajratiladi

Suv ta’minoti og‘ir mahallalarda aholi tomorqalari uchun sug‘orish quduqlarini qazishga imtiyozli kredit resurslari tasdiqlandi.

17 dekabr 2018, 23:25

Toshkent Buyuk Ipak yo‘li shaharlari alyansiga qabul qilindi

Umumxitoy do‘stlikka ko‘maklashish assotsiatsiyasi Toshkent hokimiga O‘zbekiston poytaxtining Buyuk Ipak yo‘li shaharlari uyushmasiga qabul qilingani to‘g‘risidagi sertifikatni topshirdi.

17 dekabr 2018, 21:00

«Taraqqiyot» tanlovi finali ishtirokchilari rahbarlik lavozimiga tanlovsiz qabul qilinadi

«Taraqqiyot» respublika tanlovi finali ishtirokchilari orasidan boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

17 dekabr 2018, 20:43

Samarqand viloyati hokimi o‘z saytini ochdi

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov o‘zining turdimov.uz saytini tashkil etdi.

17 dekabr 2018, 20:35

Pirotexnika vositalarini sotmoqchi bo‘lgan termizlik fuqaro qo‘lga olindi

Termiz shahrida salkam 7 million so‘mlik jami 33 173 dona pirotexnika vositalarini pullayotgan shaxsning harakatlariga chek qo‘yildi.

17 dekabr 2018, 20:32 1

Toshkentda shahar Wi-Fi tarmog‘i ishga tushirildi

Toshkentda SOLA brendi ostida yagona shahar Wi-Fi tarmog‘i ishga tushirildi. 1200 nuqtadan internetdan bepul va pulli asosda foydalanish mumkin.

17 dekabr 2018, 20:19

Film namoyishi uchun ruxsatnoma berish tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan Filmning ommaviy namoyishini amalga oshirish uchun bir martalik ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

17 dekabr 2018, 19:22

«O‘zbekneftgaz» rahbari GTL zavodi benzin narxiga qanday ta’sir ko‘rsatishini tushuntirdi

«O‘zbekneftgaz» boshqaruvi raisi Sho‘rtanda GTL zavodi ishga tushirilishi benzin va neft mahsulotlari narxiga qanday ta’sir ko‘rsatishini ma’lum qildi.

17 dekabr 2018, 18:06

Uzbekistan Airways uch millioninchi yo‘lovchini tashidi

Uzbekistan Airways kompaniyasining uch millioninchi yo‘lovchisi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

17 dekabr 2018, 17:37

Rossiyada ikki o‘zbekistonlik is gazidan zaharlanib vafot etdi

Moskva viloyatida Andijon viloyatidan bo‘lgan ikki o‘zbekistonlik is gazidan zaharlanib vafot etdi.