13 avgust, payshanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Jamiyat

1 yanvar 2019, 17:37

Namangan viloyat hokimligi xodimlari maxsus kiyimda yuradi

Namangan viloyati hokimligi apparati uchun maxsus kiyim-bosh tayyorlandi va xalq bilan muloqot qilish, turli tadbirlarda ana shu xizmat kiyimidan foydalanish yo‘lga qo‘yildi.

31 dekabr 2018, 20:51

Farg‘ona vodiysiga Qozog‘iston orqali gaz yetkazish boshlandi

Farg‘ona vodiysiga Qozog‘iston orqali barqaror tabiiy gaz yetkazib berish boshlandi.

30 dekabr 2018, 21:06

Yangi yil kechasi Toshkentda mushakbozlik uyushtiriladi va tomoshabinlar uylariga avtobusda yetkazib qo‘yiladi

Yangi yil bayramida Toshkent shahrining Yunusobod tumani, Chilonzor tumani va Xalqlar do‘stligi maydonida bayram mushakbozliklari bo‘lib o‘tadi va mushakbozlikdan so‘ng odamlarni manzillarga olib borish uchun avtobuslar ajratiladi.

30 dekabr 2018, 18:02

Toshkent aeroportida spirtli ichimliklar, dron va o‘q-dorilar ushlab qolindi

«Toshkent-AERO» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari poytaxt aeroportida noqonuniy ravishda olib o‘tilayotgan spirtli ichimliklar, dron va o‘q-dorilar to‘xtatib qolindi.

30 dekabr 2018, 14:54

Badiiy akademiya Markaziy ko‘rgazmalar zalida yong‘in sodir bo‘ldi

Badiiy akademiya Markaziy ko‘rgazmalar zalida ro‘y bergan yong‘in natijasida xizmat xonasiga zarar yetdi.

30 dekabr 2018, 10:31

Yangi yil kechasi metro 1:00 ga qadar ishlaydi

Toshkent metropoliteni Yangi yil kechasi tungi soat birga qadar ishlaydi.

30 dekabr 2018, 10:15

Qoraqalpog‘istondagi YTHda to‘rt kishi, jumladan vazir o‘rinbosari halok bo‘ldi

Xo‘jayli tumanidagi YTHda to‘rt kishi, jumladan Qoraqalpog‘iston uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari halok bo‘ldi.

29 dekabr 2018, 23:28

Yangi yil kuni qor yog‘ishi kutilmayapti

31 dekabr kuni quruq, iliq havo bo‘lishi, Yangi yilning birinchi kuni esa ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Sinoptiklar so‘nggi 50 yildagi eng sovuq va eng iliq bayram kunlarini yodga oldi.

29 dekabr 2018, 18:48

TIV fuqarolar murojaatlarini qabul qilish uchun call-markazini ishga tushirdi

Tashqi ishlar vazirligi fuqarolar murojaatlarini qabul qilish uchun call-markazini ishga tushirdi.

29 dekabr 2018, 18:16

Yil davomida 40 milliondan ortiq kishi chegaralarni kesib o‘tdi

2018 yilda chegara o‘tkazish punktlari orqali 40 milliondan ortiq kishi va 1,7 million transport vositalari o‘tdi.

29 dekabr 2018, 17:56

Do‘stlikda qurilgan «Yoshlar istirohat bog‘i"ga 5 milliard 575 million so‘m sarflandi

Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida qurib bitkazilgan «Yoshlar istirohat bog‘i» foydalanishga topshirildi.

29 dekabr 2018, 17:39

Umra ziyoratchilari uchun kvota bekor qilindi

Hukumat qaroriga ko‘ra umra safariga cheklanmagan miqdorda ziyoratchilar borishi mumkin bo‘ladi.

29 dekabr 2018, 11:06

Sergelida ikki o‘smir sakkizta mashina oynasini sindirdi

Toshkentda Sergeli tumanida sakkizta avtomobil oynasini sindirgan ikki o‘smirga jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

28 dekabr 2018, 20:37

Paxta yetishtirishda tomchilatib sug‘orishdan keng foydalaniladi

Prezident qarori bilan tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish uchun zarur bo‘lgan butlovchi qismlar va xom ashyo 2021 yil 1 yanvargacha bojxona bojini to‘lashdan ozod etiladi.

28 dekabr 2018, 20:03

Valyutani yashirincha olib o‘tishga bo‘lgan urinish fosh etildi

Surxondaryodagi «Gulbahor» chegara bojxona posti xodimlari fuqaro B.D. hamda uning boshqaruvidagi «Nexia» avtomobili tekshirilganda 10500 AQSH dollari berkitilgani aniqlandi.

28 dekabr 2018, 19:47

Mirobodda yuz bergan yong‘in natijasida uy egasi vafot etdi

Toshkentning Mirobod tumanida yashagan T.G‘.ning uyida yong‘in sodir bo‘lishi natijasida u yerdan uy egasining kuygan holdagi jasadi topilgan.

28 dekabr 2018, 19:38

Farg‘onada chorvachilik takomillashtiriladi

Farg‘onada chorvachilik va naslchilik ishlarini tubdan takomillashtirish, tarmoq faoliyatini muvofiqlashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi.

27 dekabr 2018, 22:40

Yer uchastkalarining olib qo‘yilishida yetkazilgan zararlar qoplanadi

Yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

27 dekabr 2018, 22:15

«O‘zbekenergo» AJ elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlarga oydinlik kiritdi

O‘zbekistonda ishlab turgan energetika qurilmalarining deyarli 67 foizi eskirgani va elektr energiyaga bo‘lgan ehtiyojning ortib borayotgani tarmoqdagi uzilishlarga sabab bo‘lmoqda.

27 dekabr 2018, 20:32

YPX xodimlarining faoliyati baholab boriladi

Ichki ishlar vazirligi DYXXning yo‘l-patrul xizmati xodimlarining xizmat faoliyati natijalarini baholash tartibi va mezonlari to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.