Jamiyat

22 may 2019, 18:25

Samarqandda noqonuniy qurilgan ko‘p qavatli uylarning buzilishi boshlandi

Samarqandda noqonuniy qurilgan 159 ta obyektda qonunbuzarliklar aniqlanib, 18 tasida yuqori qavatlarni buzish ishlari boshlandi.

22 may 2019, 14:38

Xorijga chiqish pasporti anketasining yangi shakli qabul qilindi

Xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish uchun anketaning yangi shakli 4 sahifa o‘rniga 1 sahifadan iborat bo‘lib, ish joyi yoki mahalladan tasdiqlash talab qilinmaydi.

22 may 2019, 12:53

Ilhom Norqulov Markaziy bank boshqaruv raisiga birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

O‘zbekiston Markaziy banki raisining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov bank boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

22 may 2019, 12:47

Gulistonda farzandini 2 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

Guliston shahrida yashovchi 24 yoshli A.B. ismli ayol qizini 2 000 000 so‘mga sotayotgan vaqtlarida viloyat ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

22 may 2019, 12:42

Adliya vazirligi: notarius «SMS xabar» yuboradi

Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning 1 iyunidan notariuslar faoliyatida «SMS xabar» elektron tizimi joriy etilmoqda.

22 may 2019, 12:14

Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini isloh qilish bo‘yicha ishchi guruhning xulosalari e’lon qilindi

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzurida ish olib borgan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini isloh qilish bo‘yicha ishchi guruhning xulosalari ma’lum qilindi.

22 may 2019, 06:14

Bekoboddagi chiqindixonada ayol kishining jasadi qotillik alomatlari bilan topildi

Bekoboddagi chiqindixonada ayol kishining jasadi qotillik alomatlari bilan topildi. Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari va ichki ishlar vazirining birini o‘rinbosari hodisa joyiga yetib bordi.

21 may 2019, 20:26

Toshkentda ichida odamlar yashab turgan yog‘och uylarda buzish ishlari boshlandi

Yer usti metrosi qurilayotgan poytaxtning Sputnik mavzesida ikki qavatli yog‘och uylarni buzish ishlari boshlandi. Ularda hali ham odamlar yashamoqda.

21 may 2019, 18:00

Sankt-Peterburgdagi ommaviy mushtlashuvda o‘zbekistonliklar jarohatlandi

Sankt-Peterburgdagi kafeda sodir bo‘lgan ommaviy mushtlauvda to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi jarohat oldi.

21 may 2019, 16:51

«Matbuot tarqatuvchi» filiallari rahbarlari obuna pullarini o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda

«Matbuot tarqatuvchi» kompaniyasining Xorazm filiali rahbari obunadan tushgan 562,3 mln so‘mni talon-taroj qilganlikda ayblanmoqda. Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, u pullarni qarindoshlariga tegishli kompaniyalar hisob raqamlari o‘tkazgan.

21 may 2019, 14:25

Pochta jo‘natmasidagi 415 gramm marixuana to‘xtatib qolindi

Bojxona xodimlari deklaratsiyada ko‘rsatilgan «CD 3» va «Books» tovarlari o‘rnida polietilen paketga o‘ralgan marixuana moddasi borligini aniqladi.

21 may 2019, 11:05

Alisher Shodmonov Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining vitse-prezidenti etib saylandi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti etib O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov saylandi.

21 may 2019, 08:24

Tasavvurlar o‘zgarishi mo‘’jizasi

Toshkentdagi Kinochilar uyi va o‘tmishga aylangan boshqa ob’ektlar muhofaza qilinganida va konseptual o‘zgartirilganida, noyob sayyohlik markazlariga aylangan bo‘lar edi. Yens Yordan kolonkasi.

20 may 2019, 20:45

O‘n uch yillik mojaro qonuniy yakunini topdi

Xorazmda o‘n uch yildan beri cho‘zilib kelayotgan mojaro qonuniy va mantiqiy yakunini topdi.

20 may 2019, 18:53

Ikki kun yoqqan yomg‘ir Paxtachi tumanida ko‘plab xonadonlarga shikast yetkazdi

Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi Fay, Guliston mahallalari va Toshquvur qishloqlarida sel kelishi oqibatida ko‘plab xonadonlarga og‘ir shikast yetdi.

20 may 2019, 18:44

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» faqatgina 1- va 11-sinflar ishtirokida 1 soat davomida o‘tkaziladi

XTVning tavsiyasiga binoan «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari «Mening maktabim — mening uyim» shiori ostida, maktab hududiga texnika vositalari va begona shaxslar kiritilmagan holda o‘tkaziladi.

20 may 2019, 18:25

Muidjon Tohiriy 3 yilu olti oyga qamaldi

Davlat bojxona qo‘mitasining sobiq rahbari Muidjon Tohiriy 3 yilu 6 oy muddatga qamaldi. Sud EKIHning 400 baravari miqdorida jarima tayinladi.

20 may 2019, 17:52

O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘istondagi YTHda jarohatlandi

Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatida sodir bo‘lgan avariyada to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi jarohat oldi, ulardan biri shifoxonada qolmoqda.

20 may 2019, 15:21

O‘zbekistonlik talaba Janubiy Koreyadagi shifoxonada vafot etdi

Seuldagi kvartirada sodir bo‘lgan yong‘inda og‘ir kuyish jarohatini olgan o‘zbekistonlik talaba shifoxonada vafot etdi.

20 may 2019, 11:15

5 kishilik oilani o‘ldirganlikda gumon qilinayotgan shaxslar qo‘lga olindi

Samarqand viloyatida besh kishilik oilani o‘ldirganlikda gumon qilinib qurbonlar yashagan mahallada istiqomat qiluvchi to‘rt nafar ishsiz erkak qo‘lga olindi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting