Jamiyat

23 sentabr 2020, 13:27

Samarqand shahar bosh imom-xatibi olamdan o‘tdi

Samarqand shahar bosh imom-xatibi Nuriddinxon Islomov 73 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

23 sentabr 2020, 12:28

Navoiyda sodir bo‘lgan YTHda ikki nafar shaxs vafot etdi va uch kishi jarohatlandi

Navoiy viloyatida Lacetti haydovchisining qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketib, Nexia avtomobili bilan to‘qnashishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, yana uch kishi tan jarohatlari olgan va kasalxonaga yotqizilgan.

23 sentabr 2020, 12:16

IIBB «hijob kiygan ayollarning ushlanishi» voqeasiga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda hijob kiygan ayollar IIBB tomonidan ushlanganligi aytilgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBBning izohlashicha, ushbu fikrlar haqiqatdan yiroq va ro‘mol o‘ragan ayollarga hech qanday ozor berilmagan. Aytilishicha, ushbu fuqarolar jamoat joyida tibbiy niqobsiz bo‘lgan va inspektorlar tomonidan profilaktik suhbatlar o‘tkazilgan.

23 sentabr 2020, 10:00

Prezident ID-kartalarni joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

2021 yil 1 yanvardan O‘zbekistonda shaxsni identifikatsiyalashning yagona mexanizmini joriy etish boshlanib, 2030 yilgacha pasportlar ID-kartalarga almashtiriladi.

22 sentabr 2020, 23:30

IMEI-kodlarini ro‘yxatga olish tartiblari o‘zgardi

UZIMEI operatori IMEI-kodlarini ro‘yxatga olish tartiblari o‘zgargani haqida ma’lum qildi. Endilikda abonent raqami mahalliy mobil operatorlaridan ariza beruvchi nomiga rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak.

22 sentabr 2020, 14:21 1

Shuhrat Qayumov vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shuhrat Qayumov 51 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

22 sentabr 2020, 12:26

Globus Relief xayriya tashkiloti O‘zbekistonga gumanitar yordam ko‘rsatdi

Globus Relief xayriya tashkiloti (AQSH) O‘zbekistonga koronavirusga kurashishga ko‘maklashish maqsadida 800 ming dollarlik tibbiy preparatlar va mahsulotlarni yetkazib berdi. Gumanitar yordam chekka hududlardagi tibbiyot muassasalariga yuboriladi.

21 sentabr 2020, 18:19

Qaysi holatlarda emlash mumkin emas

Koronavirusga qarshi kurash shtab a’zosi Sevara Ubaydullayeva emlash mumkin bo‘lmagan holatlar to‘g‘risida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, OITS kasalligining turli bosqichlarida, vaksinaning asosiy vositasiga allergiya bo‘lsa va bolalarda ba’zi nevrologik kasalliklarni zo‘rayib borishi davrida emlashga ruxsat berilmaydi.

21 sentabr 2020, 17:23

O‘zbekiston fuqaroligini olish yoki undan voz kechish onlayn-rejimga o‘tkaziladi

O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilish yoki undan chiqish to‘g‘risida arizalarni onlayn tarzda qabul qilish maqsadida «E-Fuqaro» ma’lumotlar bazasi yaratilgan bo‘lib, u oktyabr oyida to‘liq ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

21 sentabr 2020, 16:18

UzAuto Motors Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining qarori ustidan sudga arz qildi

UzAuto Motors Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining qarori ustidan Toshkent shahar ma’muriy sudiga shikoyat qildi. Oldinroq, Monopoliyaga qarshi kurashish ko‘mitasining maxsus komissiyasi tomonidan kompaniyaga asossiz oshirilgan narxlarni bekor qilib, avtomobillarni kamaytirilgan narxlarda sotish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan edi.

21 sentabr 2020, 15:53 1

Chiroqchida gumondorni kaltaklab, o‘ldirib qo‘ygan IIB xodimlariga nisbatan hukm chiqarildi

Chiroqchi tumanida gumondor fuqaroni kaltaklab, o‘ldirib qo‘ygan sobiq IIB xodimlariga hukm chiqarildi. Unga ko‘ra, N.Ovlayev 9 yilga, A.Janqabilov 8 yil 6 oyga, Sh. Raxmonov 6 yilga, A.Tojinorov 5 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilindi. B.G‘ayratovga esa 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

21 sentabr 2020, 14:16

Salqin va quruq ob-havo hafta oxirigacha davom etadi

Hafta oxirigacha O‘zbekiston hududi salqin va quruq havo massasi ta’sirida bo‘ladi, harorat + 22… + 27 daraja atrofida bo‘ladi.

21 sentabr 2020, 13:05

Toshkentda tungi klubdagi pichoqlanishda ikki kishi halok bo‘ldi

Toshkentning Yunusobod tumanida joylashgan Gorod Night Club tungi klubida yuzaga kelgan janjalda bir kishi to‘rt kishini pichoqladi. Ularning ikki nafari halok bo‘ldi, ikki nafari esa shifoxonaga yotqizildi.

21 sentabr 2020, 09:00

Savdo vakilidan direktorgacha: BIZNES AZIYA lavozim pillapoyalaridan ko‘tarilishni taklif qiladi

BIZNES AZIYA kompaniyasi savdo sohasida rivojlanish va o‘z mavqeini oshirishga intilayotgan shijoatli va istiqbolli yoshlarni ishga taklif qiladi.

20 sentabr 2020, 15:00

Kinoteatrlarda «Ibrat» filmining premerasi bo‘lib o‘tadi

«Ibrat» tarixiy badiiy filmi shoir, tarjimon, tarixchi, tilshunos va jadidchi Ishoqxon Ibrat taqdiri haqida so‘zlab beradi.

19 sentabr 2020, 12:11

O‘zbekistonda har yuzta oilada nechta kompyuter, televizor va avtomobil borligi ma’lum bo‘ldi

2019 yilda O‘zbekistonda har 100 oilaga 55 ta kompyuter to‘g‘ri keldi. Avtomobillar 47 tani tashkil qilgan bo‘lsa, televizorlar soni esa 160 tani ko‘rsatmoqda.

19 sentabr 2020, 10:30

Mazali va foydali: qovoqdan tayyorlanadigan pishiriqlar

Zira.uz tayyorlagan ushbu ro‘yxatdan kuzning 7 xil eng yorqin, eng xushbo‘y va eng mazali pishiriqlari — qovoqdan tayyorlangan pishiriqlar retseptlarini topishingiz mumkin.

18 sentabr 2020, 23:16

Kommunal sohadagi loyihalar va tariflar mahalliy kengashlar bilan kelishiladi

O‘zbekistonda kommunal sohadagi loyihalar va tariflar mahalliy kengashlar bilan kelishiladi. Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda 27 ta tumanda ichimlik suvi bilan ta’minlash ishlari tanqid qilindi. Xabar qilinishicha, quvurlar eskirgani sababli har yili qariyb 500 mln kub metr suv yoki o‘rtacha 300 milliard so‘m isrof bo‘lmoqda.

18 sentabr 2020, 22:16 1

Qashqadaryoda o‘limidan oldin xat qoldirgan maktab direktorining vafoti bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilmoqda

Kitob tumanida maktab direktori osilgan holatda topildi. Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, qarindoshlari sud-tibbiyot ekspertizasi ko‘rigidan o‘tkazmasdan uni dafn qilishgan. O‘limidan oldin direktor xat qoldirib, unda hamkasblaridan «har qanday holatda ham korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik»ni so‘ragan.

18 sentabr 2020, 19:04 1

Kun.uz Qashqadaryodagi «temir daftar» bilan bog‘liq «spektakl» haqidagi maqolani o‘chirdi

Kun.uz nashri «temir daftar»da bo‘lmagan shaxslarga yer ajratilgani haqidagi maqolani o‘chirdi. Xabar qilinishicha, sabzavotchilik bilan shug‘ullanish uchun olti kishi o‘rtasida 10 gektar yer bo‘lib berilgan va ular orasida faqat bir kishi ehtiyojmand oilalar ro‘yxatida bo‘lgan. Yana bir fuqaroning holati esa bahsli.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting