Jamiyat

2 noyabr 2020, 15:32

«Propiska»ni qanday qilib onlayn olish mumkin?

Toshkent shahri va viloyatida doimiy ro‘yxatga olish (propiska) bo‘yicha onlayn xizmat yo‘lga qo‘yildi. Xizmatdan foydalanish uchun OneID va elektron raqamli imzo kaliti talab etiladi. Uni qanday olish bo‘yicha qo‘llanma.

2 noyabr 2020, 15:13

Noyabr oyida ob-havo qanday bo‘ladi?

Noyabr oyida o‘rtacha harorat oktyabrga nisbatan 5−7 daraja pastroq bo‘lishi va yog‘ingarchilik ham ko‘proq bo‘lishi kutilmoqda. Oy davomida yomg‘irning qorga aylanish holatlari takrorlanib turadi. Oyning ikkinchi qismidan boshlab harorat kechasi 5−8 daraja iliqdan 0−3 daraja sovuqqacha, kunduzi 17−20 daraja issiqdan 3−6 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi.

2 noyabr 2020, 13:39

Norin daryosi ko‘prigi qayta qurilib, foydalanishga topshirildi

Yaroqsiz holatga kelib qolgani uchun bundan olti oy oldin harakat to‘xtatilib, qatnovlar amalga oshirilmayotgan Norin daryosi ko‘prigi qayta qurilib, foydalanishga topshirildi.

2 noyabr 2020, 13:19

Paxta mavsumida 158 nafar mansabdor shaxsning mehnat qonunchiligini buzgani aniqlandi

Davlat mehnat inspeksiyasi respublika hududlarida 2 570 dan ortiq tashkilot, fermer xo‘jaligi va klasterlarda mehnat munosabatlariga rioya qilinishi yuzasidan tekshiruvlar olib bordi. Unga ko‘ra, 158 nafar mansabdor shaxsning mehnat qonunchiligini buzgani aniqlanib, 577 mln so‘mdan ortiq miqdorda jarimaga tortildi.

2 noyabr 2020, 12:53

«Ko‘mir bo‘yicha shikoyatlar bo‘lmagan» — «O‘zbekko‘mir» bolalar bog‘chasidagi ko‘mir tezaklari haqida

Bolalar bog‘chalari tarbiyachilarining ko‘mirdan tezak yasayotgani aks etgan fotosuratlar tarqalganidan so‘ng «O‘zbekko‘mir» holatlarni o‘rganishga kirishdi. Samarqanddagi holat tasdiqlandi, Andijondagi bolalar bog‘chasi esa topilmadi.

2 noyabr 2020, 11:41

«Tezak hidi keladi» — Senator viloyatlardagi gaz yetishmovchiligi haqida

«Bir yoshi katta onaxon kelib aytayapti: yaqinroq kelib meni hidlang, men va boshqa ayollardan go‘ngning hidi kelayapti, biz tezak yoqayapmiz», — dedi senator Qutbiddin Burxonov. U gaz korxonalarini tanqid qilib, hududlarda gaz tanqisligi natijasida yuzaga kelgan vaziyatga e’tibor qaratdi. Parlamentning yana bir a’zosi nima sababdan 25−30 yil davomida gaz quvurlari almashtirilmaganligi to‘g‘risida savol qo‘ydi.

31 oktabr 2020, 18:19

Ko‘mirdan tappi tayyorlayotgan bolalar bog‘chasi tarbiyachilari haqidagi xabarga izoh berildi

So‘nggi paytlarda maktabgacha ta’lim muassasalarining tarbiyachilari sifatsiz ko‘mirdan qo‘lbola briket tayyorlayotgani haqida xabar tarqalgan edi. Ushbu masalaga MTV matbuot anjumanida aniqlik kiritildi.

31 oktabr 2020, 17:43

Ilhom Mahkamov transport vaziri v. b. etib tayinlandi

Transport vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelgan Ilhom Mahkamov vazir vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

31 oktabr 2020, 15:07 17

O‘zbekistonliklarga yurgani uchun pul to‘lanadi

Fuqarolarga bir kun davomida 10 ming va undan ortiq qadam yurganlari uchun 3 ming so‘m, bir oy davomida bosib o‘tilgan eng ko‘p qadamlar uchun esa 1 mln so‘m to‘lanishi belgilandi. Buning uchun har bir tuman markazi va shaharlarda piyoda va velosipedda yurish uchun «Salomatlik yo‘laklari» tashkil etiladi.

31 oktabr 2020, 12:27

Ikki nafar kollej o‘quvchisi is gazidan zaharlanib, vafot etdi

Navoiy viloyatidagi uylarning birida is gazining sizib chiqqanligi natijasida aka-ukalar zaharlanib, vafot etdi.

31 oktabr 2020, 11:35

Namanganlik ayol farzandlari bilan suv omborida cho‘kib ketdi

Namangan viloyatida ayol avval farzandlarini, so‘ng o‘zini suv omboriga tashlab, cho‘kib ketdi. Tirik qolganlar yo‘q.

31 oktabr 2020, 10:58

Davlat organlari rahbarlari sport bilan shug‘ullanishadi

2021 yildan boshlab davlat organlari rahbarlari va barcha xodimlari ish vaqtidan so‘ng haftada kamida bir marta jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishadi. Rahbarlar shaxsiy na’munalari orqali semizlik darajasini kamaytirish, vazn ko‘rsatkichlarini yaxshilash, salomatlikni mustahkamlash uchun qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Davlat organlari jamoa shartnomalarida ishlab chiqarish gimnastikasi mashqlari joriy qilinadi.

31 oktabr 2020, 10:45

Limondan nimalar tayyorlash mumkin?

Limonli kurd, murabbo, pechene va yana boshqa qiziqarli limonli shirinliklar retseptlarini Zira.uz tayyorlab qo‘ygan ro‘yxatdan topishingiz mumkin.

30 oktabr 2020, 22:38

Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentiga hamdardlik bildirdi

Turkiyada sodir bo‘lgan 6,6 ballik zilziladan so‘ng 97 marta aftershok qayd etildi, ulardan 20 tasining magnitudasi 4 dan oshdi. Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentiga hamdardlik bildirdi.

30 oktabr 2020, 18:58

Maktab direktorlari tanlov asosida ishga qabul qilinadi

Prezident maktablarda o‘quv yuklamasi va darslar sonini qayta ko‘rib chiqish, o‘quvchilarni faqat yodlashga emas, balki fikrlashga chorlaydigan metodika yaratish zarurligini ta’kidladi. Endilikda maktab direktorlarini lavozimga tayinlash bevosita mahalliy kengashlar bilan kelishilgan holda, tanlov asosida amalga oshiriladi.

30 oktabr 2020, 17:53

Sud UzAuto Motors ishi bo‘yicha MQKQ qarorini haqiqiy emas deb topdi

Toshkent shahar ma’muriy sudi UzAuto Motors AJning Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi qarorini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi shikoyat arizasini qanoatlantirdi. Qo‘mitadan UzAuto Motors tomonidan to‘langan davlat bojini undirilishi belgilandi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi sud qarori ustidan shikoyat qilishini ma’lum qildi.

30 oktabr 2020, 15:19

Abituriyentlardan jami 80 mlrd so‘mdan ko‘proq mablag‘ kelib tushgan — DTM

DTM bu yil o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari uchun ro‘yxatdan o‘tishda abituriyentlardan jami 80 mlrd so‘mdan ko‘proq mablag‘ kelib tushganini ma’lum qildi.

30 oktabr 2020, 14:21

Dam olish kunlari havo iliqlashadi

O‘zbekiston hududiga Erondan issiq havo kirishni boshladi. Dam olish kunlari respublikada ob-havo iliq bo‘lib, harorat kunduzi 17−22 darajagacha, kechasi 2−7 daraja atrofida bo‘ladi.

30 oktabr 2020, 13:25

Yurak nuqsoni bor bolalarga tashhis bepul qo‘yiladi

Akademik V.Vohidov nomidagi RIXIATMda 2 noyabrdan 8 noyabrgacha barcha hududlardan tug‘ma yurak nuqsoni bo‘lgan bolalarga bepul tashhis qo‘yiladi.

30 oktabr 2020, 12:29

DTM test sinovlari uchun amalga oshirilgan xaridlar bo‘yicha izoh berdi

Davlat test markazi dastlab 1 mln dona bosh kiyim yetkazib berilishi uchun 7 mlrd 100 mln 100 ming so‘mga shartnoma tuzgan. Biroq korxona belgilangan miqdorda bosh kiyimlarni yetkazib bera olmagani uchun dastlabki shartnoma bekor qilinib, boshqa korxonalar bilan ham shartnomalar imzolangan.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting