Jamiyat

27 mart 2020, 14:28

Fatvo: Koronavirus kasalligi mavjud bo‘lgan mayyitni dafn etish to‘g‘risida

O‘zbekiston musulmonlari idorasi koronavirus kasalligi mavjud bo‘lgan mayyitni dafn etish borasidagi fatvoni e’lon qildi.

27 mart 2020, 13:33

Karantin qoidalariga rioya qilmaslik bilan bog‘liq 3649 ta huquqbuzarlik aniqlandi

Respublika bo‘yicha jami 3649 ta karantin qoidalariga rioya qilmaslik bilan bog‘liq huquqbuzarliklar aniqlandi. Ularning 3401 tasi tibbiy niqob taqmasdan yurish bilan bog‘liq.

27 mart 2020, 13:07

Kontrakt to‘lamagan talabalarga stipendiya berilmasligi haqidagi xabarlar rad etildi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kontrakt to‘lamagan talabalarga stipendiya berilmayotgani haqida xabarlarni rad etib, barcha talabalarga stipendiyalar belgilangan tartibda to‘liq to‘lab borilishini ma’lum qildi.

27 mart 2020, 12:59

Viloyatlar o‘rtasida barcha turdagi transport harakati to‘xtatildi

27 martdan viloyatlar o‘rtasidagi barcha turdagi transport turlari harakati to‘xtatildi. Yuk tashuvlari bundan mustasno.

27 mart 2020, 10:37

O‘zbekistonda koronavirusdan birinchi bemor vafot etdi

Koronavirus tashhisi bilan shifoxonaga yotqizilgan 72 yoshli namanganlik ayol o‘tkir miokard infarktidan vafot etdi.

26 mart 2020, 21:31

300 mingta ekspress-test va 500 ta sun’iy nafas oldirish apparati sotib olinadi

Prezident 300 mingta ekspress-test va 500 ta sun’iy nafas oldirish apparati xarid qilishni topshirdi. Tibbiyot niqoblari ishlab chiqarishni kuniga 5 million donaga yetkaziladi.

26 mart 2020, 20:19

Xususiy shifoxonalar ham koronavirusga chalingan bemorlarga xizmat ko‘rsatishi mumkin

Xususiy shifoxonalarga koronavirusga chalingan bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatishga vaqtincha ruxsat berildi. Ular ro‘yxati SSV tomonidan tendersiz tuziladi. Kasallarni davolash xarajatlari esa Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasi tomonidan qoplanadi.

26 mart 2020, 16:13

Karantin davrida bir qator xorijiy telekanallar ochiq rejimda efirga uzatiladi

Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tiklangunga qadar fuqarolar uchun «Indiyskoye kino», «Dom Kino», «Disney», «Yeuronews» va «Discovery channel» kanallari ochiq rejimda efirga uzatiladi.

26 mart 2020, 15:07

Qashqadaryoda chinor kesgan fermer katta miqdorda jarimaga tortildi

Qarshi tumanida fermer ko‘p yillik chinorlarni noqonuniy kesib, tabiatga 100 mln so‘mlik zarar yetkazdi. Unga nisbatan sud qarori rasmiylashtirildi.

26 mart 2020, 14:57

Karantin qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda: niqob, yolg‘on xabarlar va boshqalar

Senat qonunchilikka epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzganlik javobgarlikni kuchaytiruvchi o‘zgartishlar kiritilishini ma’qulladi. Epidemiya sharoitida yolg‘on xabarlarni tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etilmoqda.

26 mart 2020, 13:41

Karantin qoidalarini buzgan 980 kishi ma’muriy javobgarlikka tortildi

O‘zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida joriy etilgan karantin qoidalarini buzgani uchun 980 kishiga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rildi.

26 mart 2020, 12:41

Koronavirusga qarshi kurashish uchun kasalxonalar qurilishi boshlandi

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashish uchun shifoxonalar qurilishi boshlandi. Ulardan birinchisini 5 kun ichida foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda.

26 mart 2020, 12:00

1 apreldan nimalar o‘zgaradi?

YATTlar uchun ijtimoiy soliq miqdorining kamaytirilishi, 1995 yilgacha O‘zbekistonga kelganlarning fuqaro deb tan olinishi, yer uchastkalarini dehqonchilik uchun ochiq tanlov orqali ajratish tajribasi va boshqalar — 1 apreldan nimalar o‘zgaradi?

26 mart 2020, 11:24

Shoir Oxunjon Hakimov olamdan o‘tdi

O‘zbekiston xalq shoiri Oxunjon Hakimov 86 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

26 mart 2020, 11:16

O‘zbekistonda zilzila qayd etildi

Tojikiston hududida sodir bo‘lgan zilzila Toshkent va boshqa shaharlarda ham sezildi. Poytaxtda yer osti silkinishlari kuchi 4 balni tashkil etdi.

25 mart 2020, 22:26

Yana uch fuqaroda koronavirus aniqlandi

Xorijda bo‘lib qaytgan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan yana uch fuqaroda COVID-19 aniqlanib, holatlar soni 59 taga yetdi. 25 mart kuni jami 9 kishining virus yuqtirgani tasdiqlandi.

25 mart 2020, 17:57

So‘rov: Respondentlarning 54 foizi oziq-ovqat mahsulotlar narxlari oshganini ma’lum qildi

«Ijtimoiy fikr» so‘rov o‘tkazgan 54 foiz respondentlar oziq-ovqat mahsulotlari narxlari koronavirus sababli oshganini ma’lum qildi. Ayniqsa, Buxoro, Andijon, Namangan va Samarqand viloyatlari aholisi narx oshganini qayd etgan.

25 mart 2020, 16:03

IIV chiqindixonadan tibbiy niqoblar yig‘ib yurgan erkak haqida ma’lumot berdi

Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati chiqindi to‘kish joyidan tibbiy niqoblar yig‘ayotgan kishi bilan bog‘liq videoni o‘rganib chiqdi va tibbiy mahsulotlar qayta sotilmaganini ma’lum qildi. Vazirlik fuqarolardan foydalanilgan tibbiy niqoblarni imkon qadar yo‘q qilish yoki yaroqsiz holga keltirishni so‘radi.

25 mart 2020, 15:12

Surxondaryoliklar uyidan Qizil kitobga kiritilgan hayvonlar topildi

Surxondaryo viloyatida ikki fuqaroning uyidan Qizil kitobga kiritilgan Buxoro qo‘yi va bo‘ri topildi. Jonivorlar Termiz hayvonot bog‘iga jo‘natildi.

25 mart 2020, 14:08

Karantin qoidalariga rioya qilmagan 67 kishi javobgarlikka tortildi

O‘zbekistonda karantin qoidalariga rioya qilmagan 64 kishi ma’muriy, 3 kishi jinoiy javobgarlikka tortildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting