29 fevral, shanba

Jamiyat

Farg‘onada aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan 14 nafar shaxsga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 

Farg‘ona viloyat prokuraturasi o‘tkazgan sayyor qabulda 186 nafar voyaga yetmaganning huquqi himoya qilinishiga erishildi va 23 nafar yosh oila yarashtirildi.

Navoiyda gaz qo‘yish shaxobchasida bosim natijasida chaqnash yuz berdi 

Qiziltepada metan gaz qo‘yish shaxobchasida avtomashinaga o‘rnatilgan gaz baloni bosim natijasida to‘satdan chaqnashi natijasida 2 qismga bo‘linib ketdi.

Toshkentda xalqaro yuridik forum o‘tkaziladi 

O‘zbekiston tarixida ilk marotaba 25−27 aprel kunlari xalqaro yuridik forum bo‘lib o‘tadi.

Fransiyada «O‘zbek bog‘i» va Ibn Sino haykali ochildi 

Fransiyaning Ryuey-Malmezon shahrida «O‘zbek bog‘i» ochildi. Unga Buxorodan keltirilgan daraxtlar o‘tqazilib, Ibn Sino haykali o‘rnatildi.

O‘zbekiston aholisi 33,37 mln kishidan oshdi 

Yil boshidan buyon O‘zbekiston aholisi 120 mingdan ziyodroqqa ko‘payib, 33 million 375 ming 800 kishini tashkil etdi.

Prokuratura organlari tomonidan 303,9 mlrd so‘m yetkazilgan moddiy zarar undirildi 

Prokuratura organlari tomonidan 2019 yil 3 oyi davomida tergov qilingan jinoyat ishlari bo‘yicha 330,8 mlrd so‘m zarar aniqlandi.

Qozog‘istondagi YTHda halok bo‘lganlarning jasadlari O‘zbekistonga olib kelindi 

20 aprel kuni Qozog‘istonda yo‘lovchi avtobusi ishtirokidagi avariyada halok bo‘lgan uch o‘zbekistonlikning jasadlari Vatanga olib kelindi.

Tank biatloni bo‘yicha xalqaro musobaqada O‘zbekiston harbiylari ilk bor qatnashadi 

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari birinchi marta Xalqaro armiya o‘yinlari doirasida o‘tkaziladigan «Tank biatloni"da ishtirok etadi.

«Study in Uzbekistan» markazi tashkil etilmoqda 

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida «Study in Uzbekistan» («O‘zbekistonda tahsil ol») PR-markazi tashkil etiladi.

Sergelida 2 686 ta xonadon o‘rganildi, 283 tasida kamchilik aniqlanib, bartaraf etildi (+video) 

Sergelida uylarning narxlari masalasini o‘rganish, ularni imkon qadar arzonlashtirish bo‘yicha taklif ishlab chiqish bo‘yicha komissiya tuzildi.

Bosh prokuratura «Qodirov ishi» doirasida hibsga olinganlarga qiynoq qo‘llanilganini rad etdi 

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi sobiq bosh prokuror Rashitjon Qodirov ishi bo‘yicha hibsga olingan Ulug‘bek Sunnatov va Ulug‘bek Hurramovga nisbatan qiynoqlar haqidagi xabarlarni rad etdi.

Qozog‘istondagi YTHda jabrlanganlar O‘zbekistonga olib kelindi 

Qozog‘istonning Jambil viloyatidagi YTHda jabrlangan to‘qqiz o‘zbek fuqarosi O‘zbekiston FVV maxsus bortida O‘zbekistonga olib kelindi. Bir fuqaro Tarazdagi shifoxonada qolmoqda.