Jamiyat

12 iyun 2020, 10:12

FVV: Qirg‘izistondagi zilzila Andijonda sezildi

3,4 magnitudalik zilzila Qirg‘izistonda sodir bo‘lib, uning ta’siri (2 ball) Andijon shahrida sezildi. O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmadi. Talofatlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.

11 iyun 2020, 19:03

Namangan viloyatida 1200 kishilik karantin markazi qurildi

Namangan viloyatining Pop tumanida 1200 kishilik karantin markazi qurildi. Har bir boks dush, konditsioner, televizor bilan ta’minlangan va to‘rt kishiga mo‘ljallangan.

11 iyun 2020, 13:17

Foizsiz bo‘lib to‘lashga avtomashina olib beruvchi yana bir kompaniya faoliyatiga chek qo‘yildi

Foizsiz bo‘lib to‘lashga avtomashina olib beruvchi yana bir kompaniya faoliyatiga chek qo‘yildi. Tergov uning faoliyatida moliyaviy piramida alomatlari mavjudligini aniqladi. Fuqarolardan olingan pullarning yarmidan ko‘prog‘ini kirim qilib, qolgan 1,5 mlrd so‘mni o‘zlashtirib yuborgan.

11 iyun 2020, 06:09

Turk kengashi koronavirus bo‘yicha vaziyatni monitoring qilish tizimini ishlab chiqadi

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo davlatlar koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatni monitoring qilish tizimini ishlab chiqadi.

11 iyun 2020, 05:22

«O‘zbekkonsert» rahbari o‘zgardi

«O‘zbekkonsert» davlat muassasasi rahbari Odiljon Abduqahhorov o‘z lavozimini tark etdi. Uning o‘rniga Alisher Jamaldinov vaqtincha direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

10 iyun 2020, 19:50

Zominda seldan zarar ko‘rgan 19 ta qishloqdagi bino va ko‘priklar ta’mirlanmasdan qolmoqda

Jizzax viloyatining Zomin tumanida aprel-may oylarida kuzatilgan kuchli shamol va sel oqibatida zarar ko‘rgan 19 ta qishloqdagi uy va yordamchi xo‘jalik binolari, ichimlik suv tarmoqlari va ko‘priklar ta’mirlanmasdan qolmoqda. Viloyatning boshqa tuman va qishloqlarida ham jiddiy muammolar mavjud.

10 iyun 2020, 19:34

Janubiy Koreyadan ta’tilga kelgan fuqarolarning bir guruhi charter reysda qaytib ketdi

Janubiy Koreyada mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan va pandemiya sababli mehnat ta’tili uchun O‘zbekistonga kelgan fuqarolardan 31 nafari charter reys orqali jo‘nab ketdi.

10 iyun 2020, 18:41

Chilonzorda ikki Lacetti va velosiped to‘qnashdi

Toshkentning Chilonzor tumanida ikkita Lacetti va velosiped to‘qnashdi. Velosipedchi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi.

10 iyun 2020, 18:25 3

Jismoniy tarbiya yo‘nalishida kasbiy imtihonlarni o‘tkazish tartibiga aniqlik kiritildi

Jismoniy tarbiya yo‘nalishida kasbiy imtihonlar 11 iyuldan 20 iyulga qadar o‘tkaziladi. Suzish bo‘yicha imtihon esa olib tashlandi. Karantin cheklovlari davom etgan taqdirda, kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish muddatlariga o‘zgartirish kiritilishi mumkin.

10 iyun 2020, 13:22

Andijonda yosh ona tug‘ruqxonada o‘z joniga qasd qildi

Andijonda bir necha kun muqaddam birinchi farzandini dunyoga keltirgan yosh ona viloyat perinital markazi yerto‘lasida o‘z joniga qasd qildi.

9 iyun 2020, 20:03

Madaniyat vazirligi qiziqchilarning YPX xodimlaridan uzr so‘raganiga munosabat bildirdi

Hajviya, satira, askiya borasida san’at chegaralanmasligi kerak — Madaniyat vazirligi «Sho‘rdanak» va «Qalpoq» hajviy guruhi a’zolarining YHXB xodimlaridan kechirim so‘raganiga yuzasidan munosabat bildirdi.

9 iyun 2020, 18:22

Boysunda noqonuniy ekstremistik oqim faoliyatiga chek qo‘yildi

Surxondaryoda “Jihodchilar” guruhi faoliyatiga chek qo‘yildi. Uning a’zolari Rossiyada mehnat muhojirlari sifatida yashash vaqtida terrorchilik tashkilotlari ta’siriga tushib, uylariga qaytganidan keyin ekstremistik materiallarni tarqatib kelgan, deya xabar berdi IIV.

9 iyun 2020, 16:00

“Ta'lim to‘g‘risida"gi yangi qonun va inklyuziya: qanday bo‘lishi kerak?

“Talim to‘g‘risida"gi qonunning yangi tahrirdagi loyihasi Oliy Majlis Senati tomonidan o‘rganilmoqda. U inklyuziv ta’lim tamoyillariga to‘g‘ri keladimi?

9 iyun 2020, 14:38

Jizzax viloyatida maktab va bolalar bog‘chalari yaqinida tezlik cheklanishi mumkin

Jizzax viloyatida maktab va bolalar bog‘chalari yaqinida tezlikni cheklovchi yo‘l belgisini o‘rnatish taklif etildi. Ta’lim muassasalari yaqinida eng yuqori tezlikning soatiga 50 km bo‘lishi kutilmoqda.

9 iyun 2020, 12:44

Toshkentda Sankt-Peterburg universiteti filiali ochiladi

Toshkentda Sankt-Peterburg davlat universitetining filialini tashkillashtirish rejalashtirilmoqda. OTMda ta’lim rus tilida tashkil etilib, sharq tillari filologiyasi, etnografiya, sharq mamlakatlari iqtisodiyoti va biotibbiyot kabi yo‘nalishlarda mutaxassislar tayyorlanadi.

9 iyun 2020, 11:42

DTM test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan binolar ro‘yxatini e’lon qildi

Davlat test markazi tomonidan 2020−2021 o‘quv yili qabulida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan binolar ro‘yxati e’lon qilindi.

8 iyun 2020, 22:13

Toshkentda Archako‘chadagi janjalda pichoqlanganlardan biri olamdan o‘tdi

Toshkentda sodir bo‘lgan pichoqbozlikka dorixona daromadlarini bo‘lisha olmaslik sabab bo‘lgani ma’lum qilindi. Jarohatlanganlardan biri olamdan o‘tdi.

8 iyun 2020, 21:08

“Sho‘rdanak” va “Qalpoq” YHXB xodimlari haqidagi hazillari uchun uzr so‘rashdi

“Sho‘rdanak” va “Qalpoq” hajviy guruhi a’zolari YHXB xodimlari haqida tayyorlagan yumoristik ko‘rsatuvlaridagi hazillari uchun kechirim so‘rashdi.

8 iyun 2020, 20:30

FVV tog‘ va og‘oldi hududlarida sel kelishidan ogohlantirdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi respublikaning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel xavfi haqida ogohlantirish berdi.

8 iyun 2020, 16:19

Andijonda musiqa va san’at maktabi direktori o‘qituvchini pichoqladi

Andijon viloyatida musiqa va san’at maktabi direktorining xizmat xonasida maosh tufayli janjal kelib chiqdi. Rahbar pichoq bilan o‘z xodimiga yengil tan jarohatlari yetkazdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting