Jamiyat

30 sentabr 2020, 20:34

Oktyabr oyida ob-havo qanday bo‘ladi?

Bu yil oktyabr oyi quruq ob-havo bilan boshlanadi, havo harorati kechasi +5… +10 daraja, kunduzi +25 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda. Kuzning ikkinchi oyi prognozi O‘zgidromet sharhida.

30 sentabr 2020, 18:10

Abxaziyadagi o‘zbekistonliklarni oktyabr oyi boshida qaytarish rejalashtirilmoqda

Abxaziyada qiyin ahvolda qolgan 400 nafarga yaqin o‘zbekistonlikning ayollar, homiladolar, qariyalar va bolalardan iborat birinchi guruhini oktyabr oyi boshlarida vatanga qaytarish rejalashtirilmoqda.

30 sentabr 2020, 14:30 1

Prezident uch nafar ma’rifatparvar jadidni vafotidan so‘ng taqdirladi

Milliy ta’lim va tarbiya tizimini yaratishga beqiyos hissa qo‘shgan Abdulla Avloniy (1878−1934), Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875−1919) va Munavvarqori Abdurashidxonov (1878−1931) «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangani

30 sentabr 2020, 14:06

O‘zbek qizlarini koreys erkaklariga xotinlikka tayyorlash haqidagi videoga izoh berildi

O‘zbek qizlarini Janubiy Koreya fuqarolariga turmushga berishga tayyorlash bilan poytaxtdagi SEJONG HAKDANG o‘quv markazi shug‘ullanayotgani ma’lum bo‘ldi. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi ushbu holat yuzasidan izoh berdi.

30 sentabr 2020, 13:42

Tabiatga zarar yetkazilgani haqida xabar bergan shaxslarga pul mukofoti beriladi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar haqidagi fotosuratlar va videoyozuvlar ko‘rib chiqiladi hamda ularni yuborganlar huquqbuzardan undirilgan jarimaning 15 foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

30 sentabr 2020, 11:40

1 oktyabrdan nimalar o‘zgaradi (eslatma)?

O‘zgarayotgan aksiz solig‘i stavkalari, tadbirkorlar uchun yangi imtiyoz, kuchga kirayotgan yangi tartiblar — 1 oktyabrdan nimalar o‘zgaradi?

30 sentabr 2020, 10:44

Katta yoshdagilarga ta’lim berish — dolzarb masala

O‘zbekiston katta yoshdagi aholisining deyarli 60 foizida zarur bilim va malaka yetishmasligi seziladi. Bu ko‘p yillar davomida aholi uchun oliy ma’lumot olish imkoniyati cheklangani bilan izohlanadi. Katta yoshdagilarga ta’lim berish rivojlantirish ushbu bo‘shliqni to‘ldirish imkonini berib, ish kuchi malakasini oshirishga xizmat qilardi. Senator Diloram Toshmuhamedova «Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonunning yangi tahriri va katta yoshdagilarga ta’lim berish qanday rivojlanishi kerakligi haqida fikr yuritadi.

30 sentabr 2020, 09:00

1 oktyabrdan mamlakat kinoteatrlarida «Ibrat» filmi namoyish etiladi

«Ibrat» tarixiy badiiy filmi shoir, tarjimon, tarixchi, tilshunos va jadidchi Ishoqxon Ibrat taqdiri haqida so‘zlab beradi.

29 sentabr 2020, 22:05

Samarqand turizm universiteti prorektorining diplomi soxtaligi haqidagi xabarlar isbotini topmadi

Samarqand xalqaro turizm universiteti prorektor Azamat Akbarovning diplomi soxta ekani haqidagi maqolalarga sakkiz oy o‘tganidan so‘ng raddiya berib, ulardagi iddaolar o‘z isbotini topmaganini ma’lum qildi.

29 sentabr 2020, 15:22

Xivada «Lazgi» xalqaro raqs festivali o‘tkaziladi

2022 yildan boshlab Xivada har ikki yilda bir marta «Lazgi» xalqaro raqs festivali hamda uning doirasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.

29 sentabr 2020, 13:49

Sug‘urta polisi yonida bo‘lmagan haydovchilarning transport vositalari endi ushlab turilmaydi

Endilikda haydovchining yonida sug‘urta polisi bo‘lmagani sababli uning avtomashinasi jarima maydonchasiga joylashtirilmaydi. Bu prezident imzolagan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlarda ko‘zda tutilgan.

29 sentabr 2020, 13:01

Rostov va Samaradagi lagerlarda yashagan barcha o‘zbekistonliklar o‘z vatanga qaytarildi — TIV

Samara va Rostov viloyatlaridagi chodirlar lagerlarida yashagan barcha O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi, deya xabar berdi TIV. Vazirlik vatanga mashinalarda qaytish uchun yo‘lovchi to‘playotgan xususiy tashuvchilarga ishonmaslikka chaqirdi.

29 sentabr 2020, 09:06

O‘zbekiston vaksinalar ishlab chiqarish va eksport qilishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston hukumati Xitoyning ikkita kompaniyasi bilan koronavirusga qarshi vaksinalar sinovining so‘nggi bosqichlarini o‘tkazish bo‘yicha bitimlar imzoladi. Kelgusida dori vositasini ishlab chiqarish va uni qo‘shni davlatlarga eksport qilish rejalashtirilmoqda. Rossiya kompaniyalariga ham vaksinani birgalikdan sinovdan o‘tkazish taklif qilindi.

28 sentabr 2020, 23:31

Buloqboshida ayanchli YTH sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor

Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida VOLVO yuk mashinasi yo‘l chetidagi uyga borib urildi va uy atrofida o‘ynab yurgan ikki bolani bosib ketdi. Haydovchi va bolalar shifoxonada vafot etdi.

28 sentabr 2020, 18:59

Bolasining onlayn ta’limiga sharoit yaratib bermagan ota-onalarga chora ko‘riladimi?

Xalq ta’limi vazirligi bolasini masofaviy ta’lim shaklida o‘qitayotgan oilalarda farzandining onlayn o‘qishi uchun sharoit yaratib bermagan ota-onalarga nisbatan chora ko‘rilishi haqidagi savolga javob berdi.

28 sentabr 2020, 17:28

O‘zbekistonning sobiq davlat kotibi Rahim Rajabov vafot etdi

O‘zbekistonning birinchi va oxirgi davlat kotibi, sobiq bosh vazir Rahim Rajabov vafot etdi.

28 sentabr 2020, 16:13

Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonga COVID-19 ga qarshi kurashish uchun 2 mln yevrodan ortiq mablag‘ ajratdi

O‘zbekistonda COVID-19 ning keng tarqalishini oldini olish uchun Yevropa Ittifoqi tomonidan 2 mln yevrodan ortiq mablag‘ ajratildi. Ushbu mablag‘lar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan ishlamaydigan, boshqa sohadagi tibbiyot xodimlarini shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlashga sarflanadi.

28 sentabr 2020, 14:44

O‘zbekistonliklar Janubiy Koreyaga soxta COVID-19 ma’lumotnomalari bilan borayotgani aniqlandi

O‘zbekistondan Janubiy Koreyaga borayotgan fuqarolardan koronavirus yo‘qligi to‘g‘risidagi soxta ma’lumotnomalar aniqlanmoqda. Bundan tashqari, ularning ayrimlarida COVID-19 qayd etilmoqda. Shu sababli Janubiy Koreya elchixonasi test natijalari ustidan konsullik nazorati tizimini joriy etdi.

28 sentabr 2020, 13:38

Haftaning birinchi qismida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Haftaning birinchi qismida O‘zbekistonda yomg‘irli ob-havo kuzatiladi. 29−30 sentyabr kunlari havo harorati 15−20 darajagacha pasayadi. Haftaning ikkinchi yarmidan boshlab ob-havo yog‘ingarchiliklarsiz bo‘lishi kutilmoqda.

28 sentabr 2020, 09:45

1 oktyabrdan nimalar o‘zgaradi?

O‘zgarayotgan aksiz solig‘i stavkalari, tadbirkorlar uchun yangi imtiyoz, kuchga kirayotgan yangi tartiblar: 1 oktyabrdan nimalar o‘zgaradi?


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting