Oqqo‘rg‘on tumanida “Mahalla” xayriya jamoat fondi va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasining 153,2 mln so‘mlik xayriya mablag‘larini talon-toroj qilgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
O‘tgan yilning yozida Toshkentning Yunusobod tumanida mashinasida 3 o‘smirni urib yuborib, ulardan birining o‘limiga sabab bo‘lgan ayol ustidan sud jarayoni yakunlandi. Haydovchi Larisa Tolmacheva aybdor deb topilib, to‘rt yilga qamaldi.
Dushanba va seshanba kunlari momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘ib, shamol tezligi soniyasiga 28 metrgacha kuchayishi mumkin. Hafta o‘rtasidan esa quyoshli havo kuzatiladi va harorat +32…+35 darajagacha ko‘tariladi.
Rossiyada bo‘lib turgan birinchi 202 nafar o‘zbekistonlikka 1,2 mln rubllik yordam puli tarqatildi.
Kuchli shamol Xorazmda tashkilotlar va uylarning tomlarini uchirib yubordi. Daraxtlar va elektr tarmoqlariga ham zarar yetdi.
Prokuratura Sardoba suv ombori to‘g‘onining buzilishi yuzasidan olib borilayotgan jinoiy ish bo‘yicha 4 ta asosiy tergov taxminini tekshirmoqda. Ular — loyihalashdagi xatoliklar, qurilish me’yorlariga rioya etmaslik, ekspluatatsiya jarayonidagi xatoliklar va tabiiy ofat taxminlari. Jami 170 nafardan ziyod kishi so‘roq qilindi.
Sardoba suv ombori to‘g‘oni o‘pirilishi natijasida yuzaga kelgan suv toshqinidan eng kamida 6 kishi qurbon bo‘lgan, bir kishi bedarak yo‘qolgan.
Sardoba suv ombori to‘g‘oni loyihaviy konstruksiyasidan kelib chiqqan holda tuproq va toshli bo‘lgan. Beton va armatura esa faqatgina suv chiqish joyida qo‘llanilgan — suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari.
“O‘zbekiston rasmiy davlat tiliga ega suveren mamlakat. Qolganlar ham shu suverenlikni hurmat qilishi shart”, — Rasul Kusherbayev. Deputatlar Rasul Kusherbayev, Akmal Burxonov va boshqalar davlat tilida ish yuritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi yuzasidan Rossiya TIV rasmiy vakilining fikrlariga munosabat bildirishdi.
Endilikda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining advokat yordamidan voz kechish, shuningdek, shaxsni ushlash va tintuv qilish jarayonlari videoyozuv orqali qayd etilishi shart. Prezident bu haqdagi qonunni imzoladi.
Dam olish kunlari yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi va shamol tezligi soniyasiga 20 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati o‘rtacha ko‘rsatkichlardan 3−6 daraja past bo‘ladi.
«O‘zbekinvest» milliy sug‘urta kompaniyasi Sirdaryo viloyatining Sardoba, Mirzaobod, Oq oltin tumanlarida suv toshqinidan jabr ko‘rgan oilalarga 150 mln so‘mlik xayriya yordamini yubordi. Kompaniya sug‘urta qoplamalarini to‘lab berishni ham boshladi. Buning uchun 5 mlrd so‘m miqdorida zahira shakllantirilgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Samarqandda tibbiyot xodimining 34 kishiga koronavirus yuqtirgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgani yuzasidan norozilik bildirdi. Vazirlik infeksiya yuqtirilgan yuzlab holatlardan faqatgina tibbiyot xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi asossiz ekanini ta’kidladi.
18 maydan boshlab “sariq” toifadagi hududlarda soat 06:00 dan 22:00 ga qadar shaxsiy avtotransportlarda maxsus ruxsatnomasiz harakatlanish mumkin bo‘ladi. “Qizil” toifadagi hududlarda faqat belgilangan vaqtda shaxsiy avtomobillarda harakatlanish mumkin. Bundan tashqari, shaharlar orasida ba’zi aviaqatnovlar va temir yo‘l qatnovlari tiklanishiga ruxsat berildi.
O‘zbekiston hududida zilzila sodir bo‘ldi. Namanganda uning kuchi 5 balni tashkil etdi.
Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani «Ulug‘bek» mahallasi (Ulug‘bek shaharchasi) hududida karantin choralari kuchaytirildi. Kirish va chiqish to‘liq yopildi, aholiga faqat zarurat tug‘ilgandagina ko‘chaga chiqish tavsiya etilmoqda.
Alisher Usmonov jamg‘armasi ajratgan mablag‘lar suv toshqinidan jabrlangan Sirdaryo viloyati aholisiga tarqatiladi. Hukumat tomonidan ham moliyaviy yordam ko‘rsatilishi kutilmoqda.
Gulnora Karimovaning jinoiy yo‘l bilan orttirilgan 10 mln dollarlik aktivlari Fransiyadan O‘zbekistonga qaytarildi. Mulklarni qaytarish bo‘yicha muzokaralar davom ettirilmoqda.
Bekobodda o‘zini bloger deb tanishtirgan shaxs bozordagi kamchiliklarni yoritmaslik uchun nazoratchidan 1000 dollar talab qildi. U aytilgan pulning 700 dollarini olayotganda ushlandi.
Rossiya-Qozog‘iston chegarasida uyga qaytishni xohlagan yuzlab O‘zbekiston fuqarolari yig‘ildi. Ular vatanga qaytish uchun Qozog‘iston orqali yo‘lak tashkil etilishini talab qilmoqda. Vaziyat Respublika komissiyasi tomonidan o‘rganilmoqda.
Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting