Jamiyat

8 oktabr 2019, 16:52

Toshkent shahar IIBB voyaga yetmagan qizlarga qiziqish bildirayotgan erkak haqidagi xabarlarga izoh berdi

Telegram messenjerida maktab o‘quvchilarining onalari Toshkentda bir erkak voyaga yetmagan qizlarga qiziqish bildirayotganligi haqidagi xabarni ulashayotgani yuzasidan IIBB boshlig‘i ushbu audioxabarlarni ariza sifatida ko‘rib chiqish topshirig‘ini berdi.

8 oktabr 2019, 16:43

Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi aholisiga narkologik yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.

8 oktabr 2019, 15:52

SSV Toshkentda «Tez yordam»ga yo‘l berilmagani natijasida bir fuqaro vafot etganini ma’lum qildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent xalqaro aeroportidan bo‘lgan chaqiriqqa otlangan «Tez yordam» mashinasining tirbandlikka duch kelib, kechikib borgani oqibatida bir kishi olamdan o‘tgani haqida ma’lumot berdi.

8 oktabr 2019, 15:35

Toshkent xalqaro seminari yakunlari: IHTning yoshlar huquqlariga oid Deklaratsiyasi imzolandi

Toshkentda o‘tkazilgan Islom hamkorlik tashkiloti Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiyasining 6-seminari nihoyasiga yetdi.

8 oktabr 2019, 12:24

MTV Bekobodda bolalarning ovqatdan zaharlanish sabablarini oshkor qildi

Bekoboddagi 15-MTT tarbiyalanuvchilarining ommaviy ovqatdan zaharlanishga taom tayyorlash texnologiya qo‘pol tarzda buzilishi hamda sanitariya qoidalariga rioya etilmagani sabab bo‘lgan. Mudira, oshpaz va hamshira vazifasidan ozod qilindi.

8 oktabr 2019, 10:04

To‘rtta shaharda Yevropa kinosi festivali bo‘lib o‘tadi

Toshkent, Nukus, Urganch va Jizzaxda Yevropa kinosi kunlari bo‘lib o‘tadi.

8 oktabr 2019, 09:48

Afg‘onistonlik tadbirkorning 10 ming dollarini o‘zlashtirgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda «Oloy» bozori yonida qurilish uchun yer olib berishni va’da qilib, afg‘onistonlik tadbirkordan 10 ming dollarni qo‘lga kiritgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

8 oktabr 2019, 09:00

Andijondagi «kiyinish madaniyatiga rioya qilmagan» o‘qituvchi ayolning eri ikki pedagogni kaltakladi

Andijonda «kiyinish madaniyatiga rioya qilmagan va darsga kech qolgan» matematika fani o‘qituvchisining eri direktor o‘rinbosari va CHQBT fani o‘qituvchisini do‘pposladi. Ikki pedagog shifoxonaga yotqizildi.

7 oktabr 2019, 21:47

Majburiy tibbiy sug‘urtani joriy etish bo‘yicha tajriba boshlanadi

2021 yilda Sirdaryo viloyatida majburiy tibbiy sug‘urtani joriy etish bo‘yicha tajriba boshlanadi.

7 oktabr 2019, 19:18

O‘zbekistonda byudjeti 20 mln dollar bo‘lgan tarixiy serial tasvirga olinadi

Star Media kinokompaniyasi O‘zbekistonda byudjeti 20 mln dollar bo‘lgan tarixiy serialni tasvirga oladi. Tasvirga olish ishlari Samarqand, Buxoro va Xivada olib boriladi.

7 oktabr 2019, 18:49

Hafta iliq bo‘ladi, yog‘ingarchiliklar kutilayotgani yo‘q

Hafta davomida yog‘ingarchiliklarsiz iliq havo hukmron bo‘lishi kutilmoqda. Oktyabrning birinchi dekadasida kunduzgi harorat +25 daraja, ikkinchi va uchinchi dekadada +12…+17 daraja atrofida bo‘ladi.

7 oktabr 2019, 14:18

Surxondaryodagi maktabda pichoqbozlik sodir etildi

Muzrabot tumanidagi maktabda oilaviy janjal pichoqbozlik bilan yakunlandi. Ishsiz fuqaro turmush o‘rtog‘i va maktab direktorini jarohatladi.

7 oktabr 2019, 13:53

Bloger jazoni o‘tash vaqtida ruhiy asab kasalliklar dispanseriga joylashtirildi

Jurnalist Mahmud Rajabning Xorazmdan Toshkentga piyoda yurishini yoritgan bloger va ingliz tili o‘qituvchisi Nafosat Ollashukurova ruhiy asab kasalliklar dispanseriga joylashtirildi.

6 oktabr 2019, 13:50

2018-yildan buyon 400 nafardan ziyod tibbiyot xodimiga hujum uyushtirildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot xodimlariga hujumlar uchun javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini hukumatga taqdim etdi. 2018-yildan buyon tibbiyot xodimlariga 400 martadan ortiq hujum uyushtirildi.

6 oktabr 2019, 12:33

Harbiy qism va bo‘linmalarga yangi harbiy texnikalar topshirildi (foto)

Mudofaa vazirligi harbiy qism va bo‘linmalariga zamonaviy avtomashinalarning kalitlari topshirildi.

5 oktabr 2019, 13:47

O‘zbekistonda NNT kodeksi ishlab chiqilmoqda

O‘zbekistonda Nodavlat notijorat tashkilotlar to‘g‘risidagi kodeks ishlab chiqiladi. Yanvardan NNTlarni ro‘yxatga olganlik uchun davlat boji stavkalari pasaytiriladi, mahalliy byudjetlarga ularni qo‘llab-quvvatlash xarajatlari kiritiladi.

5 oktabr 2019, 12:05

Davlat tili to‘g‘risidagi qonunning 30 yilligi bayramona nishonlanadi

O‘zbekistonda «Davlat tili to‘g‘risida"gi qonunning 30 yilligi keng nishonlanadi.

4 oktabr 2019, 20:25

Ko‘chma bolalar bog‘chalari qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

MTV qishloq joylari, tog‘li tumanlar va borish qiyin bo‘lgan aholi punktlari uchun mo‘ljallangan mobil va modulli MTTlar taqdimotini o‘tkazdi.

4 oktabr 2019, 19:51

Kamerunliklar firibgarlikda gumon qilinmoqda

Bir guruh Kamerun fuqarolari firibgarlik jinoyatlarini amalga oshirganlikda gumon qilinmoqda, deya xabar qildi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

4 oktabr 2019, 11:44

Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filialini tashkil etiladi

Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filialini tashkil etish to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting