Jamiyat

26 oktabr 2019, 09:36

Metroning Sergeli tarmog‘i Navro‘zda foydalanishga topshiriladi

Toshkent metropolitenining Sergeli yer usti tarmog‘ini Navro‘z arafasida foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda. Sergelidan «Buyuk ipak yo‘li»gacha bitta transportda borish mumkin bo‘ladi.

25 oktabr 2019, 19:39

Urganchda MTT tarbiyachisining bolalarni urgani o‘rganilmoqda

Urganchdagi maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachining bolalarni chizg‘ich bilan urgani o‘rganilmoqda.

25 oktabr 2019, 17:34

«Odamlar xavfsiz va ishonchli transport xizmatlariga loyiq» — prezident

Metroning Yunusobod yo‘nalishi ikkinchi bosqichi qurilishi sifatini germaniyalik mutaxassislar nazorat qiladi. Loyiha bilan tanishgan prezident u odamlarning hayot tarzini o‘zgartirishi kerakligini ta’kidladi.

25 oktabr 2019, 16:25

Butun respublika bo‘yicha yagona transport kartasi joriy etiladi

Keyingi yildan butun O‘zbekiston bo‘yicha foydalanish mumkin bo‘lgan maxsus transport kartalari joriy etiladi.

25 oktabr 2019, 12:44

Mudofaa vazirligi «Kulquduq» poligonida ilk bor FD-2000 raketasini sinovdan o‘tkazadi

Navoiy viloyatida ilk bor FD-2000 rusumli havo hujumiga qarshi raketasi sinovdan o‘tkaziladi.

25 oktabr 2019, 12:32

Payariqda ikki o‘qituvchi bir kishining o‘limiga sabab bo‘ldi

Bosh prokuratura Payariq tumanida ikki pedagog tomonidan odam o‘ldirish jinoyati sodir etilgani yuzasidan bayonot berdi.

25 oktabr 2019, 12:18

Samarqand aeroportining yangi terminali qanday ko‘rinishda bo‘ladi (foto, video)

Prezident taqdim etilgan Samarqand xalqaro aeroportining yangi terminali qurilishi loyihalar orasidan birini tanladi. Uning qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi — foto va videoda.

24 oktabr 2019, 23:29

Toshkent shahrida isitish mavsumi boshlandi

Toshkent hokimi shaharda isitish mavsumini 25 oktyabrdan boshlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

24 oktabr 2019, 19:18

Yunusobod hokimi o‘rinbosariga ochilgan jinoyat ishi tafsilotlari ma’lum qilindi

Bosh prokuratura qo‘lga olingan Yunusobod hokimi o‘rinbosarining uyidan 1,5 mln dollar va Maldivga chiptalar topilgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Biroq uning nomiga Turkiyaga aviachipta band qilingan.

24 oktabr 2019, 16:27

Qarshida igna yutib yuborgan o‘smir operatsiya qilindi

Qashqadaryo viloyat tibbiyot markazida tishlarini tozalayotgan vaqti ignani to‘satdan yutib yuborgan o‘smir muvaffaqiyatli operatsiya qilindi.

24 oktabr 2019, 15:42

O‘zbekiston aholisi soni 33,72 mln kishiga yetdi

To‘qqiz oy davomida O‘zbekistonning doimiy aholisi 469 ming kishiga ko‘payib, 33,72 mlnga yetdi.

24 oktabr 2019, 14:50

Samarqand viloyati yuqimlik kasalliklar shifoxonasida byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi

Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasida konditsioner va dori vositalari sotib olish orqali katta miqdordagi byudjet mablag‘lari talon-taroj qilingani aniqlandi.

24 oktabr 2019, 13:30

Ombudsman vakillari Nafosat Ollashukurova bilan uchrashdi

Ombudsman vakillari va huquq himoyachilari bloger Nafosat Ollashukurovani ko‘rish uchun ruhiy kasalliklariga tashrif buyurdi. Mutasassislar tashhis to‘g‘ri qo‘yilganini tasdiqlab, depressiya alomatlari hamon mavjudligini qayd etishdi.

24 oktabr 2019, 12:51

Xorazmda to‘rt kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Xorazm viloyatida to‘rt kishilik oila o‘z uyida is gazidan zaharlanib vafot etdi.

24 oktabr 2019, 10:53

Ona sutining o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni reklama qilishga yo‘l qo‘yilmaydi

Go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar to‘g‘risidagi qonun prezident tomonidan imzolandi.

24 oktabr 2019, 09:06

Taksi haydovchilarini haqorat qilgan Yangiyo‘l YHXB rahbari o‘rinbosari ishdan olindi

Taksi haydovchilarini haqorat qilgan Yangiyo‘l YHXB rahbari o‘rinbosari lavozimidan chetlashtirildi. Kechqurun 100 ga yaqin taksi haydovchilari tuman YHXB binosiga yig‘ilishdi.

23 oktabr 2019, 21:10

Yangiyo‘l YHXB rahbari o‘rinbosariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi

Yangiyo‘l tuman prokuraturasi va Toshkent viloyati IIBB tuman YHXB rahbari o‘rinbosarining taksichilarni haqoratlayotgani yozilgan audioni tekshirmoqda. Uning o‘zi ovoz o‘ziniki ekanini rad etdi.

23 oktabr 2019, 18:33

«Andijonneft» kompaniyasida 12,8 mlrd so‘mlik o‘g‘irlik holatlari aniqlandi

«Andijonneft» kompaniyasida 12,8 mlrd so‘mdan ziyod qiymatdagi neft xom ashyosining yo‘qligi, o‘g‘irlangani va talon-taroj qilingani aniqlandi.

23 oktabr 2019, 17:34

O‘zbekistonga xorijdan olib kirilgan daraxt ko‘chatlarida zararkunandalar aniqlandi

O‘zbekistonga Italiyadan keltirilgan daraxt ko‘chatlari hamda Pokistondan olib kelingan mango mevasida zararkunandalar aniqlandi.

23 oktabr 2019, 17:11

Namangan viloyatidagi tergov hibsxonasida mahkuma vafot etdi

Namangan viloyat IIB tergov hibsxonasida mahkuma vafot etdi. Sud-tibbiy ekspertizasi dastlabki xulosasiga ko‘ra, o‘lim o‘tkir yurak qon tomir yetishmovchiligi natijasida kelib chiqqan.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting