16 iyul, payshanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Jamiyat

15 iyul 2019, 21:34

Toshkentda bir kunda ikki kishi cho‘kib ketdi

Yakshanba kuni poytaxtda ikki kishining cho‘kib o‘lishi holati qayd etildi.

15 iyul 2019, 19:03

Toshkent shahri va Mirzo Ulug‘bek tumani prokurorlari lavozimidan chetlashtirildi

Toshkent shahri va Mirzo Ulug‘bek tumani prokurorlari poytaxtning sobiq hokimi qaroridan norozi bo‘lgan fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqmagani uchun lavozimidan chetlashtirildi.

15 iyul 2019, 15:57

TIV Finlyandiyadan 140 nafar o‘zbekistonlik migrant deportatsiya qilinayotganini tasdiqladi

140 nafar O‘zbekiston fuqarosi 26 yil avval yopilgan qurilish texnikumini tugatganlik to‘g‘risidagi soxta hujjatlar sababli Finlyandiyadan chiqarib yuborilmoqda.

15 iyul 2019, 15:15

Jazirama issiq hafta oxirigacha saqlanib qoladi

O‘zbekistonda kuzatilayotgan jazirama issiq hafta oxirigacha saqlanib qoladi. Iyul oyi kuzatuvlar tarixidagi eng issiq iyul ekani ma’lum qilindi.

15 iyul 2019, 14:31

80 yoshli surxondaryolik otaxon OTMlarga hujjat topshirdi

80 yoshli To‘xtamish Sultonov Davlat xizmatlari markazi orqali SamDU va TTA Termiz filialiga hujjat topshirdi.

15 iyul 2019, 13:23

Yangiyo‘l hokimi o‘rinbosari: «Hokimlik hech kimni majburlab ko‘chaga haydagani yo‘q»

Yangiyo‘l hokimi o‘rinbosari Alisher Usmonov shaharda buzilayotgan ikki qavatli uylarning ahvoli qoniqarsiz ekani, kuz-qish mavsumida bu uylarda davomli muammolar bo‘lishini ma’lum qildi.

15 iyul 2019, 13:05

Yangiyo‘lda uylar shoshilinch ravishda buzilmoqda

Yangiyo‘lda besh qavatli «arzon» uylar qurilishi uchun shoshilinch ravishda ikki qavatli uylar buzilmoqda. Hokimiyat buzilayotgan uylarda yashayotganlarga ko‘chish uchun bir oy muhlat bera olmasligini ma’lum qildi.

14 iyul 2019, 19:56

«Dorixona narkotiklari» alohida ro‘yxatga kiritiladi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi «dorixona narkotiklari» savdosini tartibga soluvchi hujjat ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi. «Gazeta.uz» iyunda ushbu muammo haqidagi maqolani e’lon qilgan edi.

14 iyul 2019, 17:59

Toshkentda 9 yoshli qiz mashina urib ketishi natijasida vafot etdi

Toshkentning Shayxontohur tumanida yo‘l o‘rtasiga yugurib chiqqan to‘qqiz yoshli qizni mashina urib yubordi. Qiz hodisa joyida vafot etdi.

14 iyul 2019, 14:48

Toshkentda yuridik universitetga kiritib qo‘yaman deb 30 ming dollar olayotgan ayol ushlandi

Toshkent davlat yuridik universitetiga kiritib qo‘yaman deb 30 ming dollar olayotgan ayol ushlandi.

13 iyul 2019, 13:59

Toshkentda qurilayotgan Mirabad Avenue uyida yong‘in sodir bo‘ldi (video)

Toshkentda qurilayotgan Mirabad Avenue uyida yong‘in sodir bo‘ldi. Olovni o‘chirishda oltita o‘t o‘chirish mashinasi va ikkita avtozina qatnashdi.

13 iyul 2019, 13:48

“Temurbeklar maktabi"da kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi

Mudofaa vazirligiga qarashli barcha “Temurbeklar maktabi"da kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

12 iyul 2019, 20:26

1-avgustdan ish haqi va pensiyalar hajmi oshiriladi

1-avgustdan O‘zbekistonda eng kam ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori o‘rtacha 10 foizga oshiriladi.

12 iyul 2019, 17:33

Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasiga rahbar tayinlandi

Rustam Toshpo‘latov Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

12 iyul 2019, 15:46

O‘zbekistonda har yili 600 ga yaqin ayol o‘z joniga qasd qilmoqda — Xotin-qizlar qo‘mitasi

O‘zbekistonda har yili 700 dan ortiq erkak va 600 ga yaqin ayol o‘z joniga qasd qilmoqda. Suitsid bo‘yicha yiliga har 100 ming kishiga 5,2 ta holat to‘g‘ri kelmoqda.

12 iyul 2019, 14:01

Toshkentda avtokran haydovchisi tok urishidan halok bo‘ldi

Poytaxtning Sergeli tumanida avtokranning yuqori voltli liniya bilan to‘qnashuvi natijasida haydovchi halok bo‘ldi.

12 iyul 2019, 13:32

Sirdaryo viloyatida avtobus ag‘darilib ketdi

«Jizzax — Toshkent» trassasida avtobus ag‘darilib ketishi natijasida 20 kishi jarohatlandi. Haydovchi YTH avtobusni qizil Spark «siqib ketgani» sababli sodir bo‘lganini ma’lum qildi.

12 iyul 2019, 13:03

Oliy ta’lim muassasalari o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tadi

2020-yildan O‘zbekiston universitet va institutlari bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tadi.

12 iyul 2019, 12:42

Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filiali tashkil etildi

Hukumat qarori bilan Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filiali tashkil etildi.

12 iyul 2019, 12:39

Gaz va elektr uchun bazaviy normalar Toshkent va yana uchta shaharda joriy etiladi

Yunusobod tumanida o‘tkazilgan gaz va elektr energiyasi uchun bazaviy normalarni belgilash tajribasi o‘zini oqladi, deb hisoblandi. Yil oxirigacha tajriba butun Toshkent hamda qisman Samarqand, Buxoro va Jizzax shaharlarida amalga oshiriladi.