Jamiyat

25 avgust 2020, 12:57

Mustaqillik bayrami arafasida 3 kun ketma-ket dam olinadi

Mustaqillik bayrami arafasida O‘zbekistonda 3 kun ketma-ket dam olinadi. 29 avgust — shanba dam olish kuni 31 avgust — dushanba ish kuniga ko‘chiriladi.

25 avgust 2020, 12:37

So‘xda yuz bergan to‘qnashuv bo‘yicha 6 kishining qamoqqa olingani ma’lum qilindi

Bosh prokuratura 31 may kuni So‘x tumanidagi «Chashma» bulog‘i bo‘yida Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolari o‘rtasida buloqdan foydalanish yuzasidan kelib chiqqan nizo bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 6 kishi qamoqqa olinganini ma’lum qildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

25 avgust 2020, 10:48

Maktablarda o‘qish 14 sentyabrdan boshlanishi taklif etildi

«Har bir ota-ona farzandini maktabga yuborishi yoki uyda onlayn shaklda o‘qitishi yuzasidan mustaqil qaror qabul qilishi kerak» — xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov. Bu uchun ota-onalardan so‘rovnoma to‘ldirilishi so‘raldi. Vazir maktablarda yangi o‘quv yilini 14 sentyabrdan boshlash taklifi kiritilganligini ham ma’lum qildi. Sinov tariqasida virus tarqalmagan, havfsiz hududlardagi ba’zi kichik maktablarni 7 sentyabrdan ochish rejalashtirilgan.

24 avgust 2020, 20:10

Toshkent IIBBning sobiq xodimi mast holda mashina boshqarib, yosh bolani urib yubordi

Toshkent IIBBning sobiq xodimi mast holda mashina boshqarar ekan, piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan bolani urib yubordi. Boshqarma uning voqeadan bir necha kun avval ishdan bo‘shatilganini ma’lum qildi.

24 avgust 2020, 19:23

Toshkent viloyatida 70 km/s o‘rniga 170 km/s gacha tezlikda harakatlangan 65 nafar baykerga chora ko‘rildi

Toshkent viloyatida yoz oylari davomida 70 km/s tezlik cheklovi o‘rnatilgan joylarda 170 km/s gacha tezlikda harakatlangan 65 nafar mototsikl haydovchisi jarimaga tortildi.

24 avgust 2020, 16:31

O‘zbekistonda Szyansi an’anaviy xitoy tabobati universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Szyansi an’anaviy xitoy tabobati universiteti filiali tashkil etiladi. Filialda tayyorlanadigan mutaxassislarning xitoy xalq tabobati ilmini zamonaviy tibbiyot yutuqlari bilan uyg‘unlashtirgan holda amalga joriy etishlari ko‘zda tutilmoqda.

24 avgust 2020, 16:04

O‘zbekistonlik o‘quvchi ilk bor Xalqaro biologiya olimpiadasi oltin medalini qo‘lga kiritdi

Koronavirus pandemiyasi sababli masofaviy tarzda o‘tkazilgan IBO2020 Challenge — Xalqaro biologiya olimpiadasida bir nafar o‘zbekistonlik o‘quvchi mamlakat tarixida ilk bor oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, ikki nafar o‘zbekistonlik o‘quvchi kumush medallar sohibiga aylandi.

24 avgust 2020, 14:49

Andijon va Xorazmda 4000 dollarga OTMga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Andijon va Xorazmda fuqarolarni 4 ming AQSH dollariga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgarlar tezkor tadbir davomida ashyoviy dalil bilan ushlandi. Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

24 avgust 2020, 13:57

Davlat xaridlari bo‘yicha yana bir elektron platforma paydo bo‘ldi

Elektron tanlovlar va elektron tenderlarni tashkil etish bo‘yicha yana bir muqobil elektron platforma — tender.mf.uz yaratildi. Endilikda buyurtmachilar elektron saytni tanlash imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

24 avgust 2020, 13:35

JSST bolalarga 12 yoshdan niqob taqishni tavsiya qildi

5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga koronavirus pandemiyasi davrida tibbiy niqob taqish shart emas, deya xulosa qildi JSST ekspertlari. 6−11 yoshda vaziyatga qarab niqoblar taqish kerak, masalan, yashash joyida infeksiyaning ommaviy tarqalishi yoki xavf ostida bo‘lgan odamlar bilan doimiy aloqada bo‘lganda. 12 yoshdan boshlab niqoblarni muntazam ravishda taqish tavsiya etiladi.

24 avgust 2020, 11:00

«Mehribonlik uylari — bolalarning joyi emas» — Aliya Yunusova

Bolalar Ombudsmani Aliya Yunusova maxsus ixtisoslashtirilgan muassasalardagi bolalarni deinstitutsionalizatsiya qilish vazifalari haqida gapirib berdi.

24 avgust 2020, 10:48

AQSH O‘zbekistonga 200 ta O‘SSH moslamasini jo‘natdi

AQSHdan O‘zbekistonga 200 ta o‘pka sun’iy shamollatish moslamasi yuborildi. Ular Donald Tramp ma’muriyati tomonidan e’lon qilingan insonparvarlik yordamining bir qismi sifatida taqdim qilinmoqda.

24 avgust 2020, 10:43

Samarqandda kaltaklangan ayol va uning farzandlari viloyat IIB himoyasiga olindi

Samarqandda eri tomonidan shafqatsiz kaltaklangan ayol va uning ikki nafar farzandi Samarqand shahri IIO FMB tomonidan himoyaga olingan. Ayolini kaltaklagan erga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayolga «himoya orderi» berilgan.

23 avgust 2020, 11:14

Pnevmoniyadan keyin o‘pkani qayta tiklash. Shifokor tavsiyalari

Koronavirus infeksiyasi keltirib chiqargan pnevmoniyadan so‘ng nafas mashqlari bemorning samarali tiklanishiga yordam beradi. Ftiziatr Nadejda Shklovets kasallik paytida va undan keyin nafas mashqlarini qanday bajarish kerakligi haqida gapirib berdi.

22 avgust 2020, 17:24 1

1 sentyabrdan nimalar o‘zgaradi?

Oshayotgan nafaqalar, propiska bo‘yicha yangi tartiblar, jonli ijrodagi konsertlar uchun chegirmalar, undirilishi umidsiz soliqlarni hisobdan chiqarish tartiblari va boshqalar — 1 sentyabrdan kuchga kiradigan qonunchilikdagi o‘zgarishlar.

22 avgust 2020, 13:51

Toshkentda 18 yoshli mast haydovchi YTH sodir etdi — bir kishi qurbon bo‘ldi

Toshkentning Yakkasaroy tumanida mast holatdagi Lacetti haydovchisi ko‘cha chirog‘i ustuniga borib urildi. 19 yoshli yo‘lovchi olamdan o‘tdi, yana ikki yosh yo‘lovchi shifoxonaga yotqizildi.

22 avgust 2020, 10:30

Uyda tayyorlaymiz: nonushtani kechqurundan hozirlab qo‘yamiz

Zira.uz ertalablari nonushta tayyorlashga vaqti yetmaydigan pazandalar uchun kechqurun tayyorlab qo‘ysa bo‘ladigan 7 ta nonushta retseptini taqdim etadi.

21 avgust 2020, 20:07

Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun loyihasi e’lon qilindi

«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi qonun loyihasida (yangi tahriri) asosiy tushunchalarga izoh berilgan, shuningdek, diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartiblari o‘zgartirilgan va rad etish uchun asoslar ko‘rsatib berilgan.

21 avgust 2020, 19:59

Qashqadaryoda MFY xodimlari prokuratura vakillarini chalg‘itmoqchi bo‘ldi

«Ha, men o‘sha odamman, oldim pulni». Qashqadaryoda mansabdor shaxslar, asosan MFY xodimlari «temir daftar» ro‘yxatida bo‘lgan ehtiyojmandlar o‘rniga o‘zlarining yoki qarindoshlarining telefon raqamlarini kiritgani aniqlandi. Hokim Zoyir Mirzayev bu holatni «katta xiyonat, katta jinoyat» deb atadi. Viloyat prokuraturasi tekshiruv o‘tkazmoqda.

21 avgust 2020, 15:42

Dam olish kunlarida havo issiq bo‘ladi

Dam olish kunlari respublika hududiga xorijiy janubdan issiq va quruq oqim kirishi kuchayishi oqibatida ob-havo kam bulutli bo‘ladi. Yakshanba kuni harorat ko‘tarilib, kunduzi 37−39 darajagacha yetadi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting