24 iyul, chorshanba

Jamiyat

Majburiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi 

2021-yildan joriy etilishi rejalashtirilgan majburiy tibbiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonun loyihasi taqdim qilindi.

Toshkent yo‘llarida qarzdor haydovchilarni aniqlash boshlandi 

Toshkentda 20 ta «Avtokon» majmuasi yordamida yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni o‘z vaqtida to‘lamagan haydovchilarni aniqlash boshlandi.

Yakkabog‘ hokimi o‘rinbosari ustiga o‘t qo‘yib yuborilishi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi 

Yakkabg‘ tuman hokimi o‘rinbosarini yoqib yuborishga harakat qilgan ikki qavatli bino egasi buzish haqida ogohlantirilmaganini, hokimiyat esa tadbirkorlar og‘zaki ogohlantirilganini ma’lum qildi. Hodisa tafsilotlari.

Dam olish kunlariga qadar havo harorati bir oz tushadi 

Yaqin kunlarda havo harorati bir oz salqinlashadi. Dam olish kunlariga qadar kunduzgi harorat +40 darajacha tushib, so‘ngra juda issiq davr boshlanadi.

187 million so‘mlik telefonlarni noqonuniy ravishda olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatildi 

Bojxona xodimlari Farg‘ona tumanida «Damas» mashinasida 187,1 million so‘mlik 116 dona uyali aloqa vositalari yashirilganligi aniqladi.

Samarqand shahar hokimining yangi o‘rinbosari tayinlandi 

Erkinjon Rajabov Samarqand shahar hokimining o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Toshkent viloyatida Astraxan davlat texnika universitetining filiali ochiladi 

Hukumat qarori bilan Toshkent viloyatining Qibray tumanida Astraxan davlat texnika universitetining filiali ochiladi.

Do‘koni buzilishiga qarshi bo‘lgan shaxs Yakkabog‘ tumani hokimi o‘rinbosarini benzin sepib, yoqib yuborgan 

Yakkabog‘ tumani hokimi o‘rinbosari M.T. «Hisor Sarlochin» MCHJga tegishli savdo do‘konlarini buzishni tashkillashtirayotgan vaqtda fuqaro B.I. uning yuziga benzin sepib, uni yoqib yuborgan.

«Toshkent — Navoiy» yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi 

Toshkent va Navoiy shaharlari o‘rtasida muntazam avtobus qatnovlarini yo‘lga qo‘yildi. Ushbu yo‘nalishda chipta narxi 50 000 so‘m etib belgilangan.

Intellektual mulk agentligi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi 

Hukumat qarori bilan Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

383 ta kollej binosi maktablarga beriladi 

383 ta kollej binosi maktablarga berilishi natijasida ta’lim muassasalari qo‘shimcha 224 ming o‘quvchi o‘rniga ega bo‘ladi.

Mehnat inspektorlarini beton quyishga majburlagan rahbarlar ishdan bo‘shatildi 

Mehnat vazirligi Samarqandda mehnat inspektorlarining ko‘chalarda beton quyishga majburlanganini o‘rgandi. Viloyat bandlik boshqarmasi rahbari hayfsan oldi, besh mutasaddi ishdan bo‘shatildi.