31 may, yakshanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Jamiyat

Kecha, 13:05

Viloyatlar o‘rtasida avtomobilda harakatlanishga ruxsat berilmadi

Viloyatlar o‘rtasida shaxsiy avtomobilda harakatlanishga ruxsat berilmadi. Faqatgina «yashil» hududlardagi sanatoriya va bolalar oromgohlariga odamlarni markazlashtirilgan holda olib borish mumkin.

29 may 2020, 22:05

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hoshim Arslonov vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, dublyaj ustasi, taniqli aktyor Hoshim Arslonov 64 yoshida olamdan o‘tdi.

29 may 2020, 20:09

Denovdagi Amir Temur haykali qayta ko‘rib chiqiladi

Ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgan Denovdagi Amir Temur haykali qayta ko‘rib chiqiladi. Yodgorlik 1996 yilda o‘rnatilgan.

29 may 2020, 18:46

Koronavirus tuzog‘ida. O‘zbekistonga qayta olmayotganlar hikoyasi

“Gazeta.uz” koronavirus sababli begona yurtlarda qolib ketgan va vatanga qayta olmayotgan o‘zbekistonliklarning o‘y-xayollari, o‘zga mamlakatlarda karantindagi hayoti va boshidan kechirgan voqealar aks etgan hikoyalarini tayyorladi.

29 may 2020, 18:34

Dam olish kunlari issiq havo biroz pasayadi

Dam olish kunlari issiq ob-havo biroz pasayishi kutilmoqda. Kunduzgi harorat +34…+37, shimol va cho‘l hududlarida +42 atrofida bo‘ladi. Janubda esa nisbatan salqin havo oqimi kirib kelishi sababli 39 darajagacha pasayishi mumkin.

29 may 2020, 13:18

Navoiylik ona bolasini ikki xonali kvartiraga almashtirmoqchi bo‘ldi

Navoiy viloyatining Karmana tumanida uch oylik o‘g‘lini 2 xonali kvartiraga almashtirmoqchi bo‘lgan ona qo‘lga olindi.

29 may 2020, 12:45

Farg‘onalik jurnalistga chiqarilgan 15 kunlik ma’muriy qamoq 2 kun etib o‘zgartirildi

Farg‘ona viloyat televideniyesi muxbiri Usmonjon Qodirovga nisbatan chiqarilgan 15 kunlik qamoq jazosi o‘zgartirilib, 2 sutka muddatga ma’muriy qamoq jazo tayinlandi. U Farg‘ona viloyat hokimligi binosi oldida niqob taqmaslik va IIB xodimiga qarshilik ko‘rsatganlikda ayblangan edi. Bugun, 29 may kuni jurnalistga javob berilishi kutilmoqda.

28 may 2020, 18:46

Farg‘ona viloyatida “Hizb ut-Tahrir” a’zolari faoliyatiga chek qo‘yildi — IIV

Ichki ishlar vazirligi Farg‘ona viloyatida “Hizb ut-Tahrir” terroristik tashkiloti a’zolari qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Ular avval ham ushbu tashkilotga a’zo bo‘lgan, biroq ozodlikka chiqqach aholi orasida terroristik g‘oyalarni va adabiyotlarini tarqatish bilan shug‘ullangan.

28 may 2020, 18:27

Bo‘ka tumani hokimi o‘rinbosari 22,3 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi

Toshkent viloyati Bo‘ka tumani hokimi o‘rinbosari Anvar Xonto‘rayev xalq ta’limi muassasalari faoliyatiga asossiz aralashgani, pedagoglarni kamsitgani, mehnatga majburlagani va ularning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb qilgani uchun 22,3 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

28 may 2020, 16:33

Strategik tadqiqotlar institutining sobiq rahbari davlatga xoinlikda ayblandi

2001 yilgacha Strategik tadqiqotlar instituti direktori bo‘lib ishlagan Rafik Sayfulin davlatga xoinlik hamda qurol yoki portlovchi moddalar saqlaganlikda aybdor deb topilib, 12 yilga qamaldi.

28 may 2020, 16:20

Innovatsion rivojlanish vazirligi Behruz Hamzayevga raddiya berdi

World Influencers Network asoschisi Behruz Hamzayevning bloger Kirill Altman dasturidagi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish va uning faoliyatiga oid bildirgan fikrlariga raddiya berildi. Jumladan, ushbu vazirlikning prezident tashabbusi bilan tashkil etilgani ma’lum qilindi.

28 may 2020, 14:19

Yana bir eshak aravani yuk mashinasi bosib ketdi — yosh er-xotin o‘ldi

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida HOWO yuk mashinasi eshak aravani bosib ketdi. Uning ikki yo‘lovchisi — 24 va 20 yoshli er-xotin vafot etdi. Shu kunning o‘zida Farg‘ona viloyatida ham shunga o‘xshash YTHda bir kishi olamdan o‘tgan edi.

28 may 2020, 12:31

Janubiy Koreya O‘zbekistonga navbatdagi yordamni jo‘natdi

Janubiy Koreyadan O‘zbekistonga tibbiyot karavotlarining navbatdagi partiyasi yetib keldi. 126 ming dollarlik yana bir yukni jo‘natish rejalashtirilmoqda.

28 may 2020, 12:14

Qashqadaryoda Damas bosib ketgan bola vafot etdi

Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida Damas haydovchisi ikki yoshli bolani bosib ketdi. Go‘dak voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.

28 may 2020, 12:02

15 aprel — “Madaniyat va san’at xodimlari kuni”

To‘liq jonli ijroda o‘tkazilgan konsert dasturlari uchun ijara to‘lovidan 50 foiz chegirma beriladi, 15 aprel mamlakatda “madaniyat va san’at xodimlari kuni” deb e’lon qilindi — madaniyat va san’at sohasidagi muhim o‘zgarishlar.

27 may 2020, 20:21

Xorazmda yosh ona ikki yashar o‘g‘lini 7700 dollarga narxladi

Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumanida 23 yoshli ona ikki yashar o‘g‘lini boshqa bir ayolga 7700 dollarga sotayotganda ushlandi.

27 may 2020, 20:01

Yuk mashinasi bosib ketgan eshak arava yo‘lovchisi halok bo‘ldi

Farg‘ona viloyatida yuk mashinasi ikki yo‘lovchi — ota va bola minib ketayotgan eshak aravani bosib ketdi. Ota hodisa joyida halok bo‘ldi, o‘smir esa shifoxonaga yotqizildi.

27 may 2020, 19:37

May oyi o‘z harorat rekordlarini qo‘ymoqda — O‘zgidromet

26 may kuni havo harorati 40, cho‘l hududlarida esa 44 darajagacha ko‘tarilib, O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida ushbu kun uchun meteokuzatuvlar tarixidagi rekord daraja qayd etildi.

27 may 2020, 19:21

35 tup qarag‘ay daraxtini kesgan shaxs 165,5 mln so‘m jarimaga tortildi

Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida fuqaro daraxtlar kesilishiga moratoriy joriy etilishiga qaramasdan, avtoservis qurish maqsadida 35 tup qarag‘ay daraxtini kesib tashladi. Unga nisbatan jami 165,5 mln so‘m miqdorida ma’muriy jarima tayinlash haqida qaror qabul qilindi.

27 may 2020, 14:50

Qashqadaryoda mashina urib yuborgan keksa ayol hodisa joyida vafot etdi

Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida Lacetti haydovchisi mashinani orqaga boshqarayotib, 67 yoshli ayolni urib yubordi va hodisa joyidan qochib ketdi. Piyoda vafot etdi.