22 oktabr, seshanba

Jamiyat

Jerar Deparde O‘zbekiston haqidagi hujjatli filmda bosh rolni o‘ynaydi 

Jerar Deparde ishtirokida O‘zbekiston haqida hujjatli film ishlanadi va kartina Fransiya hamda O‘zbekiston telekanallarida orqali namoyish etiladi.

Mehribonlik uyini tamomlagan yoshlarning 44,1 foizi ishsiz 

Senat majlisida aksariyat viloyatlarda mehribonlik uyini tamomlagan yoshlarning ko‘pchiligi sanitariya talablariga javob bermaydigan turar joylarga joylashtirilgani ma’lum qilindi.

To‘rtko‘lda qo‘lbola usulda ishlab chiqarilgan aroqlar savdosiga chek qo‘yildi 

To‘rtko‘l tumanida o‘tkazilgan reyd davomida 106 mln so‘mlik aroq va mazkur mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan 19 turdagi anjomlar daliliy ashyo sifatida olindi.

Daraxt va butalarni noqonuniy kesgan eng kam oylik ish haqining 300 barobari miqdorida jarima to‘lashi mumkin 

Senat raisi daraxt va butalarni noqonuniy kesish bilan bog‘liq holatlarni faqatgina OAV xodimlari, blogerlar ko‘tarayotganini, bu bo‘yicha Ekologik partiyaning tashabbusi ko‘rinmayotganini bildirdi.

Toshkentda ilk bor «Magic Tashkent» shou festivali tashkil etildi 

Toshkent shahar hokimligi hamda Turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan tashkil etilgan «Magic Tashkent» shou festivali bo‘lib o‘tdi.

Bo‘z tumani nomi Bo‘stonga o‘zgartirildi 

Senatorlar tomonidan Andijon viloyatining Bo‘z tumani nomini Bo‘ston tumani deb o‘zgartirish taklifi bo‘yicha masalani ko‘rib chiqildi va ma’sullandi.

Yashil yo‘lakdan dron olib o‘tayotgan shaxs to‘xtatildi 

Toshkent xalqaro aeroportiga xorijdan uchib kelgan fuqaroning yuklari orasidan deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 1 dona uchuvchisiz uchish qurilmasi borligi aniqlandi.

Samarqandda uchta bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilari ovqatdan zaharlandi 

Samarqandda uchta maktabgacha ta’lim tashkilotining 12 nafar tarbiyalanuvchisi ovqatdan zaharlandi. Har uchoviga ham bitta autsor oziq-ovqat yetkazib bergan.

Uchta tuman yer osti suvlaridan tejab foydalanishga o‘tadi 

Nurota, Qo‘shrabot va Zomin tumanlari yer osti suvlari zaxiralari qisqargani sababli ulardan tejab foydalanishga o‘tadi.

Qarshidagi tug‘uruq majmuasida bosh shifokor va 4 xodim vazifasidan ozod qilindi 

Qarshidagi tug‘uruq majmuasida ta’magirlik holati aniqlanib, bosh vrachi, uch shifokor va hamshira vazifasidan ozod qilindi.

Bosh prokuratura «Kamolon» mahallasidagi qotillik tafsilotlarini e’lon qildi 

Toshkentning «Kamolon» mahallasida 26 yoshli bank xodimini o‘limida turmush o‘rtog‘i va uning qarindoshi ayblanmoqda.

IIVga yangi matbuot kotibi tayinlandi 

Shoxruh G‘iyosov Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga rahbar bo‘ldi.