14 iyul, seshanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Jamiyat

6 iyul 2020, 14:37

172 nafar bemorda pnevmoniya jarayoni kuzatilmoqda

Koronavirusga qarshi kurashayotgan bemorlarning 172 nafarida pnevmoniya jarayoni kuzatilmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi. Bemorlarning 285 nafarining ahvoli o‘rta og‘ir, 25 nafari og‘ir, 8 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

6 iyul 2020, 13:55

Hafta davomida harorat ko‘tarilishi kutilmoqda

7 iyuldan ish haftasining oxiriga qadar O‘zbekistonda havo issiq va quruq bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kunduzi 34−39 darajagacha ko‘tariladi.

6 iyul 2020, 12:33

Auksion natijalarini rasmiylashtirish uchun QR-kodlar joriy etiladi

1 sentyabrdan boshlab barcha auksion savdolari natijalari QR-kodni qo‘llash orqali rasmiylashtiriladi. Shuningdek, “E-IJRO AUKSION” tizimida bir qator yangi tartiblar joriy etildi.

6 iyul 2020, 09:00

Paradise Food restorani mazali va foydali taomlarni uygacha yetkazib beradi

Paradise Food restorani mazali burger, sendvich, xot-dog, steyk, salat va issiq gazaklarni mijozlarining uyigacha yetkazib beradi. Restoran ochilishi munosabati bilan, iyul oyining oxiriga qadar aksiya asosida har bir buyurtmaga bepul kokteyllar beriladi.

4 iyul 2020, 15:17

O‘zbekistonda zilzila sezildi

Tojikistonda sezilgan zilzila O‘zbekiston shaharlarida ham sezildi. Uning kuchi Toshkentda 3, Farg‘onada esa 4 balni tashkil etdi.

4 iyul 2020, 12:15

6−19 iyul kunlari amalga oshiriladigan charter reyslar jadvali e’lon qilindi

Yaqin ikki haftada Rossiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Belarus, BAA va AQSHdan O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish uchun 19 ta charter reys tashkil etiladi.

3 iyul 2020, 22:49

Asakada 9 yoshli qizchaning o‘limida qo‘shni ayol gumon qilinmoqda

Asakada 9 yoshli qizchaning o‘limi to‘g‘risidagi ish bo‘yicha gumondor sifatida qo‘shni uyda yashovchi 23 yoshli ayol qo‘lga olindi.

3 iyul 2020, 21:11

Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish. Qo‘llanma

Eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari 2021 yil oxiriga qadar almashtirilishi kerak. Ularni Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi (YHXB) bo‘limlarida va davlat xizmatlari markazlarida yangilash mumkin. Shu bilan birga, guvohnomani almashtirish uchun onlayn ariza bilan ham murojaat qilish mumkin. Buni qanday amalga oshirish mumkinligi haqida «Gazeta.uz» qo‘llanmasida o‘qishingiz mumkin.

3 iyul 2020, 19:36

Hozarasp tumanidagi maktab va O‘zDJTSU o‘qituvchilari pora bilan qo‘lga tushdi

Xorazmda 6 ming dollar bilan qo‘lga tushgan o‘qituvchidan 3,5 mingini olgan universitet o‘qituvchisi Toshkentda ushlandi

3 iyul 2020, 17:08

Toshkentda mashina urib yuborgan ikki yashar qizcha vafot etdi

Toshkentning Uchtepa tumanida Spark haydovchisi mahalla ichida yo‘lga yugurib chiqqan ikki yashar qizchani urib yubordi. Bola tana jarohatlari olib, shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi.

3 iyul 2020, 15:44

Dam olish kunlari ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Dam olish kunlari tog‘ va tog‘oldi hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Qolgan hududlarda havo harorati bir xil me’yorda — kunduzi 30−35 darajagacha issiq bo‘ladi.

3 iyul 2020, 14:23

Yangiyo‘l tuman IIB xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi

“O‘zbekiston 24” telekanali Yangiyo‘l tuman IIB xodimi 10 ming dollar, SamDU katta o‘qituvchisi va xodimi 6000 dollar hamda SamDCHU o‘qituvchisi 2000 dollar pora olayotganda ushlangani haqida xabar qildi.

3 iyul 2020, 12:54

AQSH tashkilotlari O‘zbekistonga 600 ming dollar miqdorida yordam taqdim etdi

Project Hope ijtimoiy yordam tashkiloti O‘zbekistonga shaxsiy himoya vositalari, koronavirusni aniqlash testlari va 600 ming dollarlik miqdorda tibbiyot jihozlari yubordi.

3 iyul 2020, 11:36

Diplomat Mirsobit Ochilov olamdan o‘tdi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining maslahatchisi, 2001−2009 yillarda O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchisi bo‘lib faoliyat olib borgan Mirsobit Ochilov vafot etdi.

3 iyul 2020, 11:31

Malibu va MAN to‘qnashuvi oqibatida 3 kishi vafot etdi

Samarqand tumanidagi M-39 avtomobil yo‘lida MAN yuk avtomashinasi va Malibu yengil avtomashinasi to‘qnashuvi natijasida Malibu avtomashinasining 3 nafar yo‘lovchisi vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

3 iyul 2020, 09:44

Moskvada o‘zbekistonlik mehnat migrantlari tibbiy qo‘llab-quvvatlanadi

COVID-19 bemorlari bilan aloqada bo‘lgan yoki birga yashab kelgan o‘zbekistonlik mehnat migrantlari Moskvada kasallik va infeksiyaga qarshi antitanachalar mavjudligini bepul tekshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Kasallanganlarni davolashadi, sog‘lomlariga esa ish joyiga qaytish uchun rasmiy tibbiy ma’lumotnoma beriladi.

2 iyul 2020, 23:20

«Hammasi darz ketmoqda» — bosh infeksionist sog‘liqni saqlash tizimidagi ahvol haqida

Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori va Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh infeksionisti Erkin Musabayev «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida COVID-19 qurbonlari sonining o‘sishi, pandemiyaning bilvosita qurbonlari, asoratlarsiz kechayotgan kasallikni uy sharoitida davolash, antitanachalar uchun olinayotgan testlar va statistikani pasaytirib ko‘rsatish ehtimoli haqida gapirib berdi.

2 iyul 2020, 18:11

Rossiya-Qozog‘iston chegarasida yana O‘zbekiston fuqarolari to‘plandi

Rossiya-Qozog‘iston chegarasida yana O‘zbekiston fuqarolarining to‘planishi kuzatilmoqda, deya xabar beradi TIV. Mazkur vaziyat to‘g‘risidagi ma’lumotlar Maxsus komissiyaga taqdim etildi. TIV Rossiyada bo‘lib turgan fuqarolardan Rossiya-Qozog‘iston davlatlararo chegarasini kesib o‘tish punktlariga borishga urinmaslikni va hozirda bo‘lib turgan joylarida qolishlarini so‘radi.

2 iyul 2020, 17:26

Buxorodagi avtohalokatda 3 kishi vafot etdi

Buxoro viloyatining Peshko‘ tumanida Cobalt avtomobili va yuk mashinasining to‘qnashuvi oqibatida uch kishi voqea joyida vafot etgan.

2 iyul 2020, 12:52

Toshkentda Ko‘kchadagi «Olmos jo‘ja» oshxonasida yong‘in chiqdi

2 iyul kuni Uchtepa tumani «Ko‘kcha darvoza» MFY hududida joylashgan «Olmos jo‘ja» MCHJga qarashli oshxonada yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in qutqaruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.