6 aprel, dushanba

Jamiyat

Maktab bitiruvchilari uchun Yagona test sinovlari joriy etilishi mumkin 

O‘zbekistonda maktab bitiruvchilari uchun yakuniy imtihonlar va bakalavriatga kirish sinovlari birlashtirilishi mumkin. Yagona test sinovlarida qoniqarli natija ko‘rsatgan bitiruvchilar qo‘shimcha test sinovlarisiz OTMlarga kirish tanlovida qatnashadi.

Karantin qoidabuzarligi bilan bog‘liq holatlar 19 mingdan oshdi 

O‘zbekistonda karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami 19 843 ta holat aniqlandi.

Toshkentdagi xayriya tadbirlari markazi o‘z ishini boshladi 

Toshkentdagi «O‘zekspomarkaz»da ish boshlagan xayriya tadbirlarini muvofiqlashtirish markazi 2 aprel kuni poytaxtdagi 350 ta xonadonga 8 turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatadi. Ularni yetkazish uchun har bir tumanga 2 tadan — jami 22 ta «Damas» avtomashinasi ajratilgan.

O‘zbekistonda COVID-19 tasdiqlangan holatlar soni 181 taga yetdi 

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemorlar soni 8 nafarga oshib, jami 181 kishiga yetdi.

O‘zbekiston Qirg‘izistonga insonparvarlik yordami jo‘natdi 

O‘zbekiston Qirg‘izistonga un, oziq-ovqat mahsulotlari va infeksiyadan himoya vositalaridan iborat insonparvarlik yordami jo‘natdi.

Tibbiyot xodimlari karantindan chiqqanlarni raqslar bilan kuzatib qo‘yishdi (video) 

Tibbiyot xodimlari «Chotqol» sanatoriyasida karantindan chiqarilgan 212 fuqaroni raqs tushgan holda kuzatib qo‘yishdi. Video.

Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha xayriya tadbirlarini markazlashtirish tavsiya etildi 

1 apreldan yakka tartibda xayriya tadbirlarini o‘tkazish vaqtincha taqiqlandi. Ehtiyojmand oilalarga xayriya yordamlari markazlashtirilgan holda yetkaziladi. Ushbu ishga NNT va ko‘ngillilar (volontyor) qo‘shilishga chaqirildi.

1 apreldan O‘zbekistonda «samoizolyatsiya» tartibi joriy etiladi 

O‘zbekistonda 1 apreldan boshlab «o‘zini yakkalash» (samoizolyatsiya) hayot tarzi joriy etiladi. Zarurat bo‘lgan taqdirdagina yaqin atrofdagi dorixona, oziq-ovqat va birinchi galdagi tovarlar do‘koniga chiqishga ruxsat etiladi. 65 yoshdan yuqori bo‘lgan fuqarolarga uyidan tashqariga chiqish qat’iyan man etiladi.

IIV: Kun davomida 2700 marotaba karantin qoidalari buzildi 

Karantin e’lon qilingandan buyon O‘zbekistonda 17 mingdan ziyod karantin qoidalarini buzish holatlari aniqlandi. Ushbu qoidabuzarliklarning aksariyati tibbiy niqob taqmaganlik bilan bog‘liq.

Toshkentda stikersiz haydovchilarni jarimaga tortish boshlandi 

Toshkentda o‘tkazilayotgan reyd tadbirlari doirasida 11 soat ichida 168 nafar haydovchi maxsus ruxsatnomasiz avtomobil boshqargani aniqlandi. Ular jarimaga tortildi, avtomobillar esa jarima maydonchasiga olindi.

Qo‘qonda koronavirus haqida yolg‘on xabar tarqatgan mahalliy deputatga jinoiy ish qo‘zg‘atildi 

Qo‘qonda 2 kishida koronavirus aniqlangani va ular karantinga olingani haqida yolg‘on xabar tarqatgan shahar kengashi deputatiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Alisher Usmonov O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashga 20 mln dollar ajratdi 

Milliarder Alisher Usmonov «O‘zbekiston Mehr-shafkat va salomatlik» jamg‘armasiga o‘z hisobidan 20 million dollar beg‘araz yordam ajratdi. Ushbu mablag‘ Zangiota tumanida qurilayotgan 10 ming o‘rinli tibbiy muassasani zamonaviy uskunalar bilan jihozlash uchun sarflanadi.