3 aprel, juma

Jamiyat

Firibgarlik bilan shug‘ullangan shaxslar faoliyatiga DXX tomonidan chek qo‘yildi 

Surxondaryoda fuqarolarni organlarga ishga kiritib qo‘yaman deb katta miqdorda pulni o‘zlashtirgan shaxslar qo‘lga olindi.

Hibsxonalar va ma’muriy qamoqda bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi tasdiqlandi 

Hibsxonalarda bo‘lgan hamda ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Vazirning xorijlik o‘rinbosari o‘z vazifasini bajarishga kirishdi 

Prezidentning qarori bilan Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan Dongvuk Li o‘z vazifasiga kirishdi.

Gulnora Karimova umumiy tartibli koloniyaga o‘tkazildi 

«Jazoni o‘tash tartibi va shartlarini qasddan buzganligi sababli» Gulnora Karimovaga tayinlangan jazoning o‘talmay qolgan muddati ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirildi.

O‘zbekistonliklar yana Rossiyaga o‘zlari bilan meva va sabzavotlar olib bora oladi 

O‘zbekistonlik yo‘lovchilar Rossiyaga qo‘l yuki va bagajda ho‘l va quruq mevalarni olib bora oladigan bo‘ldi.

Bir fuqaroni fohishalikka olib ketayotgan ayol qo‘lga olindi 

Toshkent xalqaro aeroportida bir nafar ayolni fohishalik qilishi uchun Dubay shahriga olib ketayotgan M.T. qo‘lga olindi.

Qibrayda yashovchi fuqaro poyezd urib ketishi natijasida vafot etdi 

Qibray tumanidan o‘tuvchi «Qodriya-Oqqovoq» temir yo‘l bekatlari oralig‘ining 16-km.da yuk poyezdi fuqaro M.M.ni ehtiyotsizligi sabab urib ketgani natijasida u vafot etdi.

Pokistonda O‘zbekiston sayyohlik markazi ish boshladi 

O‘zbekistonning turistik salohiyatini targ‘ib etishga qaratilgan «O‘zbekiston sayyohlik axborot markazi» Pokistonda ish boshladi.

Etik va kurtka yoqasiga yashirilgan zargarlik buyumlari fosh etildi 

«G‘ishtko‘prik» chegara bojxona posti xodimlari zargarlik buyumlarini noqonuniy olib o‘tish holatlarini to‘xtatdi.

Taksilar «To‘xtash taqiqlanadi» belgisi amal qiladigan hududda to‘xtash huquqiga ega bo‘ladi 

1 iyuldan taksi avtomobillarini bo‘yash o‘rniga maxsus yopishtiriladigan materiallardan foydalanishga ruxsat beriladi. Xuddi shu sanadan taksilar «To‘xtash taqiqlanadi» belgisi amal qiluvchi hududda to‘xtashi mumkin.

Registondagi 3D lazerli shou har kuni namoyish etiladi 

Samarqand viloyati sayyohlik salohiyatini oshirish va turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasi tasdiqlandi.

Moskvadagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi 

Moskvadagi yo‘l-transport hodisasida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, yana bir o‘zbekistonlik jarohatlandi.