23 fevral, yakshanba

Jamiyat

78-uyda yashovchilarni ko‘chirishga mas’ul amaldor javobgarlikka tortildi 

Toshkent prokuraturasi Anhor kanali bo‘yidagi buzilayotgan uyda yashovchilarni ko‘chirishga mas’ul hokimiyat xodimiga nisbatan intizomiy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atdi.

Andijonda isitish qozoni portlashi oqibatida 18 o‘quvchi jarohatlandi 

Andijon markaziy poliklinikasida isitish qozoni portlashi oqibatida 18 nafar 9-sinf o‘quvchisi jarohatlandi. Portlash ular tibbiy ko‘rikdan o‘tayotganda sodir bo‘ldi.

Surxondaryoda o‘qituvchi tayoq bilan 5-sinf o‘quvchisiga jarohat yetkazdi 

Surxondaryoning Denov tumanida maktab o‘qituvchisi yomon xulqi uchun o‘quvchini tayoq bilan urib, jarohatladi.

Surxondaryoda ilgari bajarilmagan 6 turdagi onkologik jarrohlik o‘tkazildi 

Surxondaryo viloyat onkologiya dispanserida ko‘ks oralig‘i va o‘pka sohasidagi o‘smalarda jarrohlik amaliyotini o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.

118 ta uyali telefonlarning noqonuniy olib o‘tilishining oldi olindi 

Sirdaryoda fosh etilgan 3 ta qonunbuzarlik yuzasidan umumiy qiymati 34 million so‘mga teng bo‘lgan 118 ta uyali telefonlar ashyoviy dalil sifatida olindi.

«Davlat xizmatlarining sirli mijozi» instituti tashkil etiladi 

Prezident qarori bilan «Davlat xizmatlarining sirli mijozi» instituti tashkil etiladi.

Mast holda sigaret chekib uxlab qolgan fuqaro vafot etdi 

Quyichirchiq tumanida sodir bo‘lgan yong‘in o‘chirilganda mast holda sigaret chekib uxlab qolgan fuqaroning jasadi topildi.

Elektr energiyasi to‘lovini kechiktirganlik uchun penya hisoblash boshlandi 

11 fevraldan elektr energiyasi uchun qarzdorligi bo‘lgan iste’molchilarga muddati o‘tgan har bir kun uchun 0,1 foiz miqdorida penya hisoblash boshlandi. Penya hisoblash 2017 yilda to‘xtatilgan edi.

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi cho‘llanishga qarshi kurash olib boradi 

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga O‘zbekistonda BMTning qurg‘oqchilik va cho‘llanishga qarshi kurash konvensiyasi majburiyatlarini bajarish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilandi.

O‘zini prokuratura xodimi deb tanishtirib, odamlarni chuv tushirgan firibgar sud zalidan ozod qilindi 

Namanganda o‘zini prokuratura xodimi deya tanishtirib, 2 900 000 so‘m miqdoridagi mablag‘ni o‘zlashtirib yuborgan shaxs ustidan hukm o‘qildi.

Mart yomg‘irlar bilan boshlanadi 

25−27-fevral kunlari quruq va iliq ob-havo hukmronlik qilishi, janub va cho‘l hududlarida ushbu davr uchun o‘rtacha ko‘rsatkichdan 2−4 daraja yuqoriroq bo‘lishi kutilmoqda. Mart bir oz yog‘ingarchiliklar bilan boshlanadi.

Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibi O‘zbekistonga tashrif buyuradi 

Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibi Kunio Mikuriya 5−7 mart kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi.