19 yanvar, yakshanba

Jamiyat

Mudofaa vazirligi harbiy uchuvchilari murakkab parvozlarni amalga oshirdi 

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugning Qashqadaryo viloyatida joylashgan harbiy qismda harbiy uchuvchilarning murakkab uchish amaliyoti bo‘lib o‘tdi.

Tuhmat va haqorat uchun jazoni yengillashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi e’lon qilindi 

AOKA tuhmat va haqorat uchun qamoq jazosini bekor qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini tayyorladi. Qonunchilikka internetda tuhmat va haqorat uchun javobgarlikni kiritish rejalashtirilmoqda.

Qasddan badanga yengil shikast yetkazish to‘g‘risidagi moddani Jinoyat kodeksidan chiqarib tashlash taklif qilindi 

IIV qasddan badanga yengil shikast yetkazish to‘g‘risidagi moddani Jinoyat kodeksidan Ma’muriy kodeksga o‘tkazishni taklif qildi. Agar tuzatishlar kuchga kirsa, bu huquqbuzarlik uchun jazo choralari ham o‘zgaradi.

Notariat tizimini tubdan isloh qilish to‘risidagi qonun qabul qilindi 

Notariat tizimini tubdan isloh qilish to‘g‘risidagi qonun prezident tomonidan imzolandi va kuchga kirdi. Unda keltirilgan notariatning nodavlat modeli oldini oluvchi odil sudlov funksiyasini bajaradi va o‘zgarayotgan jarayonlarga tezlikda javob qaytarishga, iste’molchilar ehtiyojlariga qarab tezda o‘zgarishga qodir.

Orolning qurigan hududida o‘rmon yaratilishi yo‘lida: Mo‘ynoqda saksovul ekilmoqda 

Yoshlar Ittifoqi tashabbusi bilan bir guruh yoshlar Mo‘ynoq tumanidagi Orol dengizining qurigan hududida saksovul ekish aksiyasida qatnashdi.

5 ta mashina ishtirokidagi avtohalokatda 4 kishi jarohatlandi 

Poytaxtning Uchtepa tumanida beshta mashina ishtirokida avtohalokat yuz berdi, to‘rt kishi jarohatlandi.

Odamlar 5-qavatdan tushib ketgan bolani tutib oldi 

Toshkentning Olmazor tumanida odamlar beshinchi qavat derazadan pastga tushib ketgan 4 yoshli bolani tutib qoldi.

Blogger Abdufatto Nuritdinov ozodlikka chiqarildi 

Dekabr oyi oxirida 15 sutkaga qamoqqa olingan andijonlik Facebook-faoli Abdufatto (Otabek) Nuritdinov ozodlikka chiqarildi.

Bosh prokuratura Nariman Grigoryanning o‘limi yuzasidan izoh berdi 

Dizayner Nariman Grigoryan o‘zi ijarada istiqomat qilgan xonadon mehmonxonasida qotillik alomatlari bilan topildi. Bosh prokuratura «qasddan odam o‘ldirish» moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

Dizayner Nariman Grigoryan o‘ldirib ketildi 

Toshkentda taniqli dizayner Nariman Grigoryan o‘ldirib ketildi.

Samarqanddagi yirik avariya tafsilotlari 

IIV YHXB ma’lumotlariga ko‘ra, Samarqand viloyatida tuman paytida 13 ta mashina to‘qnashgan. Voqea joyidan bir oz uzoqroqda ham ikkita avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.

Samarqand viloyatida 10 dan ortiq mashina to‘qnashdi 

Samarqand-Qarshi avtomagistralida ko‘rish darajasi pastligi va yo‘llarning sirpanchiqligi sababli 10 dan ortiq mashina to‘qnashdi.