1 iyun, dushanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Jamiyat

13 iyun 2019, 19:24

Oqdaryo hokimi avtomobiliga «migalka» o‘rnatgani uchun jarimaga tortildi

Oqdaryo tumani hokimi Feruz Abilovning «Kaptiva» rusumli xizmat avtomobili old qismiga o‘zboshimchalik bilan «migalka» o‘rnatilganligi aniqlandi.

13 iyun 2019, 19:16

O‘zbekistonda biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasi tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan 2019 — 2028 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasi tasdiqlandi.

13 iyun 2019, 19:02

Shahrisabzda 2 ta oliy o‘quv yurtining filiali tashkil etildi

Hukumat qarorlari bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti hamda Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filiallari tashkil etildi

13 iyun 2019, 16:12

Mehnat muhofazasiga rioya etilmasligi oqibatida 2018 yilda 164 ta o‘lim holati kuzatildi

Respublika bo‘yicha 2018 yil davomida ishlab chiqarishda 554 ta baxtsiz hodisa yuz bergan, shulardan 164 tasi o‘lim bilan tugagan.

13 iyun 2019, 15:49

Ko‘chmas mulkni oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish tartibiga o‘zgarish kiritildi

Endilikda yuridik shaxslarning ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarni notarial tasdiqlash taraflarning o‘z xohishiga ko‘ra amalga oshiriladi.

13 iyun 2019, 14:26

Jizzaxdagi qandolatchilik sexida yong‘in sodir bo‘ldi

Jizzaxdagi qandolatchilik sexida yong‘in sodir bo‘ldi. Olov 400 kv. m. maydondagi qurilish konstruksiyalari va mol-mulklarni yo‘q qildi.

13 iyun 2019, 14:01

O‘zbekistonda havoning isish sur’atlari global miqyosdan ikki barobar yuqoriroq

1890-yildan buyon global miqyosda o‘rtacha harorat 0,7 darajaga oshgan bo‘lsa, Toshkentda 1,7 darajaga ko‘tarildi.

13 iyun 2019, 12:04

Forishda snayperlar uchun o‘zbek-fransuz mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi

Fransiyalik harbiy xizmatchilar delegatsiyasi «Forish» poligonida snayperlar uchun mashg‘ulotlar o‘tkazdi.

12 iyun 2019, 23:32

Qor qoploni va boshqa yovvoyi hayvonlar DNK tahlili asosida identifikatsiya qilinadi

O‘zbekiston va O‘rta Osiyoda ilk bor qor qoploni va boshqa hayvonlar DNK tahlili asosida identifikatsiya qilinadi.

12 iyun 2019, 22:58

Mitinglar to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi

Mitinglar, yig‘inlar va namoyishlar to‘g‘risidagi qonun loyihasida ularni ish vaqtida va ma’muriy binolardan 500 m uzoqlikda o‘tkazishga ruxsat berilishi ko‘zda tutilgan. Ularni o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza 30 ish kuni avval taqdim etilishi lozim.

12 iyun 2019, 20:27

Mustaqillik maydonidagi favvora rekonstruksiya qilinadi

Poytaxtdagi Mustaqillik maydoniga o‘rnatilgan ulkan favvorani kapital ta’mirlash ishlari boshlandi.

12 iyun 2019, 19:34

Qalbaki dollar evaziga «iPhone» xarid qilgan chet el fuqarosi qo‘lga olindi

Chet el fuqarosining 3 dona «Iphone Xs Max» rusumli uyali aloqa telefon apparatlari uchun bergan 3.025 AQSH dollaridan 3.000 AQSH dollari qalbaki ekanligi aniqlandi.

12 iyun 2019, 18:41

Bank-moliya akademiyasi prorektoriga rektor vazifasini bajarish ham yuklandi

Hukumat qarori bilan Bahriddin Berdiyarovga Bank-moliya akademiyasi rektori vazifasini bajarish ham yuklandi.

12 iyun 2019, 18:22

Sud Toshkent shahar hokimining 2017 yildagi qarorini bekor qildi

Chilonzor tuman ma’muriy sudi «Hayrabod» MFY hududidagi binoni tadbirkorlik maqsadida foydalanishga berish haqidagi shahar hokimligi qarorini qonunga zid deb topdi.

12 iyun 2019, 16:05

259 moddiy madaniy meros ob’ektiga jiddiy zarar yetgan

O‘zbekistonda ilgari mavjud bo‘lgan 827 ob’ekt topilmagani va 381 ob’ekt avariya holatida ekani haqida axborot taqdim qilindi.

12 iyun 2019, 15:50

Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi boshlig‘iga o‘rinbosar tayinlandi

Hukumat qarori bilan Akbarxon Yuldashev Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari etib tayinlandi.

12 iyun 2019, 15:44

Toshkentda yuz bergan ommaviy mushtlashuv holati bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi

O‘zaro kelishmovchilik oqibatida bir fuqaroni mashinada urib yuborgan va unga pichoq bilan jarohat yetkazgan shaxslar qamoqqa olindi.

12 iyun 2019, 12:28

Ichki ishlar xodimini o‘ldirgan aka-ukalarga sud hukmi o‘qildi

Andijonda ichki ishlar xodimini o‘ldirgan uch fuqaroga tegishlicha 16 yil,15 yilu 9 oy va 15 yilu 6 oy qamoq jazosi tayinlandi.

12 iyun 2019, 12:27

«RoboCUP» televizion musobaqasi g‘oliblari Xitoy oromgohiga yo‘llanma oldi

Yosh robototexniklar o‘rtasida o‘tkazilgan RoboCUP televizion musobaqasi g‘oliblari Xitoyning Asian Science Camp oromgohiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

12 iyun 2019, 11:55 1

Toshkentliklar viloyatlarda hisobga turishga majbur emas — IIV

Toshkentliklar O‘zbekiston viloyatlarida bo‘lib turgan vaqtda hisobga qo‘yishga majbur emasligi ma’lum qilindi.