22 oktabr, seshanba

Jamiyat

Toshkentda maktab o‘quvchisi boshqa o‘quvchini pichoqladi 

Poytaxtdagi maktabning to‘qqizinchi sinf o‘quvchisi janjal vaqtida o‘ninchi sinf o‘quvchisini pichoqladi.

Toshkentda Buyuk Britaniyaning Huquq universiteti filiali ochiladi 

Toshkentdan Buyuk Britaniyadagi xususiy Huquq universiteti filiali ochiladi. Biznes menejmenti va xalqaro savdo huquqi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi.

Salqin ob-havo dam olish kunlariga qadar davom etadi 

Hafta davomida kam bulutli, +18…+23 daraja atrofidagi uncha baland bo‘lmagan havo harorati hukmronlik qilishi kutilmoqda.

O‘zbek razvedkachilari Angliyada o‘tkazilgan xalqaro tanlovda 1-o‘rinni egalladi 

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiylari Angliyada o‘tkazilgan xalqaro «Kembriya patruli» tanlovida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Jurnalist Mahmud Rajabga shartli jazo muddati tayinlandi 

Ichki ishlar vaziri qabuliga kirish uchun Xorazm viloyatidan Toshkentga piyoda yo‘l olgan jurnalist Mahmud Rajabga besh yarim yil muddatga shartli jazo tayinlandi.

Nyu-York-Toshkent reysi yo‘lovchisi samolyot bortida to‘palon ko‘tardi 

Nyu-York-Toshkent reysining mast ekani taxmin qilinayotgan yo‘lovchisi bortda to‘palon ko‘tardi. Samolyot aeroportga qo‘nishi bilan qoidabuzar huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga topshirildi.

1-noyabrdan boshlab nimalar o‘zgaradi? 

Mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish, tutingan ota-onalar uchun maxsus kurslar, turistik salohiyatli mahallar ro‘yxati — 1-noyabrdan kuchga kirishi kutilayotgan muhim o‘zgarishlar.

«Metsenatlik to‘g‘risida"gi qonun imzolandi 

Prezident «Metsenatlik to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi. Hujjatga ko‘ra, davlat metsenatlarni soliqlar bo‘yicha imtiyoz va preferensiyalar bilan qo‘llab-quvvatlashi, ularga mukofotlar taqdim etishi va nomlarini abadiylashtirishi mumkin.

Toshkentda o‘smir boshqaruvidagi mashina simyog‘ochga borib urildi 

Toshkentning Uchtepa tumanida 15 yoshli o‘smir qarindoshining avtomobilini boshqarar ekan, elektr uzatish tarmoqlarining metall tirgagichiga borib urildi.

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida yangi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi 

Qo‘qondan Tojikistonning Shaydon shahriga avtobus va mikroavtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

Bekoboddagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida janjal chiqdi 

IIV Bekoboddagi ixtisoslashtirilgan san’at maktabining 4 qiz va 1 yigit talabasi ishtirokidagi janjalga izoh berdi.

Jizzaxda erkaklar tug‘uruq va homiladorlik nafaqasi olgani oshkor bo‘ldi 

Byudjet tashkilotlarida homiladorlik va tug‘uruq bo‘yicha asossiz to‘lovlar sababli 3,1 mlrd so‘m noqonuniy sarflab yuborilgan. Erkaklarga ham nafaqa to‘langan holatlar aniqlandi.