26 fevral, chorshanba

Jamiyat

«Avtotest» to‘g‘risidagi qonun" bo‘yicha norozilar sudga murojaat qilishlari mumkin 

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi yuridik shaxslar haydovchilarining har ikki yilda malaka oshirishi to‘g‘risidagi talabga rozi bo‘lmagan sub’ektlar hukumat yoki Konstitutsion sudga murojaat qilishlari mumkinligini ma’lum qildi. Avtotest Report monopolist korxonalar reyestriga kiritilishi mumkin.

Toshkent viloyatida yana uchta hududda xorijga chiqish pasportlarini rasmiylashtirish yo‘lga qo‘yildi 

Toshkent viloyatida yana uchta tumanda xorijga chiqish pasportlarini rasmiylashtirish yo‘lga qo‘yildi. Yil oxirigacha barcha shahar-tuman IIB MvaFRBlari texnik qurilmalar bilan jihozlanadi.

Moliya vazirligi tariflarning oshirilishi iste’molchilarga qanday ta’sir ko‘rsatishini ma’lum qildi 

«Tariflarning oshirilishi, bu — milliy bozordagi narxlarni jahon narxlariga yaqinlashtirish emas, balki korxonalarning zararsiz ishlash nuqtasiga yaqinlashishdir», — deya qayd etdi Moliya vazirligi. Iste’molchilarning jami xarajatlari oyiga 58,5 ming so‘mga ortishi kutilmoqda.

Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimi takomillashtiriladi 

Prezident Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Bosh prokuratura korrupsiya yetkazgan zarar miqdorini ma’lum qildi 

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi yarim yil davomida mansabdor shaxslarning korrupsion harakatlari yetkazgan zarar miqdorini ma’lum qildi.

O‘qishga kiritishni va’da qilgan universitet xodimi qo‘lga tushdi 

Andijon davlat universitetining arxiv mudiri uch fuqarodan jami 12.000 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Komil Allamjonov buzilishlar to‘g‘risida fikr bildirdi: «Berkitib yuradigan zamonlar o‘tdi» 

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov O‘zbekistondagi buzilishlar va ularning OAVda yoritilishi masalalari bo‘yicha fikr bildirdi. U jiddiy qaralmasa, bu ketishda oqibati yomon bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

Samarqand viloyatining ikki tumaniga yangi hokimlar tayinlandi 

Samarqand viloyatining Samarqand va Jomboy tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi. Avvalgi hokimlar prezidentning viloyatga tashrifi vaqtida ishdan bo‘shatilgan edi.

Mirzo Ulug‘bek kichik sanoat zonasida yirik yong‘in sodir bo‘ldi 

Mirzo Ulug‘bek kichik sanoat zonasidagi armatura ishlab chiqarish sexida sodir bo‘lgan yong‘inni o‘chirishga bir soatdan ziyod vaqt kerak bo‘ldi. Yong‘in texnologik jarayon buzilishi sababli elektr tarmog‘ida zo‘riqish vujudga kelgani natijasida paydo bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Elektr energiyasi iste’moli uchun bazaviy normalar qisqartiriladi 

Elektr energiyasi iste’moli uchun bazaviy normani 250 kVt·soatgacha qisqartirish, me’yordan ortiqcha energiya iste’moli uchun oshiriluvchi koeffitsiyent qo‘llaniladi.

Gaz va elektr energiyasi tariflari 15 avgustdan oshiriladi 

15 avgustdan tabiiy va suyultirilgan gaz, ko‘mir, elektr energiyasi, issiqliq ta’minoti, ichimlik suvi, shuningdek jamoat transportida yo‘l haqi tariflari oshiriladi.

Olovi yoqadiyu puli chaqadimi? 

Yangiyo‘lda 20,9 sotixli issiqxonasini tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ulab olgan tadbirkorning 49,5 mln so‘mlik zarar yetkazgani hisoblab chiqildi. Tadbirkorga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.