Toshkentda katta miqdordagi «Tropikamid», «Zardeks» va boshqa kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy sotayotgan dorixona xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.
O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta’minlovchi subyektlar — hukumat, IIV, Milliy gvardiya, FVV, DXX, Bosh prokuratura, AKT vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, SSV, mahalliy davlat hokimiyati organlari vazifalari belgilab berildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament Toshkent viloyatidagi korxonaning xodimlari savdodan tushgan 489,7 mln so‘mni o‘zlashtirganligini aniqladi. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan O‘zbekiston jamoat xavfsizligi konsepsiyasi tasdiqlandi. Unda jamoat xavfsizligini ta’minlashning umumiy qoidalari, konsepsiyani amalga oshirish mexanizmlari, kutilayotgan natijalar va boshqalar o‘rin olgan.
Davlat xavfsizlik xizmati Toshkentda mefedron moddasini ishlab chiqaruvchi narkolaboratoriya faoliyatiga chek qo‘ydi. Ijaraga olingan 3 ta xonadondan sintetik narkotik moddasi va uskunalar olib qo‘yilgan. Internet orqali narkotik savdosi bilan shug‘ullanuvchi guruh a’zolaridan bitkoin ko‘rinishida jamg‘arilgan 133,7 ming dollar musodara qilindi. Shuningdek, narkotiklar chet eldan elektrosamokatlarda olib kirilgani aniqlandi.
«Navbahor»ning sobiq murabbiyi Andrey Kanchelskis noma’lum shaxslar unga tahdid qilib, klub to‘lashi kerak bo‘lgan 1,6 mln yevro kompensatsiyani kamaytirishni so‘rashganini ma’lum qildi. Klub bu «uydirma va bo‘hton» bo‘lishi mumkinligini ta’kidlab, holatni Xalqaro Sport arbitraj sudida «o‘zini oqlash uchun qilinayotgan bo‘lishi mumkin» deya ta’rifladi.
1 dekabrdan boshlab Toshkent metropoliteni plastik jetonlarni qabul qilishni to‘xtatdi. «Gazeta.uz» Toshkent metropolitenining jetonlari tarixi, shuningdek, Moskva, London va Nyu-York metrolaridagi to‘lov tizimlari haqida hikoya qiladi.
Qarshidagi medtexnikumda tahsil oluvchi talaba qiz o‘zini yotoqxonaning 4-qavatidan tashlab, vafot etdi. Uning o‘limi sabablari va ishga aloqador bo‘lgan boshqa holatlarga aniqlik kiritish maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi.
Haydovchilarga quloqchin yoki bluetooth orqali telefondan foydalanishga ruxsat etilgani, O‘zbekiston 10 ta davlat bilan xalqaro aviaqatnovlarni to‘xtatgani, o‘zbekistonliklarga «Umra» safarini ado etishga ruxsat berilishi kutilayotgani, noyabr oyida inflyatsiya 1,2%ni tashkil qilgani, avtomobilning old qismiga monitor o‘rnatganlik uchun jarima bekor qilingani — «Gazeta.uz»ning 1 dekabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Adliya vazirligi bugun e’lon qilingan qonunga tushuntirish berdi. Unda aytilishicha, haydovchilar telefonda faqat bluetooth, quloqchin va boshqa garnituralar orqali gaplasha oladi, lekin telefonning o‘zidan foydalana olmaydi.
Transport vositasi salonining old qismiga monitor o‘rnatganlik uchun javobgarlik bekor qilindi. Biroq, harakat vaqtida ulardan dasturlarni tomosha qilishda foydalanish taqiqlanganicha qolmoqda.
Poytaxt IIBB Turin politexnika universitetining 18 yoshli talabasi o‘ldirilishiga oid voqea tafsilotlari yuzasidan ma’lumot berdi. Voqea aslida muassasaning 1 kurs talabalari o‘rtasidagi mojaroga aralashish oqibatida kelib chiqqani aytilmoqda. Talabaning o‘limi yuziga tushgan zarba va buning oqibatida miyada qon quyilishi sabab bo‘lgan. Gumonlanuvchi 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi qoshida arxeologik topilmalarni o‘rganish va tiklash bo‘yicha bo‘yicha birinchi laboratoriya ishga tushirildi. Loyiha Koreya Respublikasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Apelsin mobil ilovasi ikki yoshga to‘ldi va buning munosabati bilan aksiya bo‘lib o‘tmoqda. Aksiyada beshta iPhone 13 smartfoni va boshqa qimmatbaho sovg‘alar yutib olish mumkin.
Respublika maxsus komissiyasi o‘zbekistonliklarga yangi yil bayramini oila davrasida nishonlashni tavsiya etdi.
Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Isroil, Italiya, Misr va boshqa ayrim davlatlardan O‘zbekistonga kirib kelayotganlar o‘n kun davomida majburiy uy karantini yoki o‘z hisoblaridan mehmonxonaga karantinga joylashtiriladi. Xorij davlatlaridan mamlakatga keluvchilarning barchasi koronavirusga PZR test natijasi manfiy ko‘rsatkichga ega ma’lumotnomaga ega bo‘lishi lozim.
Koronavirusning yangi «omikron» shtammi O‘zbekistonga kirib kelishining oldini olish uchun Janubiy Afrika Respublikasi, Botsvana, Namibiya, Zimbabve, Mozambik, Madagaskar, Lesoto, Esvatini, Tanzaniya va Gonkong xalqaro aviaqatnovlar to‘xtatildi. Mazkur davlat fuqarolari va so‘nggi 2 hafta ichida ushbu davlatlarda bo‘lganlar O‘zbekiston hududiga kiritilmaydi.
Haydovchilarning yonida pasport (ID-karta) mavjud bo‘lgan taqdirda, ulardan haydovchilik guvohnomasi, texpasport, ishonchnoma va sug‘urta polisini olib yurish talab etilmaydi. O‘zgartishlar 3 oydan keyin — 1-martdan kuchga kiradi.
IIV huzuridagi Tergov departamenti Ukraina fuqarosi asos solgan Golden cash store xorijiy korxonasini moliyaviy piramida tashkil etganlikda ayblamoqda. Tergovga ko‘ra, gumondor oltin va kumush mahsulotlarni ishlab chiqarishga sarmoya kiritish orqali uning sotuvidan yillik 260 foiz daromad ko‘rishni taklif qilgan. Foizlar esa yangi mijozlar hisobidan to‘lab berilgan.
Shu kunlarda O‘zbekiston fuqarolariga «Umra» safarini ado etishga ruxsat berilishi kutilmoqda. Ushbu masalani hal etish uchun muftiy Nuriddin Xoliqnazarov boshchiligidagi delegatsiya Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi.
Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting