Jamiyat

16 dekabr 2021, 22:00

16 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Denovdagi portlash yuzasidan uch mansabdor hibsga olingani, TikTok uzilishlar bilan ishlay boshlagani, «Qo‘yliq» bozorining bosqichma-bosqich ko‘chirilishi, G‘afur G‘ulom bog‘ini ijaraga olgan investor majburiyatlarini bajarmagani, tuproqshunos Galina Stulinaning Orol dengizi haqidagi intervyusi va boshqa xabarlar — «Gazeta.uz» ning 16 dekabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

16 dekabr 2021, 19:18

Baxshichilik san’ati YUNESKO Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi

Baxshichilik san’ati YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi.

16 dekabr 2021, 18:27

Kogonda yashovchi fuqaro o‘z do‘konini xokimiyatga sovg‘a qildi

Kogon hokimiyati shaharda yashovchi fuqaroga tegishli bo‘lgan bosh bekat hududida joylashgan do‘konni beg‘araz qabul qilib oldi. Hokimlik kelgusida uni muhtoj oilaga yashash sharoitini yaxshilash maqsadida berilishini ma’lum qildi.

16 dekabr 2021, 16:24

Toshkentda maktablarda joy yetishmasligini binolarni ijaraga berish orqali hal qilish rejalashtirilmoqda

Prognozlarga ko‘ra, 2025 yilda Toshkent maktablarida 550 ming o‘quvchi tahsil oladi. Besh yil ichida shaharda 30 ta maktab qurish rejalashtirilmoqda, biroq bu sinflarda joy yetishmasligi muammosini hal uchun yetarli emas. Hokim Jahongir Ortiqxo‘jayev davlat har yili 20−30 tadan maktab qura oladigan darajaga yetgunicha vaqtinchalik yechim sifatida bo‘sh binolarni ishbilarmonlardan ijaraga olish ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi.

16 dekabr 2021, 13:43

Denovdagi portlash yuzasidan uch mansabdor qamoqqa olindi

Denovdagi savdo markazida yuzaga kelgan portlashda shahar gaz bo‘limi boshlig‘i hamda Hududgaz Surxondaryo gazta’minotining 2 nafar xodimi aybdor deb gumon qilinib, qamoqqa olindi. Ular o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaganlik va moddiy qimmatliklar olganlikda ayblanmoqda.

16 dekabr 2021, 13:41

Rossiyada jinoyat olami ramzi tushirilgan bosh kiyim kiygan o‘zbekistonlik ogohlantirildi

Rossiyada A. U. Ye. (mahbus banditlar birligi) ramzi tushirilgan bosh kiyimdagi O‘zbekiston fuqarosi so‘roq qilindi. Uning jinoyatchilik olamiga aloqasi yo‘qligi hamda ruschani va RF qonunlarini yaxshi bilmasligi ma’lum bo‘ldi.

16 dekabr 2021, 12:59

Urganch markazida yangi tunnel foydalanishga topshirildi

Urganch shahri markazida Al-Xorazmiy va Islom Karimov ko‘chalari hududida 500 metrlik yangi tunnel foydalanishga topshirildi. Yerosti yo‘li soatiga 3200 ta avtomobil o‘tkazish imkoniyatiga ega. Viloyat hokimi Farhod Ermanov bu kabi tunnel viloyatlar orasida yagona ekanligini ta’kidladi.

16 dekabr 2021, 12:30

Orolbo‘yi haqida qisqasini aytganda — Umid bor!

Orol dengizining qurigan tubida qanday jarayonlar sodir bo‘lmoqda? Ushbu hududlarga ekilgan saksovullar unib-o‘sdimi? Ular tevarak-muhitga qanday ta’sir ko‘rsatmoqda? Bugungi Orolbo‘yi haqida umidli qarashlar bormi? Tuproqshunos, biologiya fanlari doktori Galina Stulina tuproqshunoslik kasbini tanlash sabablari, Orolbo‘yi deganda qaysi hududlar tushunilishi, Orolqum cho‘liga uyushtirilgan ekspeditsiyalar va ushbu hududlarning istiqbollari, ayollarning fandagi muvaffaqiyatlari asoslari haqida.

16 dekabr 2021, 12:20

O‘zbekistonda 15 dekabrgacha 125 kishi is gazidan vafot etgan

Yil boshidan beri O‘zbekistonda is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasi chaqnashi oqibatida 115 nafar inson jarohatlandi, 125 kishi esa halok bo‘ldi. Aynan qish mavsumida har uchta noxush holatdan bittasi isitish moslamalaridan noto‘g‘ri foydalanishdan kelib chiqmoqda.

16 dekabr 2021, 12:09

«Narxlar o‘ynab turadi — bu hayot». Bektemir hokimi «Qo‘yliq» ko‘chirilishi haqida

Poytaxtning Bektemir tumani hokimi Tapil Maxamadziyayev «Qo‘yliq» ulgurji bozori Food City majmuasiga bosqichma-bosqich ko‘chishini tasdiqladi. «Food City`da shundoq sharoitlar yaratilganki, bunaqa sharoit Ecobozor`da ham yo‘q. «Qo‘yliq»da asfaltda o‘tirib sotgandan ko‘ra, o‘sha yerga oborib sotgan ma’qul», — dedi u.

16 dekabr 2021, 10:29

TikTok tarmog‘iga o‘zbek tili qo‘shilishi mumkin

Komil Allamjonov TikTok kompaniyasi vitse-prezidenti Teo Bertramga tarmoqni O‘zbekiston qadriyatlari va mintalitetiga moslash taklifini bildirdi. Kompaniya mas’ullari esa uning takliflarini inobatga olinishi qatorida, TikTok`ga o‘zbek tilini ham kiritishga tayyorligini ma’lum qilgan. Tarmoq hanuz uzilishlar bilan ishlayapti.

15 dekabr 2021, 22:00

15 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Qashqadaryoda yer tagidan chiqayotgan tutun, «Qizil kitob» ga kiritilgan jayron va quyonlarni ovlaganlar, Nurafshondagi yodgorlik majmuasi va kutubxona qurilishi bekor qilinmagani, noyabrda inflyatsion kutilmalar oshgani sabablari, O‘zbekistonda yig‘ilib qolgan 4 mln tonna radioaktiv chiqindi, tez fursatlarda umra safariga ruxsat berilishi va boshqa xabarlar — «Gazeta.uz» ning 15 dekabrdagi eng muhim xabarlar dayjestida.

15 dekabr 2021, 21:56

Kontrakt to‘lovlarini to‘lash muddati 31 dekabrga qadar uzaytirildi

OTM bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, shu jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan va qayta tiklangan talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazishning so‘nggi muddati 2021 yilning 31 dekabri etib belgilandi.

15 dekabr 2021, 17:36

Yaqin vaqt ichida umra safariga ruxsat berilishi mumkin — Musulmonlar idorasi

Yaqin vaqtlarda pandemiya boshlanishidan avval umra safari uchun pul to‘lab, navbatda turganlar va boshqa fuqarolar uchun ziyorat qilish imkoniyatlari yaratilishi mumkin. Bu bo‘yicha O‘zbekiston musulmonlari idorasi vakillari Saudiya Arabistoni muassasalari bilan muzokaralar olib borgan.

15 dekabr 2021, 17:35

Termizdagi gumanitar yordam yuk mashinalarda Afg‘onistonga jo‘natildi

oktabr-noyabr oylarida Termizga yetkazilgan 40 tonnaga yaqin insonparvarlik yuki BMT Qochqinlar bo‘yicha agentligi tomonidan yuk mashinalarida Afg‘onistonga jo‘natildi.

15 dekabr 2021, 17:00

Bank Apelsin va “Hududgazta'minot” o‘rtasida memorandum imzolandi

“Xududgazta'minot” AJ va Bank Apelsin o‘rtasidagi memorandum tabiiy va suyultirilgan gazdan foydalanganlik uchun to‘lovlarning o‘z vaqtida to‘lanishini takomillashtirishga qaratilgan.

15 dekabr 2021, 16:09

O‘zbekistonda 4 mln tonna radioaktiv chiqindilar yig‘ilib qolgan

Sovet Ittifoqi davridagi uran konlari faoliyati natijasida O‘zbekistonda 4 million tonna radioaktiv chiqindilar to‘planib qolgan. Bu ko‘rsatkich Qozog‘istonda 240 million, Qirg‘izistonda 132 million, Tojikistonda esa 42 million tonnani tashkil qiladi.

15 dekabr 2021, 13:22

Nurafshonda yodgorlik majmuasi va kutubxona qurilishi bekor qilinmadi, kechiktirildi

Nurafshonda yodgorlik majmuasi va yangi zamonaviy kutubxona qurilishi to‘g‘risidagi farmoyish bekor qilinmagani, aksincha, kreditor qarzdorlikni yopish maqsadida kechiktirilgani ma’lum qilindi. Biroq, viloyatning yangi hokimi Zoyir Mirzayev imzolagan farmoyishda sobiq hokimning qarorini bekor qilish haqida so‘z borgan edi.

15 dekabr 2021, 12:42

Farg‘onada «Cobalt» bilan to‘qnashgan «Damas» haydovchisi mashina ichida yonib ketdi

Marg‘ilonda «Damas» haydovchisi chapda burilish vaqtida to‘g‘ridan kelayotgan «Cobalt» mashinasini o‘tkazib yubormagani natijasida avariya sodir bo‘lgani aytilmoqda. Buning oqibatida esa «Damas» avtomobilida yong‘in yuzaga kelgan va haydovchi mashina ichida vafot etgan.

15 dekabr 2021, 12:07

Qashqadaryodagi qishloq hududida yer tagidan chiqayotgan tutun yuzasidan izoh berildi

Chiroqchi tumandagi Xo‘ja Abdujabbor qishlog‘ida yer ostidan olov va tutun chiqayotgani haqidagi xabarlarga Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi munosabat bildirdi. Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, ushbu holat yer ostida qolib ketgan qamishlar qizishi va chirishi natijasida yuzaga kelgan. Holat geologlar yordamida o‘rganilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting