9 avgust, yakshanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Jamiyat

17 iyul 2020, 17:20

«O‘zbekiston sud tizimini hozircha mustaqil deya olmaymiz» — BMT maxsus ma’ruzachisi

O‘zbekistonda sud tizimi doirasida prezident va prokuratura vakolatlarini qisqartirish, bosh prokurorni tayinlashning ob’ektiv mezonlarini ishlab chiqish va advokatlar faoliyatining minimal xavfsizligini ta’minlash. BMTning maxsus ma’ruzachisi tomonidan berilgan mustaqil va xolis sud tizimini yaratish bo‘yicha tavsiyalarni ko‘rib chiqamiz.

17 iyul 2020, 16:23

Sobiq mudofaa xodimi va uning rafiqasiga sud hukmi o‘qildi

O‘zbekiston Harbiy sudi sobiq mudofaa xodimi A. Yarbabayev va uning rafiqasi Ye. Yarbabayevani davlatga xoinlik qilganlikda aybdor deb topdi. A. Yarbabayevga 11 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Uning turmush o‘rtog‘i esa 3 yilga sinov muddati belgilangan holda shartli ravishda jazodan ozod etildi.

17 iyul 2020, 14:33

Dam olish kunlari harorat ko‘tariladi

Dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga issiq va quruq havo oqimi kira boshlaydi. Kunduzi harorat +42 darajagacha ko‘tarilib, yoz o‘rtasidagi me’yoriy ob-havodan 4−6 daraja yuqori bo‘ladi.

17 iyul 2020, 13:18

Toshkent uchun SO‘V apparatlari va Damas avtomobillari xarid qilindi

Toshkent shahar hokimligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi 40 ta SO‘V va 200 ta SIPAP apparatlarini xarid qilishdi. Tez tibbiy yordam va SEOMlar uchun 50 dona Damas rusumli avtomobillar sotib olingan.

17 iyul 2020, 09:00

KASHLUX kompaniyasi do‘konlarida keng tanlovli mahsulotlarni xarid qilish mumkin

O‘zbekiston bozorida 20 yildan beri faoliyat olib borayotgan KASHLUX kompaniyasi o‘z mijozlariga keng tanlovli mahsulotlarni taklif etadi. Xususan, quvurlar, qozonlar, boylerlar va boshqa isitish, ventilyatsiya, shamollatish, sanitariya-texnik uskunalar. Ushbu mahsulotlarni kompaniyaning Toshkentdagi 5 ta savdo do‘konlaridan xarid qilsa bo‘ladi.

16 iyul 2020, 19:37

Koronavirus aniqlanganlarga yaqin joyda bo‘lganlarni ogohlantiruvchi mobil ilova ishlab chiqildi

O‘zbekistonda koronavirus aniqlangan bemorga 5 metr masofada yaqin kelgan barcha foydalanuvchilarga PUSH-xabarnoma ko‘rinishida kasal bilan aloqada bo‘lganlik ehtimoli to‘g‘risida va keyingi xatti-harakatlar bo‘yicha tavsiyalar beradigan mobil ilova ishlab chiqildi.

16 iyul 2020, 18:23

6 oyda 81,7 mlrd so‘mlik byudjet mablag‘larining noqonuniy sarflangani aniqlandi

Davlat moliyaviy nazorat departamenti 6 oyda 81,7 mlrd so‘mlik byudjet mablag‘lari noqonuniy sarflanganini aniqladi. Eng ko‘p qonunbuzilish holatlari ta’lim, sog‘liqni saqlash va madaniyat sohalarida, hududlar kesimida Andijon, Qashqadaryo, Toshkent, Jizzax, Qoraqalpog‘iston va Surxondaryoda qayd etildi. 57,4 mlrd so‘m byudjetga qaytarildi.

16 iyul 2020, 13:49

Rossiya-Qozog‘iston chegarasidagi 2100 dan ortiq o‘zbekistonliklar mamlakatga qaytarilmoqda

16 iyul kuni O‘zbekistonning uchta yo‘lovchi poyezdi Rossiya va Qozog‘iston chegarasidagi 2100 dan ortiq o‘zbekistonlik yo‘lovchilarni mamlakatga qaytarish uchun Toshkent tomon yo‘l oldi. Poyezdlar Milliy gvardiya, IIV va SSV xodimlari kuzatuvi ostida olib kelinadi.

16 iyul 2020, 12:35

Bektemir hokimligi xodimi $4000 pora olayotganda qo‘lga olindi

«O‘zbekiston 24» telekanali poytaxtning Bektemir tumani hokimligi xodimi yerni rasmiylashtirib berish uchun $4000, SISI dotsenti — $10 ming, Urgutdagi poliklinika shifokori — $18 ming, NDPI dekani o‘rinbosari — $3000 va xodimi $8000 hamda BDU o‘qituvchisi — $4000 pora olayotganlarida DXX tomonidan qo‘lga olinganini ma’lum qildi.

16 iyul 2020, 12:00

Tez yordam mashinalari 15 daqiqadan ko‘p bo‘lmagan vaqtda yetib borishi ta’minlanadi — Bosh prokuror

Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshevning aytishicha, endilikda prezident topshirig‘iga binoan 103 raqamiga telefon qilinganda band bo‘lish holatiga chek qo‘yiladi. Bundan tashqari, tez tibbiy yordam xizmati 15 daqiqadan ko‘p bo‘lmagan vaqtda yetib kelishi va COVID-19 ga test natijalarini uzog‘i bilan bir kunda chiqarilishi ta’minlanadi.

15 iyul 2020, 19:42

IIV: Sirdaryodagi sudya tez yordam mashinasiga yo‘l bermagan

Ichki ishlar vazirligi Sirdaryo viloyatidagi ichki ishlar organlari xodimlari va sudya bilan bog‘liq vaziyatda sudyaning tez yordam mashinasiga yo‘l bermaganligini ma’lum qilib, voqea tasvirlangan videotasvirni e’lon qildi.

15 iyul 2020, 18:30

Yer chekkasiga ekspeditsiya. Sayohatchilar Surxondaryoning mashhur cho‘qqisini qanday zabt etdilar?

Sayohatchi Sharof Egamberdiyev Boysun tog‘ tizmasidagi Xo‘ja Gur-gur ota mavzesini zabt etishni 11 oydan beri orzu qilar edi. Yerning boshqa chekkasida joylashgan ushbu maskanga yo‘lda kuydiradigan iyul sovuqligi turar edi. Jamoa qorong‘ilikda harakatlanishiga va itlar hujumidan qochishiga to‘g‘ri keldi. «Gazeta.uz» ning maxsus maqolasida Sharof Egamberdiyev cho‘qqiga birinchi marotaba chiqqani haqida gapirib beradi.

15 iyul 2020, 17:45

Farg‘onada Nexia yuk mashinasi ostida qolib ketdi, bir kishi vafot etdi

Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida Nexia qarshidan kelayotgan SHACMAN yuk mashinasiga urildi. Yengil avtomobil haydovchisi voqea joyida halok bo‘ldi.

15 iyul 2020, 16:10

Mansabdor shaxslar davlatga 172,2 mlrd so‘m zarar yetkazgani aniqlandi

2020 yili Bosh prokuratura tomonidan qo‘zg‘atilgan jami 327 ta jinoyat ishi bo‘yicha 459 nafar mansabdor shaxs javobgarlikka tortildi. Ular mamlakatga 172,2 mlrd so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazgan. Eng ko‘p jinoyatlar tuman (shahar) darajasidagi xodimlar tomonidan sodir etilgan.

15 iyul 2020, 15:15

Chirchiqda shifokorlarning yoppasiga ish tashlagani haqidagi xabarlar inkor etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Chirchiqdagi Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi tibbiy xodimlarining yoppasiga ish tashlagani va muassasaning yopilgani haqidagi xabarlar inkor etildi.

15 iyul 2020, 15:01

Jarqo‘rg‘onda sud xodimlari bilan bog‘liq holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jarqo‘rg‘onda sudyalarning obro‘sizlantirilishi va sud xodimlarining kaltaklanishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

15 iyul 2020, 14:32

Guliston shahriga kirish blok-postida sudyaga nisbatan kuch ishlatilgan

Guliston shahriga kirishdagi blok-postlardan birida IIB va Milliy gvardiya xodimlari sudyaga nisbatan kuch ishlatib, tan jarohati yetkazishgan. IIB xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

15 iyul 2020, 13:43

Vafot etgan ikki nafar IIV xodimining koronavirus bilan kasallangani tasdiqlandi

Vafot etgan ikki nafar IIV xodimlarida koronavirus infeksiyasi aniqlanganini vazirlik matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov «Gazeta.uz» ga tasdiqladi.

15 iyul 2020, 10:30

Turizmni rivojlantirish qo‘mitasining sobiq rahbari vafot etdi

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining birinchi raisi va prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan Anvar Sharapov vafot etdi.

14 iyul 2020, 18:04

Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi karantinga yopildi

Yoshlar ittifoqining ikki nafar xodimida koronavirus holati aniqlangani sababli markaziy kengash binosi karantinga yopildi. Bundan tashqari, Yoshlar ishlari agentligi raisining o‘rinbosari Dilnoza Kattaxonova o‘zida koronavirus alomatlari sezilganligini ma’lum qildi.