Jamiyat

18 fevral 2022, 10:15

Sergelida yuk avtomobillari va ehtiyot qismlari do‘koni yonib ketdi

Toshkent shahar «Yangi Sergeli» ko‘chasidagi yuk avtomobillari va ehtiyot qismlarini sotish do‘konida yong‘in chiqdi. Hodisa natijasida do‘konning 900 kv.m maydonida ichki shift qismi va tashqi alyukobond qoplamasi yonib ketgan. Jabrlanganlar yo‘q.

18 fevral 2022, 09:42

Navro‘z bayramini umumxalq sayillari shaklida o‘tkazishga ruxsat berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Navro‘z bayramini umumxalq sayillari shaklida o‘tkazishga ruxsat beruvchi qarorni imzoladi. Jumladan, Toshkentdagi «Yangi O‘zbekiston» majmuasida alohida dasturlar asosida xalq sayillari tashkil etiladi. Bayram arafasida umumxalq hasharlari o‘tkaziladi.

18 fevral 2022, 08:18

Yo‘l harakati xavfsizligi sohasi: Ishlayotgandek ko‘rinishni to‘xtatish kerak

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati vaqti-vaqti bilan nafaqat befoyda, balki zararli bo‘lgan, vaziyatni yaxshilashga yordam bermaydigan tashabbuslar bilan chiqmoqda. Ulardan biri — yo‘llarga o‘quvchilar mulyajlarini o‘rnatishdir. YHXB va hokimiyatlar hatto mutaxassis bo‘lmaganlar ham ko‘rib turgan kamchiliklarni payqaganlari yo‘q.

17 fevral 2022, 22:00

17 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

YTHlar soni yil davomida 43 foizga, o‘lim esa 24 foizga ko‘paygani, 3 yil bir postda ishlagan bojxonachilarning rotatsiya qilinishi, $100 ming pora bilan ushlangani aytilgan Jizzax pedinstitut xodimi, Markaziy Osiyoning eng qimmat futbolchisiga aylangan Shomurodov, rekonstruksiya qilinadigan Bobur ko‘chasi, MOQ raisligidan ketgan Rustam Shoabdurahmonov va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 17 fevraldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

17 fevral 2022, 20:17

Endi nogironligi bo‘lgan shaxslarga bir xil miqdorda 622 ming so‘m nafaqa tayinlanadi

Prezident farmoniga muvofiq, 1 apreldan nogiron bo‘lib qolgan muddatidan qat’iy nazar imkoniyati cheklangan shaxslarga bir xil miqdorda — 622 ming so‘mga teng nafaqa tayinlanadi. 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalarni parvarish qiluvchi ona-otalarga minimal iste’mol xarajatlardan kam bo‘lmagan miqdorda (500 ming so‘m) yangi nafaqa joriy etilmoqda.

17 fevral 2022, 18:28

Telegram Afisha.uz nashrining o‘zbek tilidagi kanaliga verifikatsiya belgisini berdi

Afisha.uz barcha ijtimoiy tarmoqlarda verifikatsiya belgisini olgan O‘zbekistondagi madaniy-ko‘ngilochar hayot haqidagi birinchi OAVga aylandi.

17 fevral 2022, 18:00

O‘zbekistondagi KFC taomlarni “Halol” standarti asosida tayyorlaydi

KFCning O‘zbekistondagi vakillari barcha taomlarning “Halol” standartlariga muvofiqligi haqida xabar berdi.

17 fevral 2022, 17:52

Fazliddin Umarov Samarqand shahriga hokim bo‘ldi

Kadastr agentligi direktori Fazliddin Umarov Samarqand shahar hokimi etib tayinlandi. U mazkur lavozimda Boburmirzo Oblakulovning o‘rnini egalladi.

17 fevral 2022, 17:38

Nukus davlat pedagogika instituti qurilishida 12,7 mlrd so‘m o‘zlashtirilgani aniqlandi

DXX Nukus davlat pedagogika instituti qurilishida pudratchi «Jayhun Universal Qurilish» va Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashining «Yagona buyurtmachi xizmati» mansabdorlari 12,7 mlrd so‘mni o‘zlashtirganini ma’lum qildi. Boshqa bir holatda esa pudratchi kompaniyalar ko‘p qavatli uy-joylar qurish uchun budjetdan ajratilgan 17,5 mlrd so‘mni talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda.

17 fevral 2022, 17:27

BMT boshqarmasi va Yaponiya Markaziy Osiyoga narkotrafikka qarshi kurashda yordam beradi

Markaziy Osiyo davlatlariga narkotrafikka qarshi kurash maqsadida chegara punktlari funksiyalarini kuchaytirish uchun uskunalar yetkazib beriladi. Miqdori taxminan 4,1 million dollarga teng beg‘araz yordam Yaponiya hukumati tomonidan ko‘rsatilmoqda.

17 fevral 2022, 17:08

Musulmonlar idorasi imom-xatiblardan ixtilofli mavzularni mehrobda turib muhokama qilmaslikni so‘radi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi adliya vaziri va Toshkent bosh imom xatibi o‘rtasidagi odamlarning «do‘zaxga tushish-tushmasligi borasidagi tanlovi» borasidagi bahslar yuzasidan munosabat bildirdi. Idora Odob-axloq komissiyasi chaqirilgani, unda imom-xatiblarga ixtilofli mavzularni masjid mehrobida turib muhokama qilmaslik borasida tushuntirish berilganini ma’lum qildi.

17 fevral 2022, 16:49

O‘zbekistonga yana 2,8 million doza Moderna vaksinasi keltirildi

O‘zbekistonga COVAX global dasturi doirasida yana 2,8 milliondan ortiq Moderna vaksinasi keltirildi.

17 fevral 2022, 16:42

Zarafshonda bog‘cha tarbiyachilari ko‘p qavatli uylar pod’ezdlarini tozalashga jalb qilindi

Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida bog‘cha tarbiyachilari ko‘p qavatli uylar pod’ezdlarini tozalashga jalb etildi. Viloyat MTB ular o‘z ixtiyori bilan tozalash ishlarida qatnashganini ma’lum qildi. Shahar mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi esa bu ishlarda nafaqat bog‘cha tarbiyachilari, balki aholi, barcha tashkilot va korxonalar xodimlari ham qatnashgani, bundan keyin ham shunday bo‘lishini ta’kidladi.

17 fevral 2022, 16:24

Bojxona xodimlari va ularning farzandlariga OTMga kirishda alohida kvota ajratiladi

Shavkat Mirziyoyev payshanba kungi yig‘ilishda bojxona xodimlari va ularning farzandlari uchun oliy o‘quv yurtlariga kirishda alohida kvota ajratilishini ma’lum qildi. Qolaversa, har yili uy-joyga ehtiyoji bor 100 nafar xodimga imtiyozli ipoteka krediti beriladi.

17 fevral 2022, 15:40

Asaka tumanida uch kishi is gazidan vafot etdi

Andijon viloyati Asaka tumanidagi fermer xo‘jaligining uch yollanma ishchisi is gazidan vafot etdi. Ular qo‘lbola sandalga yoqilgan ko‘mirdan chiqqan is gazidan zaharlanishgan. Tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda.

17 fevral 2022, 15:05

Bitta postda 3 yil ishlagan bojxonachilar rotatsiya qilinadi

Prezident payshanba kungi yig‘ilishda bojxonachilarning halol ishlashini ta’minlash maqsadida bitta postda 3 yil ishlagan xodimlar rotatsiya qilinishini aytdi. Qolaversa, tizimdagi xodimlar daromadi va mol-mulki deklaratsiya qilinadi, 1 martdan esa barcha bojxona xodimlari faqat ochiq tanlov asosida ishga qabul qilinadi.

17 fevral 2022, 14:50

20 raqami tushirilgan «banknot» Markaziy bank tomonidan chiqarilmagan

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan 20 raqami tushirilgan namuna Markaziy bank tomonidan emas, balki «Davlat belgisi» korxonasi tomonidan 2014 yilda chiqarilganligi ma’lum qilindi. U reklama mahsuloti sifatida chiqarilgan va hech qanday qiymat o‘lchoviga ega emas.

17 fevral 2022, 14:34

Navoiy viloyatida «Markaziy Qizilqum» bog‘i va «Oqtog‘-Tomdi» qo‘riqxonasi tashkil etilmoqda

Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida umumiy maydoni 1,2 mln ga bo‘lgan «Markaziy Qizilqum» milliy tabiat bog‘i, Tomdi tumanida umumiy maydoni 40 ming ga bo‘lgan «Oqtog‘-Tomdi» davlat qo‘riqxonasi tashkil etilmoqda.

17 fevral 2022, 13:09

Xorazmda tuman soliq inspeksiyasi xodimi pora olganlikda gumon qilinmoqda

Xonqa tumani Davlat soliq inspeksiyasi xodimi 720 mln so‘mlik soliq to‘lovini kamaytirib berish evaziga tadbirkordan 5 ming dollar pora olganida qo‘lga tushgani aytilmoqda. Xorazmdagi boshqa bir holatda esa ikki nafar shaxs tadbirkorga noqonuniy yo‘l bilan 10 mlrd so‘m kredit olib berishga uringanlikda gumon qilinmoqda.

17 fevral 2022, 12:46

YTHlar soni yil davomida 43 foizga, o‘lim — 24 foizga ko‘paydi

2020 yilda pandemiya davrida baxtsiz hodisalar hamda ularda halok bo‘lgan va jarohatlar soni bo‘yicha statistik ma’lumotlar kamayganidan so‘ng, 2021 yilda bu ko‘rsatkichlar keskin oshdi. Baxtsiz hodisalarning asosiy sabablari tezlikni oshirish va harakatni noto‘g‘ri tashkil etishdir. Piyodalar o‘tish yo‘laklarida qancha odam urib yuborilgan bo‘lsa, belgilanmagan joylarda ham shuncha odam qurbon bo‘lgan.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting