Jamiyat

25 yanvar 2022, 10:12

COVID-19: Dushanba kuni 1100 dan ortiq kishida virus aniqlandi

Dushanba kuni 1123 nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, shu bilan ketma-ket ikkinchi kun virusning kunlik holati kamaymoqda. 3 bemor esa vafot etdi. Qolaversa, 98 kishida pnevmoniya qayd etildi.

25 yanvar 2022, 09:44

2021-yilda 52 mingdan ko‘proq holatda mehnat qonunchiligi buzilgan

Mehnat vazirligi 2021-yilda 52,5 ming holatda mehnat qonunchiligi talablari buzilganini ma’lum qildi. Ularning eng ko‘pi ish haqini to‘lamaslik, bo‘sh ish o‘rinlarni yashirish, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘qitish bilan bog‘liq. Natijada 11 mingdan ortiq mansabdorga nisbatan 20 mlrd so‘mdan ortiq jarimalar qo‘llanilgan.

24 yanvar 2022, 22:00

24 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekistonga kirishda topshirilayotgan ekspress test bekor qilinishi, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ygani tasdiqlangan Kinematografiya agentligi va Sevimli TV rahbarlari, hududida 40 ga yaqin daraxt kesib tashlangan Qarshi davlat universiteti, yangi tayinlangan hokimlar, transafg‘on temir yo‘lini tasdiqlagan «Tolibon» va boshqa xabarlar — «Gazeta.uz» ning 24 yanvardagi eng muhim xabarlari dayjestida.

24 yanvar 2022, 21:53

JICA Ipak yo‘li madaniy merosini raqamli arxivlar orqali saqlashga $490 ming ajratadi

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi O‘zbekistonda «Ipak yo‘li madaniy merosini raqamli arxivlar orqali saqlash» loyihasiga 490 ming dollar ajratadi, deb xabar qildi Madaniy meros agentligi.

24 yanvar 2022, 20:57

Mirzo Ulug‘bek tumani aholisi hovlidagi qurilishga qarshi chiqmoqda

Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumani «Kamolot» mahallasidagi beshta uyda yashovchi aholi daraxtlar o‘sib turgan hovlida ko‘p qavatli uy qurilishiga qarshi chiqdi. Ular miting o‘tkazishga ruxsat olish uchun murojaat qilishga majbur bo‘lganlarini aytishdi. Tuman hokimligi bunday holat bo‘lmaganiga qaramasdan, mitingga chaqiriq uchun javobgarlik haqida ogohlantirdi.

24 yanvar 2022, 19:23

Termizda «hijrat» va «jihod» g‘oyalarini targ‘ib qilgan ikki kishi uzoq muddatga qamaldi

Termizdagi masjidlar atrofida «hijrat» va «jihod» g‘oyalarini targ‘ib qilgan hamda kelgusida Suriya va Falastindagi janglarda qatnashishni rejalashtirgan ikki erkak uzoq muddatga qamaldi.

24 yanvar 2022, 17:41

Kinematografiya agentligi va Sevimli TV rahbarlari o‘rtasidagi manfaatlar to‘qnashuvi tasdiqlandi

Antikorrupsiya agentligi Kinematografiya agentligi rahbari Firdavs Abduxoliqov va uning turmush o‘rtog‘i, qizi hamda o‘g‘li ta’sischilari bo‘lgan Sevimli TV o‘rtasida shartnomalar tuzish va subsidiyalar ajratishda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilganini aniqladi. Hujjatlar qonuniy chora ko‘ra uchun Bosh prokuraturaga yuborildi.

24 yanvar 2022, 15:41

Tajribalar maydonchasi

O‘tgan haftada OTMlarga kirish test sinovlari tartibini yana o‘zgartiruvchi yangi qarorlar qabul qilindi. «Gazeta.uz» kolumnisti Komil Jalilov taklif etilayotgan yangiliklarni umumxalq muhokamasidan o‘tkazish hamda o‘zgarishlarni ilmiy asoslash zarurligi to‘g‘risida yozadi.

24 yanvar 2022, 15:36

Qarshi davlat universitetida 40 ga yaqin daraxt kesib tashlandi

Ekologiya davlat qo‘mitasi Qarshi davlat universiteti hududida 40 ga yaqin daraxt noqonuniy ravishda kesilganini ma’lum qildi. Universitet bunga qadar uch marta daraxtlarni kesish uchun ruxsat so‘rab murojaat qilgan, ammo har gal rad javobini olgan.

24 yanvar 2022, 15:23

Farg‘ona shahri va Bag‘dod tumaniga hokimlar tayinlandi

Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumani hokimi Vosiljon Nazarov Farg‘ona shahriga hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Uning o‘rnini esa viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Yusufjon Xusainov egalladi.

24 yanvar 2022, 14:45

DXX kiberxavfsizlik sohasida vakolatli organ etib belgilanishi mumkin

Qonunchilik palatasida deputatlar «Kiberxavfsizlik to‘g‘risida»gi qonun loyihasini muhokama qilmoqda. Hujjatda kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli davlat organi etib Davlat xavfsizlik xizmatini belgilash ko‘zda tutilgan.

24 yanvar 2022, 13:12

Kelgusi 3 yilda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga qariyb 77 trln so‘m ajratiladi

Prezident qarori bilan 2022−2024 yillarda O‘zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Uni amalga oshirishga esa jami 76,8 trln so‘m, shu jumladan, 2022 yilda — 23,8 trln so‘m ajratiladi. Joriy yilda eng ko‘p mablag‘ ijtimoiy sohalar (5,9 trln so‘m), mudofaa organlari va yopiq qism (4,5 trln so‘m), muhim obyektlarni qurish (3,9 trln so‘m), yo‘l-transport infratuzilmasiga (2,7 trln so‘m) yo‘naltiriladi.

24 yanvar 2022, 12:52

Chilonzor tumanidagi omborxonada yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkent shahri Bunyod ko‘chasidagi omborxonada yong‘in yuzaga keldi. FVV hozirda yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borilayotganligini ma’lum qildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

24 yanvar 2022, 12:38

Hafta davomida quruq va iliq ob-havo kuzatiladi

O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, hafta davomida iliq va quruq ob-havo kuzatiladi. Juma kuni esa O‘zbekistonning barcha hududlarida (Farg‘ona vodiysidan tashqari) yomg‘ir yog‘adi, shimoliy hududlarda va respublikaning tog‘li hududlarida qor yog‘ishi mumkin.

24 yanvar 2022, 12:04

Bohadir Abduvaliyev Yunusobod tumani hokimi bo‘ldi

Toshkent shahar prokurorining o‘rinbosari sifatida 2019 yildan beri ishlab kelayotgan Bohadir Abduvaliyev Yunusobod tumani hokimi etib tayinlandi. U mazkur lavozimda Jahongir Ibrohimovning o‘rnini egalladi.

24 yanvar 2022, 11:37

«Farzandingiz siz kabi ulg‘ayishini istamasangiz, ta’limni o‘zgartirishga yordam bering» — Respublika ta’lim markazi direktori

Respublika ta’lim markazi direktori Shuhrat Sattorov geografiya fani yuzasidan bo‘layotgan muhokamalarga munosabat bildirib, islohotlarni noto‘g‘ri talqin qilmaslikni, ta’limdagi o‘zgarishlarni sezish uchun kamida 5−6 yil kerakligini ta’kidladi. «Farzandingiz siz kabi ulg‘ayishini istamasangiz, bizga siz o‘qigan zerikarli va foydasiz ta’limni o‘zgartirishga yordam bering. Hech bo‘lmasa, xalaqit qilmang», — dedi u.

24 yanvar 2022, 11:00

Toshkent metropolitenida Humans`dan mobil aloqa va yo‘l haqini kontaktsiz to‘lash imkoniyati paydo bo‘ldi

Endi metroda bo‘lganingizda qo‘ng‘iroq qilishingiz, internetdan foydalanishingiz va yo‘l haqini bank kartasi orqali to‘lashingiz mumkin bo‘ldi.

24 yanvar 2022, 10:49

Teatr rejissyori Jo‘ra Mahmudov vafot etdi

O‘zbekiston san’at arbobi, teatr rejissyori Jo‘ra Mahmudov 80 yoshida vafot etdi. U faoliyati davomida «Qirol Lir», «Ona»,"Qiyomat qarz", «Og‘riq tishlar», «Qayerdasan, jon bolam» va boshqa spektakllarni sahnalashtirgan.

24 yanvar 2022, 10:23

Toshkentda mashinaga o‘q uzilgan holat ishtirokchilariga 15 sutkadan qamoq jazosi berildi

Sud qarori bilan Toshkentda bir haydovchi boshqa mashinaga o‘q uzgan holatning har ikki ishtirokchisiga 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi belgilandi.

24 yanvar 2022, 10:10

Yakshanba kuni qariyb 1300 kishida koronavirus aniqlandi

Yakshanba kuni 1296 kishining koronavirusga topshirgan PZR-testi ijobiy natijani qayd etdi. Bu ko‘rsatkich shanba kuni qariyb — 1500 ga yetgan edi. Ikki bemor kasallik oqibatida vafot etdi. Qolaversa, 172 kishida pnevmoniya aniqlandi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting