Jamiyat

25 yanvar 2022, 21:06

Qaysi hududlarda elektr ta’minoti tiklandi?

Energetika vazirligi hududlarda elektr ta’minotini tiklash bilan bog‘liq vaziyat haqida ma’lumot berdi. Toshkentning ayrim tumanlarida hamon elektr energiyasi qisman yo‘q. Qashqadaryo esa butunlay elektrsiz qolgan.

25 yanvar 2022, 20:58

Tuman sababli Toshkent aeroporti samolyotlarni qabul qilishni to‘xtatdi

Toshkent xalqaro aeroporti quyuq tuman tushishi munosabati bilan samolyotlarni qabul qilishni to‘xtatdi. Biroq Toshkentdan Tel-Aviv, Olmaota, Moskva, Sankt-Peterburg va Krasnodarga reyslar amalga oshirildi.

25 yanvar 2022, 20:04

O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr eksportini to‘xtatdi

Markaziy Osiyo energotizimidagi yirik avariya tufayli O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib berishni to‘xtatdi. Afg‘onistonning DABS kompaniyasi ilk bor Turkmaniston elektrini Kobulga ulashga muvaffaq bo‘ldi.

25 yanvar 2022, 19:41

Gazdan qarzi borlar vaqtincha tarmoqdan uzilmaydi

«Xududgazta’minot» kompaniyasi tabiiy gazdan qarzdorlik uchun avtomatik ravishda o‘chirish vaqtinchalik to‘xtatilganini ma’lum qildi.

25 yanvar 2022, 19:16

Toshkentagi isitish tizimi 3−4 soat ichida to‘liq ishlay boshlaydi

Toshkentdagi markaziy isitish qozonxonalari 3−4 soat oralig‘ida to‘liq ish rejimiga o‘tadi va xonadonlar isiy boshlaydi.

25 yanvar 2022, 18:11

Toshkentda ichimlik suvi ta’minoti 6 soat ichida to‘liq tiklanadi (yangilandi)

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Toshkentda 6 soat ichida suv ta’minoti to‘liq tiklanishini ma’lum qildi. Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Uchtepa, Shayxontohur, Olmazor tumanlariga va Chilonzor tumanining bir qismiga 3 soat ichida suv berish to‘liq tiklanadi.

25 yanvar 2022, 17:55

Metrodan 415 nafar yo‘lovchi evakuatsiya qilindi

FVV qutqaruvchilari poytaxt metropolitenidan 415 nafar yo‘lovchini evakuatsiya qildi. Pop tumanidagi temiryo‘lda yuk poyezdi to‘xtab qolganligi qolganligi uchun undan 40 km uzoqlikda yo‘lovchi poyezd ham to‘xtab qolgan.

25 yanvar 2022, 17:40

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda elektr energiyasi ta’minoti to‘liq tiklandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida elektr energiyasi ta’minoti to‘liq tiklandi. Energetika vazirligi boshqa hududlarda elektr energiyasi ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanishini ma’lum qildi.

25 yanvar 2022, 17:17

Vaziyat shaxsan prezident nazorati ostida — Sherzod Asadov

Prezident matbuot kotibi O‘zbekistonda elektr energiyasi o‘chishi bilan bog‘liq vaziyat prezident nazoratida ekanligini ma’lum qildi. «Barchangizni xotirjamlikni saqlash va sarosimaga tushmaslikka chaqirib qolamiz. Vahimaga o‘rin yo‘q», — deya ta’kidladi u.

25 yanvar 2022, 17:05

O‘zbekneftgaz tizimidagi 64 ta kon hamda neft va gaz ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda elektr enegriyasi o‘chishi ortidan «O‘zbekneftgaz» tizimidagi 64 ta konlar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Shuningdek, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, 3 ta gazni qayta ishlovchi zavod (Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi va «Uzbekistan GTL») ham o‘z faoliyatini to‘xtatgan. Hozirda suyultirilgan gaz va neft mahsulotlarini yetkazib berishda uzilishlar mavjud emas.

25 yanvar 2022, 16:28

Energotizimdagi uzilishlar sababini bosh vazir huzuridagi komissiya o‘rganadi

Prezident topshirig‘i bilan elektr energiyasi ta’minotida yuzaga kelgan yirik uzilishlar sababini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha bosh vazir huzurida hukumat komissiyasi tuzildi.

25 yanvar 2022, 15:55

Ijtimoiy tarmoqlardagi ekstremistik va terroristik deb topilgan sahifalar ro‘yxati yangilandi

Oliy sud ijtimoiy tarmoqlardagi 19 ta kanal (guruh, material)larni ekstremistik va terroristik deb topilgan sahifalar ro‘yxatiga qo‘shdi.

25 yanvar 2022, 15:17

Foto: Toshkent «blekaut» vaqtida

«Gazeta.uz» muxbiri Madina A’zam «blekaut» vaqtida poytaxtni tasvirga oldi. Hozirda Toshkentda elektr energiyasini yetkazib berish qisman tiklangan.

25 yanvar 2022, 14:14

Qutqaruvchilar osma yo‘llardan 80 kishini olib tushdi

Qutqaruvchilar Chimyon va Bildirsoyda elektr energiyasi uzilgan vaqtda osma yo‘llarda qolib ketgan 80 kishini evakuatsiya qildi. Amirsoy kurortida esa elektr tezda qayta tiklangani uchun FVV yordamiga ehtiyoj qolmagan.

25 yanvar 2022, 13:42

Foto: Toshkentdagi «blekaut»

«Gazeta.uz» muxbiri elektrsiz qolgan shahar bo‘ylab sayr qilib, yo‘l nazoratchilarining tirbandliklarni qanday boshqarayotgani, shaharliklarning esa ishlayotgan bankomatlarni qidirayotganiyu qorong‘uda xaridlarni qanday amalga oshirayotganini suratga oldi.

25 yanvar 2022, 13:34

Elektr energiyasi uzilishi operatsiyalar jarayoniga xavf tug‘dirmaydi — SSV

SSV O‘zbekistonda elektr energiyasidagi uzilishlar poytaxtdagi yirik tibbiy markazlar faoliyati va uzluksiz operatsiyalar o‘tkazilishiga xavf tug‘dirmasligini bildirdi. Barcha operatsiya bloklari qo‘shimcha generatorlarga ulangani ma’lum qilindi.

25 yanvar 2022, 11:37

Toshkent metrosi harakati vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekiston va mintaqaning energotizimidagi yirik avariya tufayli, Toshkent metropolitenining barcha yo‘nalishlarida vaqtinchalik metro harakati to‘xtadi. Ko‘chalarda harakatni YPX inspektorlari boshqarmoqda.

25 yanvar 2022, 11:16 1

O‘zbekiston bo‘ylab elektr energiyasi o‘chdi — Live

Taxminan soat 11:00 larda O‘zbekistonning ayrim hudularida, shu jumladan Toshkent shahri elektr energiyasida uzilish sodir bo‘ldi. Hozircha mobil aloqa ishlamoqda. «Gazeta.uz» manbalari O‘zbekiston energotizimida yirik avariya sodir bo‘lganini ma’lum qildi.

25 yanvar 2022, 10:57

O‘zbekistonning 16 ta hududida charm-poyabzalga ixtisoslashgan sanoat zonalari tashkil etiladi

Prezident O‘zbekistonning 16 ta tuman va shahrida charm-poyabzal ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik sanoat zonalari tashkil etilishini ma’lum qildi. Shuningdek, tadbirkorlarga uskunalar xarid qilish uchun 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yilga kreditlar ajratiladi, qolaversa, avval berilgan soliq va bojxona imtiyozlari muddati 2026 yilgacha uzaytiriladi.

25 yanvar 2022, 10:49

Hukumat qarorlari, ota-onalarning ma’lumoti va daromadi, boladagi bilim olishga rag‘bat — ta’limdagi tengsizlikning ildizi qayerda?

Ta’limni yuqori bosqichga ko‘tarish va malakali kadrlar tayyorlash uchun mamlakatda ta’limni rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosatining o‘zi yetarli emas. Yuqori akademik ko‘rsatkichlarga erishishda institutsional omillardan tashqari, ota-onaning ma’lumoti va daromad darajasi, ular tomonidan bolalarga ajratilgan vaqt, oilaviy muhit hamda boladagi ta’lim olishga bo‘lgan rag‘bat hal qiluvchi ahamiyatga ega. Iqtisodchi Muqaddamxon Saidrasulova — ta’limdagi tengsizlikka ta’sir qiluvchi omillar haqida.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting